Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish


Qutbli bogʻlanishli birikmalarda ya’ni qutbli molekulalarda , qutbsiz bogʻlanishli birikmalarda ya’ni qutbsiz molekulalarda esa boʻladi



Download 0,93 Mb.
bet10/14
Sana14.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#551162
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-dars-1

Qutbli bogʻlanishli birikmalarda ya’ni qutbli molekulalarda , qutbsiz bogʻlanishli birikmalarda ya’ni qutbsiz molekulalarda esa boʻladi.
Dipol momenti vektor kattalik boʻlib, dipol oʻqi boʻyicha musbat zaryaddan manfiy zaryadga yoʻnalgan boʻladi:

Ba’zi molekulalarning dipol momentlarining qiymatlari quyidagi jadvalda berilgan:

Molekula

μ∙10-29,Kl∙m

Molekula

μ∙10-29,Kl∙m

Molekula

μ ∙10-29,Kl∙m

H2
N2
CO
NO
HF
HCl

0
0
0,033
0,023
0,640
0,347

HBr
HI
CO2
H2O
H2S
NO2

0,263
0,127
0
0,610
0,340
0,097

SO2
NH3
PH3
SO3
BF3
CH4

0,53
0,494
0,183
0
0
0

Qutbli molekulalarning reaksiyaga kirishish qobiliyati qutbsiz molekulalardan kuchliroq boʻladi.
Molekulaning qutbliligi nafaqat undagi qutbli kimyoviy bogʻ borligiga balki uning geometrik shakliga (tuzilishigi) ham bogʻliq.
Molekulaning qutbliligi bilan geometrik tuzilishi orasidagi bogʻlanish

Tip

Fazoviy konfiguratsiya

Qutbliligi

Misollar

A2
AB
AB2
AB2
ABC
AB3
AB3
AB3
AB4
AB4
AB4
AB5
AB5
AB6
AB7

Gantelsimon
Chiziqli
Chiziqli
Burchakli
Chiziqli
Tekis uchburchak
Trigonal-piramidal
T-simon
Tetraedrik
Tekis kvadrat
Buzilgan tetraedr
Trigonal-bipiramidal
Kvadrat-piramidal
Oktaedr
Pentagonal-bipiramidal

Qutbsiz
Qutbli
Qutbsiz
Qutbli
Qutbli
Qutbsiz
Qutbli
Qutbli
Qutbsiz
Qutbsiz
Qutbli
Qutbsiz
Qutbli
Qutbsiz
Qutbsiz

H2,Cl2, N2
HCl, ClF, KCl, HF
CO2, CS2, BeCl2(g), C2H2
H2O, SO2, NO2, ClO2
COS, HCN
NO ,BCl3,SO3,BF3,C2H4, CO
NH3, PCl3, NF3, PF3, H3O+
ClF3, BrF3
CH4, CCl4, SiF4, CF4, SiC4
XeF4
SF4, TeCl4, H2S, H2O
PF5, PCl5,
IF5
SF6, WF6, [PF6]-
IF7, ReF7, OsF7

Xulosa qilib aytganda, • chiziqli tuzilishga ega boʻlgan ya’ni markaziy atomi sp gibridlangan molekulalarda markaziy atom atrofida joylashgan atomlar bir xil tabiatli ( BeCl2, BeH2, CO2 va boshqalar) boʻlsa, molekula qutbsiz boʻladi.
Xuddi shunday sp2 –gibridlangan va unga birikkan uchala atomlari ham bir xil boʻlgan molekulalar (BH3, BCl3, SO3, BF3 va h.z.) ham qutbsiz boʻladi.
Molekulaning dipol momentiga bogʻlanishda ishtirok etmagan elektron juftlar (umumlashmagan) kuchli ta’sir koʻrsatadi. Masalan; NH3 va NF3 molekulalari bir xil geometrik (trigonal-piramidal) shaklga ega.

