Mohiyati, iqtisodiy mazmuni



Download 0,54 Mb.
bet5/20
Sana06.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#749911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
investitsiya kurs ishi xayrullayev asrbek

Investitsiyafaoliyatiobyektlariningturkumlanishi










Moliyaviy investitsiyalar obyektlari




Real investitsiyalar obyektlari










Davlat va boshqa mulk egalari tomonidan chiqariladigan
aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa
turdagi qimmatli qog‘ozlar




Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yangidan yaratiladigan va
modernizatsiyalashtiriladigan asosiy
fondlar va aylanma vositalar










Davlat va boshqa aksiyadorlik banklariga qo‘yiladigan maqsadli
jamg‘armalar




Fan-texnika mahsulotlari, kashfiyot, ixtirolar, izlanishlar, ta’minot, kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlash










Bank depozitlari va boshqa mulkchilik obyektlari




G‘oyalar, intellektual boyliklar, mualliflik huquqlari (nou-xau), tajriba
o‘rganish va almashish










Turli shakldagi mulkchilikka ega bo‘lish huquqlari




Yer, tabiiy resurslar va boshqa mulkchilik obyektlariga ega bo‘lish va
foydalanish huquqlari

1.3.1-chizma. Investitsiya faoliyati obyektlarini turkumlash
Investorlar quyidagalarni amalga oshirishda teng huquqga ega:

  • kapital qo‘yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirishda kapital qo‘yilmalar hajmi va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash hamda investitsiya faoliyatining boshqa subyektlari bilan shartnomalar tuzishda kapital qo‘yilmalar hisobiga yaratilgan, sotib olingan obyektlarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish;

  • shartnoma yoki davlat shartnomasi orqali kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish va uning natijalariga bo‘lgan huquqni yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat va mahalliy hokimiyatga o‘tkazish;

  • imzolangan shartnomalar asosida birgalikda kapital qo‘yilmalarni amalga

oshirish uchun o‘zining va jalb qilingan mablag‘larni boshqa investorlarning mablag‘lari bilan birlashtirish;

  • kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilgan mablag‘larni maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qilish.

Investorlar kapital qo‘yilma obyektlaridan foydalanuvchilar rolida namoyon bo‘lishi mumkin. Investitsiya faoliyati subyekti uning ikki va undan ortiq funksiyalarini qo‘shib olib borish imkoniyatini beradi. Investitsiya faoliyati subyektlari davlat organlari tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarishi hamda maqsadli ravishda kapital qo‘yilmalardan foydalanishi zarur.
Investitsiyalarni yo‘naltirish sohalari, ishlab chiqarishda ishtiroki va sarflanish ishlariga binoan investitsiya faoliyatining quyidagi obyektlarini farqlash mumkin:

  • xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi yangidan yaratilgan va modernizatsiyalashtirilgan (yangilangan) asosiy fondlar va aylanma mablag‘lari;

  • fan-texnika mahsulotlari, izlanishlar, ta’limot, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • intellektual g‘oyaviy boyliklar, mualliflik, ixtiro, kashfiyot huquqlari, tajriba;

  • qimmatbaho qog‘ozlar, maqsadli pul jamg‘armalari;

  • boshqa mulkchilik obyektlari;

  • mulkiy huquqlar.

Investitsiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga investorlarning o‘zlari ega bo‘ladilar. Ularni hech kim soha yoki investitsiya obyektlarni tanlashga majbur eta olmaydi. U yoki bu sohani tanlashda va investitsiyalarni ma’lum bir sohaga sarflashdagi qarorlarni investorlarning o‘zlari qabul qiladilar. Investitsiyalarni amalga oshirishni esa qabul qilingan buyurtmalarni bajaruvchisi sifatida, investorni topshirig‘i asosida investitsiya faoliyatini ishtirokchilari ta’minlaydilar.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ular fuqarolarni va huquqiy shaxslarni o‘z xohishlari bilan shartnomalar asosida jalb qiladilar.
Qonunlarga tayangan holda shartnomalar asosida investitsiyalarga ega bo‘lish, ulardan foydalanish va ushbu faoliyat natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishni investorlar, boshqa fuqaro va huquqiy shaxslar zimmasiga topshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishlari ham mumkin. Bunday hollarda majburiyat garovi sifatida (investorning majburiyatini ta’minlash) investorning mulki qabul qilinadi. Garovga faqat qarzga oluvchining shaxsiy mulki yoki to‘la xo‘jalik olib borish huquqiga ega bo‘lgan mulk qo‘yiladi.
Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar , shuningdek , fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va O’zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari investor buyurtmachi(mablag’ kirituvchi), kreditor , sotib oluvchi bo’lishlari , shuningdek investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi ham bo’lishlari ham mumkin.
Investitsiya faoliyatinin amalga oshiruvchi (investorlar) quyidagi beligilari bo’yicha tasdiflanadi.
1.Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat , savdo, transport, aloqa va boshqa sohalardagi aksiyadorlik jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ladilar.
2.Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar. Ular o’z oldilariga kompaniyalarni boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo’yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aksiyalarning nazorat paketini sotib olish yoki ularning ustav kapitalning katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar.
3.Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy investorlarga ajratiladi.
Investorlar investitsiya natijalariga, investitsiya obyektlariga ega bo‘lish, foydalanish, farmoyish chiqarish va reinvestitsiyalash huquqlariga egadir.
Investitsiya faoliyatidagi jarayonda subyektlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlar shartnomalar asosida muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa xo‘jalik munosabatlarini o‘rganish, ular qabul qilingan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati subyektlari zimmasida bo‘ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy muddatiga tuziladi.
Qabul qilingan qonunlarda investorning qator majburiyatlari bor. Bu majburiyatlar davlat idora va muassasalari oldida bajarilishi lozim bo‘lib, quyidagilardan iboratdir:

  • investorlar investitsiyalar hajmi va ularning manbalari to‘g‘risida moliya organlariga deklaratsiya topshirishlari lozim;

  • kapital qo‘yilishni amalga oshirish uchun tegishli rahbar va maxsus xizmat organlari tomonidan ruxsat olinishi kerak;

  • investitsiya loyihasining sanitariya-gigiyena va ekologik talablarga javob berishi to‘g‘risida ekspertiza xulosasiga ega bo‘lishi shart;

  • vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini bajarish;

  • davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo‘ysunish;

  • belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma’lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z vaqtida yetkazib berish.

Bulardan tashqari investitsiya faoliyatini har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo‘lgan ishlarning ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi.
Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilar:

  1. resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya’ni investitsiyalarni aniq investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalash;

  2. qo‘yilgan mablag‘larni kapital qiymatining o‘sishiga aylantirish, bu investitsiyalarni pirovard iste’moli va yangi iste’mol qiymatini olish bilan harakatlanadi;

  3. kapital qiymatining foyda ko‘rinishida o‘sishi, ya’ni investitsiyalashning yakuniy maqsadi amalga oshiriladi.

Shunday qilib, boshlang‘ich va yakuniy bo‘g‘inlari birlashib, yangi o‘zaro bog‘liqlikni yaratadi. Daromad-resurs yakuniy natija (samara), ya’ni jamg‘arish jarayoni qayta takrorlanadi.
Kapitalning o‘sish manbasi, investitsiyalash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalardan olinadigan daromad.
Amaliyotda investitsiyalarning samaradorligini (IS) aniqlash uchun investitsiya foyda massasini (IF) investitsiya xarajatlariga (IX) bo‘lgan nisbati foiz ko‘rinishida olinadi:
IS = IF * 100% . (1.3.1)
IX
Investitsiya xarajatlarini foyda bilan solishtirish jarayoni doimiy ravishda investitsiyalash amalga oshguncha qadar (investitsion loyihaning biznes-rejasi ishlab chiqarish davrida), investitsiyalash davrida (obyektning qurilishi davrida) va investitsiyalashdan so‘ng (yangi obyektdan foydalanish davrida) davom etadi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish