“Molekulalarning qutblanishi



Download 253,65 Kb.
bet4/5
Sana22.06.2021
Hajmi253,65 Kb.
#73235
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abrorova Dilshodaning fizikaviy kimyo fanidan kurs ishi

2.3 Elektrod qutblanish

Qutblanish jarayoni elektrolizning boorish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillardan biridir.

Qutblanish uch xil bo`ladi — elektrod qutblanish, kimyoviy qutblanish va kontsentratsion qutblanish.[6]

Elektrod qutblanish. Elektroliz jarayonida bir elektrodga elektronlar keladi, boshqa bir elektrondan esa ketadi.

Elektrolitga tashqi manbadan elektr oqimi yuborilganda katodga elektron kelishi sababli uning potentsiali manfiylashadi, aksincha, anoddan elektronlar ketishi sababli uning musbat potentsiali oshadi, ya’ni elektrodlar qutblashadi.

Elektrolitdan elektr oqimi o’tganda, elektrodning elektrik holati — uning potensiali, qo’sh elektr qavati zaryadining zichligi o’zgaradi.Bu hodisaga elektrodning qutblanishi deyiladi. Bunda elektrodning elektr oqimi berishdan ilgari holatdagi muvozanat potentsiali o’zgaradi. [2]

Ikkala elektroddagi potensial siljishlar yig’indisi qutblanisheradi. Elektrokimyo sanoatida elektrodga juda katta elektr oqimi beriladi va natijada agar H2S0eritmasiga platina elektrodlar tushinriladi, natijada qutblanish EYuK xam katta bo’ladi., eritmaga tashqi manbadan elektr oqimi yuborilsa va bu vaqtda potensial ayirmasi 1V ga teng bo’lsa, zanjirdagi ampermetr unda elektr oqimining borligini ko’rsatadi, so’ngra asta-sekin yana nolga yaqinlashadi. Demak, bora-bora zanjirda elektr oqimi qolmaydi. Elektrolizda hamma vaqt ana shunday hodisa sodir bo’ladi. Bu hodisaning sabablarini tekshirib ko’raylik. Om qonuniga muvofiq:

I=E/R+r
bo’ladi: elektrkuchi I EYuK Ening kamayishi yoki ichki R va tashqi qarshiliklarning ko’payishi yoxud ikkala xolning bir vaqtda sodir bo’lishi natijasida kamayishi mumkin. Elektroliz vaqtida tashqi qarshilik o’zgarmaydi. Agar elektroliz natijasida elektron yomon o’tkazadigan moddalar xosil bo’lsa, ichki qarshilik oshishi mumkin. Lekin elektroliz vaqtida zanjirda elektr oqimining yo’q bo’lib qolishiga sabab, faqat ichki qarshilikning oshishidandir, deb bo’lmaydi. Bundan tashqari, elektronni yomon o’tkazuvchi moddalar hosil bo’lmaganda xam elektroliz vaqtida elektr oqimi yo’qolganligini ko’rish mumkin. SHunday qilib, elektroliz vaqtida elektr oqimi kuchining kamayishiga qarshilikning oshishi sabab bo’la olmaydi. SHunday ekan, elektr oqimi yo’qolishining asosiy sababi E ning kamayishidir. Buning xaqiqatligini quyidagi tajribadan ko’rish mumkin.

Elektroliz vaqtida elektrolitli vanna galvanik elementga aylanadi va uning elektrodlari orasida tashqi elektr manbaiga qarshi yo’nalgan potensiallar ayirmasi vujudga keladi. Bu xodisaga elektrolitik qutblanish yoki qisqacha qutblanish deyiladi. Elektroliz vaqtida elektrolitli vannaning elektrodlari orasida hosil bo’lgan elektr yurituvchi kuchga qutbla­nish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Shuning uchun, elek­troliz vaqtida zanjirdagi elektr oqimining kuchi: I= E-Eq/R+r bo’ladi, bu yerda, Ek — qutblanish elektr yurituvchi kuchi.Qutblanish elektr yurituvchi kuchi tashqi manbaning elektr yurituvchi kuchiga qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi.


Download 253,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish