Lyuminessensiyaning so’nish qonuni molekulyar lyuminessensiyaning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu qonunga ko’ra, qo’zg’atishni to’xtatgandan so’ng lyuminessensiyaning intensivligi eksponensial qonunga ko’ra vaqt bo’yicha kamayadi.
It I0 exp( t / )
Bu yerda I t lyuminessensiyaning t vaqtdagi intensivligi; I 0 qo’zg’atish to’xtatilgan paytdagi lyuminessensiyaning intensivligi; lyuminessensiyaning davom etish vaqti (qo’zg’atilgan holatning o’rtacha yashash vaqti). t bo’lganda
I I0 / e I0 / 2,72 0,37 I0
Shunday qilib, lyuminessensiya eksponensial qonunga ko’ra so’nganda butun nurlanish jarayonining borishi kattalik orqali aniqlanadi.
Lyuminessensiyaning intensivligi va lyuminoforning konsentrasiyasi Agar lyuminessensiya intensivligini, lyuminofor tomonidan vaqt birligi ichida, birlik hajmdan chiqarilgan kvantlar soni orqali ifodalasak, yorug’lik yutilishining asosiy qonuniga va lyuminessensiya kvant chiqishining aniqlanishiga ko’ra, lyuminessensiya intensivligining eritmadagi lyuminofor konsentrasiyasiga bog’liqligi quyidagi formula
orqali ifodalanadi
I k I 0 (1 T ) k I 0 (1 10klc ) (6.4)
Bu yerda I 0 qo’zg’atuvchi nurlanishning intensivligi (vaqt birligi ichida lyuminofor eritmasining hajm birligiga tushuvchi qo’zg’atuvchi kvantlar soni); T qo’zg’atuvchi kvantlarning to’lqin uzunligida lyuminoforning o’tkazishi; k qo’zg’atuvchi nurlanishning to’lqin uzunligida lyuminoforning yutish koeffisiyenti.
Agar lyuminofor tomonidan yutilgan qo’zg’atuvchi nurlanishning ulushi kichik ( klc 0,05 ) bo’lsa, yuqoridagi formula soddalashadi:
-
I 2,303k I 0 klc
|
(6.4)
|
Shunday qilib, lyuminessensiyaning intensivligi, lyuminessensiya kvant chiqishiga, qo’zg’atuvchi nurlanishning quvvatiga, namunaning nur yutish koeffisiyentiga va lyuminoforning konsentrasiyasiga proporsional bo’ladi. (6.4) formula miqdoriy lyuminessent analizning matematik asosi
hisoblanadi. Lyuminessensiya intensivligini lyuminofor konsentrasiyasiga bog’liqligining chiziqli xarakteri, ko’pincha konsentrasiyaning uch-to’rt tartib qiymatigacha saqlanadi. Bir qator sabablarga ko’ra chiziqli bog’lanishdan chetlanish kuzatiladi: klc 0,05 munosabatning bajarilmasligiga ko’ra; konsentrasiya chiziqli
bog’lanishining yuqori qismini 104 M darajada cheklovchi konsentrasion so’nish hodisasiga ko’ra; ichki filtr va o’zi chiqargan nurlarni o’zi tomonidan yutilish hodisalariga ko’ra.
Ichki filtr hodisasi lyuminofor qatlami orqali o’tish vaqtida, qo’zg’atuvchi nurlanishning bir qismini yutilishi bilan bog’liq. O’zi chiqargan nurlarni o’zi tomonidan yutilishi deganda, lyuminessensiya nurlanishining bir qismini lyuminofor tomonidan yutilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |