“PISA shok” – magʻrurlik chekindi
PISA dasturining eng muhim kashfiyotlaridan biri shuki, taʼlim tizimlari
oʻzgarishi va yaxshilanishi mumkin. PISA maʼlumotlari ijtimoiy nochorlik va
maktab bolalarining yomon natijalari oʻrtasida gʻayriixtiyoriy aloqa yoʻqligini
isbotladi. Madomiki ayrim mamlakatlar oʻzlashtirishni koʻtarishga qaratilgan
siyosatni olib borishi mumkin ekan, nega endi boshqa mamlakatlar bunday
qilolmaydi?
Germaniyada PISA – 2000 tadqiqoti natijalari atrofida boʻlgan bahslar oʻta
shiddatli kechdi. Oʻquvchilarning kutilgan natijalarni mutlaqo aks ettirmaydigan
past natijalari bilan toʻqnash kelgan siyosatchilar “PISA - shok” holatini boshdan
kechirishdi.
PISA – 2000 natijalari mamlakatning turli ijtimoiy-iqtisodiy statusga ega
boʻlgan maktablarining taʼlim natijalarida sezilarli darajada nomuvofiqliklar
borligini koʻrsatdi. Ushbu tadqiqotlar Finlyandiyadagi maktablarning yuqori
barqarorlikka ega ekanini koʻrsatgani Germaniyada chuqur taassurot uygʻotdi.
Nemis maktablari oʻrtasidagi farq 50 foizga yetgan bir paytda, Finlyandiyadagi
turli maktablar oʻquvchilarining natijalaridagi farq 5 foizdan oshmas edi.
Boshqacha aytganda, Germaniyada bolani aynan qaysi maktabga berish juda
muhim edi.
Nemis maktab tizimi anʼanaviy tarzda bolalarni oʻn yoshida turli
yoʻnalishlar boʻyicha ajratadi. Bunda ularning baʼzi birlari akademik taʼlim
yoʻlidan ketadi va intellektual xodim boʻlib yetishadi, boshqalari esa kasbiy
yoʻldan ketadi va oqibatda intellektual xodimlarga ishlaydi. PISA tadqiqoti bunday
saralash
jarayoni
koʻp
narsada
mavjud
ijtimoiy-sinfiy
tuzilmani
mustahkamlaganini koʻrsatadi.
2000-yillarning boshida Germaniya taʼlim sohasiga moʻljallangan federal
xarajatlarni amalda ikki barobar oshirdi. Ammo bahs-munozaralar keng koʻlamli
islohotlarga hayot bagʻishladi, bu islohotlarning baʼzilari butun tizimni sezilarli
darajada oʻzgartirib yubordi. Bolalarni erta yoshidan tarbiyalash keng tus oldi,
maktablar uchun milliy taʼlim standarti joriy qilindi va kam taʼminlangan
oʻquvchilarga, immigrantlarning bolalariga koʻproq yordam koʻrsatila boshladi.
Toʻqqiz yildan keyin PISA natijalari taʼlim sifatida ham, taʼlim imkoniyatlarining
tengligida ham Germaniyada sezilarli yaxshilanish roʻy berganini namoyish etdi.
Germaniya nisbatan qisqa muddatda oʻz taʼlim tizimini yaxshilagan yagona
mamlakat emas. Janubiy Koreyaning oʻrtacha koʻrsatkichlari 2000-yildayoq yuqori
edi, ammo koreyaliklarni elitaning tor doirasi vakillarigina PISA tadqiqotida oʻqish
savodxonligi boʻyicha yuqori darajaga erishayotgani xavotirga solardi. Oʻn yildan
kamroq muddat ichida Janubiy Koreya yuqori koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar
sonini ikki barobarga oshira oldi.
Polsha maktab tizimini tubdan qayta qurish har xil maktab oʻquvchilarining
oʻzlashtirishidagi tafovutlarni qisqartirish, kuchsiz maktablar koʻrsatkichlarini
oshirish va ularning umumiy samaradorligini ikki barobarga koʻtarish imkonini
berdi. Portugaliya, xuddi Kolumbiya va Peru singari oʻzining tarqoq maktab
tizimini mustahkamladi va umumiy oʻzlashtirishni yaxshilay oldi.
Mamlakatlarning PISA reytingidagi nisbiy oʻrni asosan ijtimoiy va madaniy
omillarni aks ettiradi, deb taʼkidlaydiganlar ham taʼlimni yaxshilash mumkinligini
tan olishga majbur boʻldi.
Estoniya va Finlyandiya Yevropadagi pedagoglar va siyosatchilar uchun
mashhur sayohat yoʻnalishiga aylandi. Bu mamlakatlarda oʻquvchilar 6 yoshga
toʻlgandan keyin maktabga boradi va boshqa mamlakatlarga qaraganda bir oʻquv
yilida mashgʻulotlarga kam vaqt sarflaydi. Ammo oʻn besh yoshida bu oʻquvchilar
oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy statuslariga qaramay dunyodagi eng yuqori
koʻrsatkichlardan biriga erishadilar. Va amalda bu mamlakatlar maktablar
oʻrtasidagi oʻzlashtirishda hech qanday tafovutlarsiz aʼlo darajadagi taʼlim sifati va
barcha maktablar taʼlim tizimidagi taʼlim imkoniyatlari tengligini rivojlantirishning
uddasidan chiqmoqdalar.
PISA ilk raundlari davomida yuqori samaradorlikka ega va tez
takomillashayotgan taʼlim tizimlarining koʻpchiligi Sharqiy Osiyoda ekani maʼlum
boʻldi. Bu natijalar Gʻarbda hammaga rasm boʻlib qolgan, koʻpincha bu Osiyo
mamlakatlaridagi muvaffaqiyatni oʻquvchilarga yuqori bosim oʻtkazishga va oʻquv
materialini yuzaki, tushunmasdan yodlab olishga qaratilganiga yoʻyadigan fikrga
qarshi chiqdi.
PISA reytingida gʻalabaga erishish uchun yod olish kamlik qiladi. 2012-
yilda muammolarni hal qilish boʻyicha ijodiy koʻnikmalarni baholash uchun PISA
oʻzining dastlabki testlarini taqdim etdi. Koʻp kuzatuvchilar, ular reyting
jadvallarini ostin-ustun qilib yuboradi yoki, hech boʻlmasa, Sharqiy Osiyoning
ancha-muncha past natijalarini namoyish etadi, deb bashorat qilishdi. Ammo
birinchi oʻringa bir avlod yetishib chiqqan davrdayoq rivojlanayotgan
mamlakatdan zamonaviy industrial davlatga aylangan Singapur chiqdi. Garchi
bizning tasavvurimizda Singapurdagi fuqarolik jamiyati hozirgacha fuqarolarning
siyosiy jarayonlarga aralashuvi cheklanganligi bilan ajralib tursada, Singapurdagi
taʼlim Gʻarbda deyarli sezilmagan tinch revolyutsiyani boshidan kechirdi. Hozirgi
paytda mamlakat oʻz taʼlim muassasalarining sifati boʻyicha ham, innovatsion
taʼlim strategiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishda pedagoglarning ishtirok etish
darajasi boʻyicha ham peshqadamlik qiladi.
Yaponiya PISA boʻyicha eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan mamlakatlardan
biri boʻldi, biroq tadqiqotda oʻquvchilar odatda oʻquv fanining mazmunini asliday
aytib berish talab qilinadigan masalalarni juda yaxshi uddalashlariga qaramay,
tadqiqot oʻz bilimini yangi sharoitlarda qoʻllashni talab etadigan ochiq turdagi
topshiriqlarni ancha yomon bajarishlarini koʻrsatdi.
Yaponiya taʼlim sifatini baholash milliy tizimiga PISA topshiriqlariga
oʻxshash ochiq javobli topshiriqlar kiritildi. Bu kiritilgan yangilik oʻquv
jarayonining oʻzgarishida ijobiy aks etdi. 2006-yildan 2009-yilgacha Yaponiyada
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo mamlakatlar ichida ochiq
topshiriqlardan iborat boʻlim natijalarida eng tezkor yaxshilanish yuz berdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlarda, aksincha, PISAning birinchi tadqiqotlariga
nisbatan kam eʼtibor qaratildi. Ammo bu vaziyat 2006-yilda oʻtkazilgan tadqiqot
natijalari eʼlon qilinganidan soʻng oʻzgardi. Amerikalik taʼlim rahnamolari oʻz
hamkasblari – eng samarali jahon taʼlim tizimi vakillari bilan hamkorlik qilish
uchun sayohat qila boshladilar.
Faqat 2009-yildagina 2009-yildan 2015-yilgacha Taʼlim vazirligini
boshqargan Arne Dunkan uning natijalariga astoydil eʼtibor qaratdi. Vazirning
Race to the Top (“Choʻqqi tomon poyga”) deb nomlangan tashabbusi Amerika
shtatlari oʻrtasidagi raqobatni kuchaytirishga emas, shtatlar rahbarlarini eng
samarali jahon taʼlim tizimlarini oʻrganishga undashga qaratilgan edi.
Germaniyada hatto PISA dasturiga bagʻishlangan juda mashhur
telekoʻrsatuv ham paydo boʻldi. Bu koʻrsatuv professional bahs-munozaraning
taʼlim, jamiyat va iqtisodiyot muammolarining ommaviy muhokamasiga
aylanishiga imkon yaratdi.
2000-yildagi tadqiqotlarning birinchi davrida qatnashgandan keyin toʻqqiz
yil oʻtib Braziliya oʻqish savodxonligi sohasida eng katta oʻsishni namoyish qildi.
Meksikada ham xuddi shunday tajriba oʻtkazildi.
1960-yillarda AQSHda maktabni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar soni juda
koʻp boʻlib, u taʼlim sohasida yetakchi mamlakat edi. Umumtaʼlim maktablariga
kiritilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy rivojining garovi boʻldi. Ammo 1970-
1980-yillarda boshqa mamlakatlar AQSH dan oʻzib keta boshladi. 1990-yillarga
kelib maktab bitiruvchilarining koʻrsatkichlari boʻyicha AQSH birinchi oʻrindan
oʻn uchinchi oʻringa tushib qoldi. Bunda Amerika Qoʻshma Shtatlarning taʼlim
koʻrsatkichlari shiddat bilan orqaga qaytmadi, biroq rivojlanish dinamikasini
saqlab qololmadi.
Aksincha, 1960-yillarda Janubiy Koreyadagi turmush darajasini bugungi
Afgʻonistonning turmush darajasi bilan qiyoslasa boʻlar edi, mamlakat juda past
taʼlim darajasiga ega edi. Hozir Janubiy Koreyada maktabni muvaffaqiyatli
tugatgan oʻsmirlarning ulushi eng yuqori. Janubiy Koreya oʻzini yuqori
texnologiyali iqtisodiyotga ega mamlakatga aylantirdi va bunga taʼlim tizimi
mustahkam asos boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |