Fizik xossalari. Aminlarning dastlabki namoyandalari metilamin, dimetilamin, trimetilaminlar odatdagi sharoitda gazsimon moddalar, qolganlari suyuqliklar bo'lib, ammiakka o'xshab o'tkir hidli. Quyi molekular aminlar suvda yaxshi eriydi va ishqoriy eritma hosil qiladi, ularning molekular og'irligi ortishi bilan suvda eruvchanligi pasayadi, zichligi hamda qaynash temperaturasi ortadi. Yuqori molekular aminlar hidsiz. qattiq moddalar hisoblanadi.
Kimyoviy xossalari. Asos xossalari. Aminlar ham ammiak kabi asos xususiyatga ega, ammo ularning asos xossalari ammiaknikidan birmuncha kuchli.
Aminlar eritmalarining ishqoriy reaksiyasi ular suvda eriganda gidroksil ionlarining katta konsentratsiya hosil qilishi bilan tushuntiriladi va ammiakning suvdagi eritmasini eslatadi:
Aminlarning suvda erib to'rtlamchi ammoniy asoslar hosil qilishi qaytar reaksiya hisoblanadi, chunki hosil bo'lgan asoslar oddiy sharoitda qizdirilganda tez parchalanadi va amin hamda suv hosil qiladi.
To'rtlamchi ammoniy asoslar hosil bo'lishini quyidagicha tushuntirish mumkin: ammiak uchala vodorod atomi va bitta azot atomining kovalent bog' bilan bog'lanishidan hosil bo'lgan birikmadir. Kovalent bog'lanishdan bittadan elektronga ega bo'lgan uchta vodorod atomi bilan beshta elektronli azot atomi o'rtasida tashqi elektron qavati hosil bo'ladi, ya'ni elektronlar umumlashadi
2. Tuz hosil qilishi. Aminlar ham ammiak singari quruq holda va suvdagi eritmalarida kislotalar bilan, hatto, kuchsiz karbonat kislota bilan ham reaksiyaga kirishib, tuzlar hosil qiladi. Masalan, xlorid kislota bilan suvsiz aminlar quyidagicha reaksiyaga kirishadi.
Aminlarning tuzlariga ishqorlar ta'sir ettirilganda aminlar ajralib chiqadi:
Aminlar havoda yonadi:
3. Nitrit kislotaning birikishi. Nitrit kislota aminlarga qanday ta'sir etishiga qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarni farq qilish mumkin:
a) birlamchi aminlarga nitrit kislota ta'sir ettirilganda gaz holatdagi azot va spirt hosil bo'ladi;
b) ikkilamchi aminlarga ta'siri natijasida suv va nitrozaaminlar hosil bo’ladi.
d) uchlamchi aminlar bilan ta'sirlashmaydi.
Aminlardan eng ko'p amaliy ahamiyatga ega bo'lgan amin aromatik amin—anilindir.
Uni benzolning molekulasidagi vodorod atomining o’rnini aminogruppa olgan hosilasi yoki ammiakning bitta vodorod atomi fenil radikaliga almashingan hosilasi sifatida qarash mumkin. Anilin molekulasining tuzilishini bir necha usulda tavsirlash mumkin:
Anilin molekulasidagi azot atomi yonida xuddi boshqa aminlardagi kabi, ajralmagan bir juft elektron mavjud; ana shu bir juft elektron borligi sababli aminlarga xos xususiyatlar kuzatiladi.
Anilinning xossalariga benzol yadrosi ta'sir ko'rsatadi. Benzol yadrosining π-elektronlari azotning bo'linmagan elektronlar jufti bilan o'zaro ta'sirlashib, uni o'z doirasiga tortadi. Buning natijasida azotda elektronlar zichligi kamayadi, proton kuchsizroq bog'lanadi va erkin gidroksil ionlar kam hosil bo'ladi. Shining uchun anilin juda kuchsiz asos xossalarini namoyon qiladi (bu xossalar to'yingan qator aminlardagiga va ammiakdagiga qaraganda kuchsiz bo'ladi). Masalan anilin eritmasi lakmusni ko’k rangga kiritmaydi, lekin kuchli kislotalar bilan o'zaro ta'sir ettirilganda anilin ( to’yingan qator aminlari singari), tuzlar hosil qiladi:
Anilin xlorid suvda yaxshi eriydi. Agar shunday eritmaga yetarli miqdorda ishqor eritmasidan qo'shilsa u holda anilin yana erkin holda ajralib chiqadi: