Modul:Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
(6-7 yoshli bolalar uchun tayyorlov guruhi)
Miqdor (kattalik)
MAVZU: Butunni teng 4 bo`lakka bo`lishni va qismini taqqoslashga o`rgatish.
MAQSAD:
Bolalarning butun bilan uning qismlari orasidagi munosabatlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
KUTILAYOTGAN NATIJA:
Bolalar qismlar bo`yicha butunni va butun bo`yicha qismlarni topish
Katta va kichik shakllarni 4 qismga bo`lish va katta kichik qismlarni farqlashni bilib oladilar
Bolalar katta va kichik shakllarning qismlarning o`lchamlari bir-biridan farq qilishi haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
Bolalar bilimini kengaytirishga yo`naltirgan, ishtirok etishga mo`ljallangan interfaol usullari:
Tushuntirish
Savol-javob
Amaliy ish
Tetiklashtiruvchi mashq
Bilimlarni mustahkamlash uchun o`yin
KERAKLI JIHOZLAR:
Katta kichik kvadrat shakllar
Katta va kichik shakllarning bo`laklari
“Mozayka” o`yini uchun suratlar
MASHG`ULOTNING BORISHI:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz sizlar bilan shakillarni 2 va 4 ta teng qismlarga bo`lishni o`rganib olamiz. Hozir sizlar bilan yana butun va qism haqida gaplashamiz. Hammamiz katta kvadrat shaklni olib uni buklay boshlaymiz, yana buklaymiz, buklangan chiziqlardan qirqib chiqamiz. Butun kvadratni birinchi qirqqanimizda nechta bo`lakka bo`ldik? Bu bo`laklarni yana bir marta bo`lsak necha qism hosil bo`ladi?
Bolajonlar, endi kichkina kvadratni olib 2 marta buklaymiz va qirqamiz. Birinchi qirqqanimizda nechta qism hosil bo`ladi? Bu bo`laklarni yana bir marta bo`lsak nechta qism hosil bo`ladi?
Endi katta kvadratning bir bo`lagini flanelarafga mahkamlaymiz, kichkina kvadratning bir bo`lagini ham uning yonidan qo`yamiz. Bu ikki bo`lak bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? O`lchamlari bilan. Katta kvadratning 4 dan 1 qismi, katta kvadratning 4 dan 1 qismidan kichik. Demak bolajonlar agar buyum katta bo`lsa uning bo`lagi ham kichkina bo `ladi.
AMALIY ISH:
S tol ustiga katta va kichik 4 ga bo`lib aralashtirilgan qo`yilgan kvadratlar qo`yiladi. Bolalar bo`laklarni to`g`ri topib birlashtirib,katta va kichik shakllarni yasaydilar.
Har bir shakl alohida rangda bo`lsa bolalar ularni birlashtirishda qiynalmaydilar. Topshiriqni murakkablashtirish maqsadida shakllarni bir xil rangda qilish mumkin.
TETOKLASHTIRUVCHI MASHQ:
Tarbiyachi: Bolajonlar doirani 4 bo`lakka bo`lishimiz mumkin. Buning uchun ikki tomondan ikki ipni ikkita bola ushlaydi. Doiramiz teng ikkiga bo`linadi. Doirani 4 ta teng bo`lakka bo`lishimiz mumkin. Buning uchun ikki tomondagi yana ikkita bola lentani ushlaydi. Mana doiramiz lentalar yordamida 4 ta teng bo`lakka bo`linadi.
BOLALAR BILIMINI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
Katta shaklning bo`lagi kattami yoki kichik shaklning bo`lagimi?
Bir xil rangdagi shakllarni yig`ish osonmi yoki har xil rangdagilarnimi?
Katta shakining bo`lagi kichikmi yoki kichik shakimi?
Mashg`ulot so`ngida bolalarni rag`batlantirish.
Sana:______________________
Bajardi:__________________________________________
Tekshirdi:________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |