Molekulasi tarkibida aminogruppa — NH2 saqlgan organik birikmalar aminlar deb ataladi. Ular molekulasidagi aminogruppalar soniga ko'ra mono- va di- radikalning. tabialiga ko'ra alifatik va aromatik aminlarga farqlanadi. Monoaminlarni ammiakning vodorod atomlari uglevodorod radikaliga almashingan hosilalari deb qarash mumkin.
Radikallar soniga qarab aminlar birlamchi (bitta radikalli), ikkilamchi (ikkila radikalli) va uchlamchi (uchala radikalli) bo'ladi.
Ammoniy gruppasidagi to'rtala vodorod atomi uglevodorod radikaliga almashingan bo'lsa, ammoniy gidroksidning bunday hosilalari to'rtlamchi ammoniy asoslar deyiladi.
Nomenklatura. Ratsional nomenklaturaga ko'ra aminlarning nomi uglevodorod radikallari nomiga „amin" so’zini qo'shib hosil qilinadi. Masalan. C2H5- NH2 etilamin, (C2H5)2NH - dietilamin, (C2H5)3N — trietilamin. CH3— NH — C2H5 metiletilamin va hokazo.
Xalqaro o'rinbosarli nomenklatura bo'yicha aminlar uglevodorod hosilasi deb qaralib, odatdagidek uzun zanjir topiladi, raqamlanadi, aminogruppaning o'rni ko'rstiladi hamda uglevodorod nomi oldiga „amino" so'zi qo'shiladi.
Uglerod zanjirining qanday tarmoqlanganligiga va aminogruppaning joylashgan o'rniga qarab, aminlarning bir necha xil izomerlari bo’ladi.
Umumiy formulasi C4H11N bo'lgan aminlarning 4 ta birlamchi, 2 ta ikkilamchi va 1 ta uchlamchi, ya'ni jami 7 ta izomeri mavjud.
Olinishi. 1. Tabiiy sharoitda aminlar azotli moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan. oqsillardan vujudga keluvchi aminokislotalaniing parchalanishi tufayli birlamchi aminlar hosil bo'ladi.
2. Galogenalkillarga ammiak va aminlar ta'sir ettirilganda birlamchi. ikkilamchi. uchlamchi va to'rtlamchi aminlarning aralashmalari hosil bo'ladi. Bu usul bilan olingan aminlar Gofman reaksiyasi asosida hosil qilingan aminlar deyiladi.
Ma'lumki, ammiak galogenvodorod bilan ammoniy tuzi hosil qilib birikadi:
Shunga o'xshash, galogenalkillar ham ammiak bilan monoalkil to'rtlamchi ammoniy tuzini hosil qiladi:
Bu tuz ammiakning ortiqcha qismi bilan reaksiyaga kirishib. birlamchi aminni hosil qiladi, ya'ni parchalanish jarayoni ro’y beradi:
Birlamchi amin ham, o’z navbatida, galogenalkilni biriktirishi mumkin, natijada dialkil to'rtlamchi ammoniy tuzi hosil bo'ladi:
Ushbu tuz ham ammiak bilan birikadi va ikkilamchi aminga aylanadi:
3. Sanoatda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi oddiy aminlarning aralashmalari olinadi. Buning uchun spirt bilan ammiak yuqori temperaturada ( 300 °C) katalizator Al2O3 ; ThO2 ustidan o'tkaziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |