«MOLIYa BOZORI VA QIMMATLI QOG’OZLAR»
fanidan
ANNOTASIYa
Samarqand-2014
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotni liberallashtirish, modernizasiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish siyosati iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlarida ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilishning demokratik prinsiparga muvofiq shakllantirishni xayotiy zaruriyatga aylantirmoqda.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida nufuzli xalqaro ekspertlar va iqtisodchilarning ayrim umumiy xulosalari, ularning 2010 yilda jahon iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari bo’yicha prognozlari xususida “...Fond, xom ashyo va moliya bozorlarida katta spekulyativ o’yinlar davom etayotgani, real qiymatga ega bo’lmagan pul hajmining ko’payishi, boshqacha aytganda, yangi moliyaviy «ko’piklar» xavfining avj olayotgani yana moliyaviy kasodlarga olib kelish xavfini tug’dirishi mumkin” qisqacha to’xtalib o’tdi4[1].
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki moliya va qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish tufayli turli sohalarda bo’sh turgan mablag’lar jamlanib, kapital bozori shakllanishiga hamda xorij sarmoyadorligi pul mablag’larining muhim vazifalarini bajarishga imkoniyatlar yaratib beradi.
Zamonaviy bozor murakkab yig’ma tushuncha bo’lib, bir tomondan tovar va xizmatlar bozorini ikkinchi tomondan resurslar bozorini o’z ichiga oladi. Resurslar bozori esa moliyaviy va ko’chmas mulk bozorlaridan tashkil topadi. Bu bozorlarni bog’liq holda harakat etishi tufayli bozor subyektlari tuzilgan shartnomalar asosida qimmatli qog’ozlar bo’yicha majburiyatlarni o’z zimmasiga oladilar.
Qimmatli qog’ozlar – tegishli bahoda qimmatli qog’ozlar bozorida sotiladigan va sotib oladigan alohida tovarlar (hujjat) bo’lib, egasiga daromad keltiradi. Qimmatli qog’ozlar bozori mamlakat iqtisodiyoti rivojini moliyalashtiruvchi muhim manbalardan hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bozorining asosi sifatida tovar bozori, pul va pul kapitali harakat qiladi.
O’zbekistonda moliya bozori rivojini ta’minlash uchun bu soha mutaxassislarini tayyorlash zaruriyat hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan talabalarni moliya bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, kapital bozori, fond birjalari, rivojlangan mamlakatlarning fond bozorlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi bozor iqtisodiyotining talabi – har bir mutaxassisni bozor haqida, qimmatli qog’ozlar, fond birjasi, aksiyalar, obligasiyalar, veksellarni muomalaga kiritish iqtisodiy munosabatlardagi obyektiv zaruratga aylanmoqda.
Yuqoridagilarni bilish va o’rganish uchun “Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar” fanini iqtisodchilarga kurs sifatida o’qitish ularning bilim saviyasini har tomonlama oshiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda zamonaviy moliyachi kadrlarni tayyorlashda milliy daromadni taqsimlanishida markazlashirilgan va markazlashtirilmagan fondlarni shakllantirish va undan foydalanish bilan bog’liq pul munosabatlarini nazariy va amaliy jihatidan o’rganish bugungi kunda o’ziga xos dolzarb ahamiyatga egadir.
Mazkur fanni o’qitishning asosiy maqsadi, moliya bozorining mohiyati va funksiyalarini, moliya tizimining asosiy bo’g’inlarini, moliyaviy siyosat va moliya bozori mexanizmi asoslarini, moliyani tashkil etish va boshqarish shakllari hamda usullarini o’rganishni va boshqa qator masalalarni o’rganishni o’z ichiga oladi.
Moliya bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, moliya tizimi va uning bo’g’inlarini, O’zbekiston respublikasi moliya bozori tizimining shakllanishi, moliyaviy siyosat va uning ustuvor yo’nalishlarini o’rgatish fanning oldiga qo’ygan asosiy vazifalari hisoblanadi.
«Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar» fani bo’yicha ma’ruza va amaliy(seminar) mashg’ulotlarda ilg’or pedagogik texnologiyalarning interaktiv, klaster, aqliy hujum, taqdimot usullaridan, «Bumerang», «Veyer» va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Shuningdek, axborot texnologiyalardan faol foydalanilgan holda kompyuter dasturlari, slayd materiallari, multimedia vositalari, video proyektorlar, internet tizimi yordamida ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslari olib boriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |