Mohiyati, iqtisodiy mazmuni


Investitiyalarning turlari va xususiyatlari



Download 0,54 Mb.
bet3/20
Sana06.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#749911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
investitsiya kurs ishi xayrullayev asrbek

1.2. Investitiyalarning turlari va xususiyatlari

Bizga ma’lumki, iqtisodiy o‘sish investitsiya resurslarisiz bo‘lishi mumkin emas, bu resurslar o‘z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga aratilgan mablag‘dir. Pul mablag‘lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so‘ng real investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida investitsiyalar tayinlangan obyekti bo‘yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan (1.2.1-chizma).
1.2.1-chizma. Investitsiyalarning tasniflanishi
Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarning uch turi mavjudligi ko‘rsatib o‘tilgan:

      • moliyaviy investitsiyalar - ichki moliyaviy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, depozit sertifikatlari, aksiyalar, veksellar, zayomlar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglashtiriladigan boyliklar;

      • moddiy investitsiyalar - asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining asosiy hamda aylanma kapital ko‘rinishidagi turlari;

      • aqliy (intellektual) investitsiyalar - insonning turli aqliy mulklaridan, ya’ni mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi shaklidagi investitsiyalar (nou-xau, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari).

Iqtisоdiy fаоllik pаsаyib bоrаyotgаn iqtisоdiyot uchun yalpi investitsiyalаr аmоrtizаsiyadаn kаm bo‘lgаn hоldаgi vаziyat хоsdir, ya’ni iqtisоdiyotdа yil dаvоmidа kаpitаl ishlаb chiqаrilgаnigа nisbаtаn ko‘prоq is’tеmоl qilinаdi. Bundаy hоlаtdа sоf investitsiyalаr ishоrаsi mаnfiy bo‘lib, uning mutlаq qisqаrishini bildirаdi. Nаtijаdа, yil охiridа kаpitаl hаjmi yil bоshidаgigа qаrаgаndа kаm bo‘lаdi. Investitsiyalаrni хоrijgа chiqаrish, ulаrning mаmlаkаtlаr o‘rtаsidаgi fаоl hаrаkаti zаmоnаviy jаhоn хo‘jаligi vа хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаrning аjrаlib turuvchi хususiyatlаrigа аylаndi. Хаlqаrо investitsiyalаr o‘zidа mоddiy bоylik bаrpо etish uchun zаrur bo‘lgаn ishlаb chiqаrish, pul vа tоvаr shаkllаridа jаmg‘аrilgаn zаxirаlаrni mujаssаmlаshtirаdi. Ushbu investitsiyalаr dоimiy rаvishdа mаmlаkаt ichidа bir tаrmоqdаn bоshqаsigа hаmdа dаvlаtlаrаrо hаrаkаtdа bo‘lаdi.
Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o’rtacha yillik o’sish surati 30% dan oshadi. Bu ko’rsatkich jahon savdosining o’sish sur’atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o’zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish, pul va Tovar shakllarida jamg’arilgan zaxiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitiyalar doimiy ravishda mamlaka ichida bir tarmoq boshqasiga hamda davlatlararo harakatda bo’ladi.
Mamlakatimizda qabul qilingan investitsiyalar to‘g‘risida me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish va investitsiyalarning alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda investitsiyalarni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
birinchidan, qo‘yilish obyektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pchilik hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi.
Nomoddiy investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi.
Moliyaviy investitsiyalar kapitalni, to‘lov va moliyaviy majburiyatlarning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, moliyaviy aktivlarga joylashtirilishini anglatadi. Ushbu moliyaviy vositalarning eng muhimlari qimmatli qog‘ozlardir: ulushli (aksiyalar) va qarz (obligatsiyalar). Real investitsiyalardan farqli o‘laroq, moliyaviy investitsiyalarni ko‘proq portfel investitsiyalar deb atashadi, chunki bu holda investorning asosiy maqsadi moliyaviy aktivlarning mukammal yig‘masini (investitsiyalar portfelini) shakllantirish va qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan turli operatsiyalarni boshqarish hisoblanadi;
ikkinchidan, investitsiyada qatnashish xarakteriga ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalarga bo‘linadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar investorning o‘z moliyaviy mablag‘lag‘larini joylashtirish obyektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to‘plangan mablag‘larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi;
uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga kiritiladigan investitsiyalar) va uzoq muddatli (besh yildan oshiq muddatga kiritiladigan investitsiyalar) bo‘ladi;
to‘rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo‘yilishini anglatadi.
Dаvlаt investitsiyalаri - bu dаvlаt tоmоnidаn milliy dаrоmаdning dаvlаt budjеti mаblаg‘lаri ko‘rinishidа mаmlаkаt iqtisоdiyotining rivоjlаnishi uchun sаrflаyotgаn mаbаlаg‘lаridir. Investitsiya munоsаbаtlаri shu dаrаjаdа murаkkаb vа ko‘p qirrаliki, ko‘pinchа, dаvlаtlаr o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаr хususiy shахslаr o‘rtаsidаgi munоsаbаtlаr bilаn uzviy bоg‘lаngаn bo‘lаdi. Bundаy аlоqа invеstоr huquq vа tаlаblаrni dаvlаtgа tоpshirgаndа yaqqоl ko‘rinаdi. Хоrijiy investitsiyalаr hаm dаvlаt yoki хususiy investitsiyalаr shаklidа bo‘lishi mumkin. Birinchi shаkldа, dаvlаt investitsiyalаri ishtirоk etib, bundа bir dаvlаt bоshqа dаvlаtgа krеditlаr yoki bоshqаchа shаkldаgi qаrzlаr bеrishi mumkin. Bundаy munоsаbаtlаrgа хаlqаrо huquq nоrmаlаri qo‘llаnilаdi. Ikkinchi shаkldа esа bir mаmlаkаt хususiy firmаlаri, kоmpаniyalаri yoki fuqаrоlаri bоshqа mаmlаkаtning tеgishli sub`еktlаrigа bеrаdigаn investitsiyalаr tushunilаdi;
beshinchidan, hududiy joylashtirilish bo‘yicha investitsiyalar ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi;
oltinchidan, investitsiyalar tavakkalchilik darajasi bo‘yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli investitsiyalarga ajratiladi. Moliya sohasida tavakkalchilik deganda investitsiyalarga mutloq yohud nisbiy miqdordagi foyda kutilganidan ancha kam, boshqacha aytganda, “tavakkalchilik” atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi.
Hozirgi davrda bir qator davlatlarda moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi investitsiyalashdan tashqari ijtimoiy-madnaiy sohalar uchun , fan tarmoqlari uchun, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalari uchun, informatika sohasi, tabiatni muhofaza qilish uchun investitsiya mablag’lari ajratilmoqda. Bu investitsiyalr xorijiy adabiyotlarda “inson investitsiyasi”, “inson kapitaliga investitsiya qilish” deb atalmoqda. Bu investitsiyaning alohida bir ko’rinishi bo’lib, asosan, kishilaring sog’lig’ini saqlash, aqliy va manaviy rivolanishi uchun , hayotini uzaytisrish hamda kishilarning ish faoliyatida ijodiy qatnashishi va uning samaradorligini oshirish uchun sarflanadi.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida investitsiyaning asosiy qismlari sog’liqni saqlash, maorif uchun sarflanmoqda. Bunga misol qilib, qishloq joylarida vrachlik ambulyatoriya punktlari, kollej va litseylar qurish dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish