3.3. Ion bogʻlanish
Ion bogʻlanishning tabiati hamda ion bogʻlanishdagi birikmalarning xossalari va tuzilishi kimyoviy bogʻlanishning elektrostatik nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bu nazariya 1916 yilda nemis olimi V.Kossel (1888-1956) tomonidan yaratilgan.
Kossel nazariyasiga muvofiq atomning elektron berishi yoki qabul qilishi natijasida hosil boʻlgan qarama-qarshi zaryadlangan ionlar elektrostatik kuchlar vositasida oʻzaro tortishib barqaror sistemani hosil qiladi.
Ionlar orasidagi bogʻlanish ion bogʻlanish deyiladi. Ion bogʻlanish elektromanfiyliklari orasidagi farq 1,7 dan katta boʻlgan elementlar orasida yuzaga keladi. Masalan; NaCl-ning hosil boʻlish mexanizmini koʻraylik:
Ion bogʻlanishli birikmalar qattiq boʻlib, suvda yaxshi eriydi, eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi oʻtkazadi.
Ion bogʻlanish yoʻnaluvchanlik va toʻyinuvchanlik xossalarini namoyon qilmaydi.
Har bir ionni zaryadlangan shar deb tasavvur qilsak, ionning kuch maydoni fazoda hamma yoʻnalishlar boʻyicha tekis tarqaladi:
Shuning uchun har bir ion oʻziga qarama-qarshi zaryadli boshq ionni har qanday yoʻnalishda ham bir tekisda tortib oladi. Bundan tashqari
qarama-qarshi zaryadlangan ikki ion oʻzaro birikkan boʻlsa ham, ularning kuch maydonlari toʻliq bir-birini neytrallagan (yeyishgan) boʻlmaydi. Ion yana boshqa zaryadli ionlarni oʻziga tortaveradi. Bu hodisa ion bogʻlanishning toʻyinmaslik xususiyatini bildiradi.
Ion bogʻlanish yoʻnaluvchanlik va toʻyinuvchanlik xossalariga ega boʻlmaganligidan, har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda qarama-qarshi zaryadli ionlar boʻladi. Ayni musbat yoki manfiy ion atrofida joylashishi mumkin boʻlgan ionlarning soni, shu ionlar radiuslarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga bogʻliq. Masalan; ion radiuslarining nisbati 0,41- 0,73 gacha boʻlsa oktaedrik koordinatsiya; 0,73 - 1,37 gacha boʻlsa kub koordinasiya boʻladi.
Ishqoriy metallarning galogenidlari – ion birikmalar boʻlib, ularning kristallari kub shakliga ega. Masalan NaCl da har bir Na+ ioni 6 ta xlor ioni bilan har bir xlor ioni esa 6 ta Na+ ioni bilan oʻralgan:
NaCl kristalida ionlarning oʻzaro joylashuvi.
Cs+ ionining radiusi Na+ ionining radiusidan katta boʻlib, uni xlor ionlarining 8 tasi oʻrab oladi:
CsClda ionlarning koordinatsion soni 8:8 ga teng.
Strukturalarning turi kation va anionlar radiuslarining nisbati rkation/ranion ga bogʻliq:
Do'stlaringiz bilan baham: |