N-H va N-F bogʻlarining qutbliligi ham deyarli bir xil. Ammo NH3 ning dipol momenti 0,49·10-29 Kl·m, NF3 niki esa 0,07·10-29 Kl·m.
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: NH3 da kimyoviy bogʻlanish hosil boʻlishida ishtirok etgan N-H elektronlarining dipol momenti bilan umumlashmagan elektron jufti dipol momentining yoʻnalishi mos tushadi va vektorlari qoʻshilishi natijasida dipol momenti katta boʻladi, NF3 da esa N-F bogʻining dipol momenti va umumlashmagan elektron juftlarining yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga yoʻnalgan, (rasmda strelkalarga qarang) shuning uchun ular bir-birini ma’lum darajada kompensatsiyalaydi.
BF3 va NF3 molekulalarining geometrik konfiguratsiyalari har-xil, chunki BF3 qutbsiz, NF3 esa qutbli molekuladir.
NH3 (ammiakning) dipol momenti BF3 nikidan katta, chunki BF3 molekulasi yassi (tekis ), NH3 esa piramidal tuzilishga ega .
Mavzuga oid masala va mashqlar
1. Kovalent birikmalarda valentlik nima bilan aniqlanadi?
2.Elementlarning oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan valentli boʻlishiga sabab nima?
3. Atom orbitallarning gibridlanishi deganda nimani tushunasiz?
4. sp-, sp2-, sp3-gibridlanish natijasida nechta gibrid orbital hosil boʻladi?
5. sp- gibridlangan atomga ega boʻlgan molekula qanday geometrik tuzilishga ega boʻladi?
6. sp2- gibridlangan atom A saqlagan AB3 tipidagi molekula qanday geometrik tuzilishga ega boʻladi?
7. sp3 –gibridlangan atom A ga ega boʻlgan AB4 tipidagi molekula qanday geometrik tuzilishga ega boʻladi?
8. a) SiCl4; b) MgBr2; v) AlBr3 lardagi Si, Mg, Al atomlari uchun qanday gibridlanish xos? Molekulalarning geometrik shaklini chizing.Bu molekulalar qutblimi yoki qutbsiz?
9. Quyidagi qaysi molekulalar qutbli, qaysilari qutbsiz hisoblanadi?
OF2, MgBr2, PCl3 BCl3, H2S, AlBr3.
10. Dipol va dipol momenti nima?
11. Atom orbitallari sp3 va sp3d gibridlangan molekulalarda oltingugurt atomlarining elektromanfiyligi bir xil boʻladimi yoki har xil?
12. NH , CH4 va [BF4]- zarrachalar qanday zarrachalar hisoblanadi? Ularning farqli tomonlari nimada ? J: Bu zarrachalar izoelektron zarrachalardir. Ulardagi markaziy atomlar sp3 gibridlangan. Ular faqatgina protonlar soni bilan farqlanadi. Hammasi ham tetraedrik tuzilishga ega.
13. Al2Br6 da Al atomi qanday gibridlanishga ega? J: sp3 gibridlanishga ega. Bunday gibridlanish tetraedrik tuzilishli [AlBr4]- ioniga mos keladi.
14. dsp3 yoki sp3d gibridlanishga ega boʻlgan atom saqlagan zarrachalar qanday geometrik shaklga ega va bogʻlar orasidagi burchak qanchaga teng? J: Trigonal-bipiramidal yoki kvadrat- piramidal tuzilishli va bogʻlar orasidagi burchak trigonal-bipiramidal tuzilish uchun 900, 1200; kvadrat-piramidal shakl uchun > 900, <900.
15. d2sp3 yoki sp3d2 gibridlangan atomga ega boʻlgan zarrachalar qanday geometrik shaklga ega boʻlgan bogʻlar orasidagi burchak necha gradusga teng? J: oktaedrik tuzilishli, valent burchak 900.
16. [Al(H2O)6]3+ da Al, SF6 da S va H5IO6 da I atomlari qanday gibridlangan hamda ular qanday tuzilishli boʻladi? J: d2sp3 gibridlangan va oktaedrik tuzilishga ega.
17. IF7 va [UF7]3- larda yod va uran atomlari qanday gibridlangan va atomlar orasidagi valent necha gradusga teng? J: sp3d3 gibridlangan, atomlar orasidagi valent burchak 720 ga teng.
18. [TaF8]3- ionida Ta atomi qanday gibridlangan? Valent burchak nechaga teng? [PbF8]4- dachi? J: d4sp3 gibridlangan, valent burchak 900 ga teng.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish