Samarqand Davlat universiteti Kimyo fakulteti (kechki bo’lim) 212-guruh talabasi Abrorova Dilshodaning
Fizikaviy kimyo fanidan
: “Molekulalarning qutblanishi”
Bajardi: D.Abrorova
Tekshirdi: ___________
Mavzu: Molekulalarning qutblanishi
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiyqism.
2.1 Qutblanish turlari.
2.2 Refraktsiya.
2.3 Elektrod qublanish.
2.4 Molekulalarning qutblanuvchanligi.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Moddalarning tuzilishi ularning elektromagnit xossalariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun moddalarning elektromagnit xossalarini o’rganish ularning tuzilishini o’rganishga va tuzilishi xossalariga qanday ta’sir etishini bilishga yordam beradi. Moddalarning elektromagnit xossalari ulardagi elektronlarning, «xatti-harakati» ga bog’liq. Ko’pincha kimyoviy reaksiyalar elektromagnit maydonida yoki yorug’likda boradi. Masalan, elektrolit eritmalarda ionlarning hosil qilgan elektr maydoni qo’shni atom — molekulalarga ta’sir etadi.Shu sababdan, moddalarning elektromagnit xossalarini o’rganish alohida ahamiyatga ega. Quyida moddalarning elektr xosslari ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Atom yoki molekula elektr maydoniga kiritilsa, uning musbat va manfiy zaryadlari maydonning qarama-qarshi zaryadlangan qutblari tomon, ya’ni moddaning musbat zaryadlari maydonning manfiy qutbi tomon, manfiy zaryadlari esa maydonning musbat qutbitomonsiljiydi. Natijada, musbat va manfiy zaryadlar bir-biridan uzoqlashadi va ularning markazi bir-biridan ma’lum masofada bo’ladi. SHunday qilib, dipol hosil bo’ladi. Demak, maydonga qutblanmagan modda kiritilsa, u qutblanib qoladi, qutblangan modda kiritilganda esa qutbliligi (dipol momenti) ortadi. Moddalarning maydon ta’sirida bunday o’zgarishi, ya’ni tashqi elektr maydon ta’sirida elektron va atom yadrosi bulutining, molekula va ionlarda bir-biriga nisbatan siljishi qutblanish deyiladi. Maydon ta’sirida vujudga kelgan dipol induksiyalangan dipol deb ataladi.
Qutblanish maydonning kuchlanishiga proportsionaldir:
P=aE (1)
Bu yerda: E — maydonning kuchlanishi; p-induktsiyalangan dipol moment;
a — qutblanuvchanlik. (1)
Tenglamadan a ning qiymatini topish mumkin. Aning qiymati santimetr kubga, ya’ni hajm o’lchoviga ega. Qutblanish elektr maydon ta’sirida elektron bulutining siljishini, ya’ni elektron buluti ishg’ol qilgan yangi hajmni ko’rsatadi. Shu sababdan, qutblanishning miqdori molekula hajmi chamasida 10~27m3 (A°3=1024sm3) bo’ladi.
Klauzius-Mosotti dielektriklarning qutblanishi uchun (yuqorida aytilganlarga asoslanib) quyidagi tenglamani chiqaradi:
P=D-1/D+2*M/p=4/3 π Na (2)
bu yerda: P — molekulaning qutblanishi; D—dielektrik konstanta; M — molekulyar massa; p — moddaning zichligi; N0— Avogadro soni; π-3,14a — qutblanuvchanlik 4/3 π a shar shaklidagi molekulaning N0 marta ko’paytirilgan hajmi, ya’ni molyar hajm.
Do'stlaringiz bilan baham: |