12.3.Oqitish shakllari talim texnologiyasining elementi sifatida. Oqitishning individual shaklida oquvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyatlaridan kelib chiqib topshiriqlarni bajarishlari tushuniladi. Bu shakldan informatika sohasidagi fanlardan laboratoriya, mustaqil ish, kurs ishini bajarishda va darsning ixtiyoriy bosqichida didaktik topshiriqlarni bajarishda, yangi bilimlarni organishda, organilgan bilimlarini mustahkamlash, umumlashtirish va takrorlashda foydalanish mumkin. Bu shaklda oquvchi mustaqil oqishi, organishi, oz bilimlarini chuqurlashtirishi bilan ijodiy faollikka yol ochilsa-da, kamchiligi shundaki, oquvchining alohida holda oqishi, organishi, fikrlashi boshqalarniki bilan mos kelmasligi, bunday harakatning baholanish esa faqatgina oqituvchi va oquvchi uchungina qiziq bolishi kuzatiladi [39].
Bugungi kun oquvchilarining bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini yangicha hal etilishi lozim bolib, ananaviy talim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng kop tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar boladigan bolsa, axborotlashgan talim sharoitida kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish orinli hisoblanadi.
Frontal shakl oquvchilar faoliyatining shunday turiki, bunda dars jarayonida barcha oquvchilarning bitta topshiriqni oqituvchi rahbarligida bajarishlari tushuniladi.Bunda oqituvchi butun guruhni bir maromda oz nazoratida ushlab turishi, ularni topshiriqni bajarishga yonaltira olishi, qiziqtirishi lozim. Frontal shakl AKT sohasidagi fanlarning amaliy mashgulotlarida, bazi hollarda maruzada ham foydalaniladi.Bu shaklning kamchiligi shundaki, beriladigan topshiriqlar orta darajada bolib, yuqori ijodkorlikda ishlaydigan oquvchilarni orta darajaga tushib qolishlariga olib keladi.
Guruhli shakl. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar oqitishning guruhli shaklini oquvchilar orasidagi salbiy munosabatlarning oldini olishning samarali vositasi ekanligini korsatmoqda. Oqitishning guruhli shaklida kichik guruhchalarga bolib oqitish alohida ahamiyatga ega. Kichik guruhlarda oqitishni tashkil qilishda oquvchilarni bir-biriga yuzma-yuz qaragan holda joylashtirishni yolga qoyish kerak. Oquvchilar ornini noaanaviy holda bunday joylashtirish guruhchalarda muhokamali masalalarni hal qilish imkonini beradi. Kichik guruhlardagi oquvchilar sonini quyidagicha hisobga olish lozim: 3ta, 4ta, 7ta va boshqa sondagi guruhchlar tashkil qilish kerak. Kichik guruhlardagi oquvchilarni aylana, togri tortburchak, kirilldagi П harfi shakllarda joylashtirish maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda guruh a’zolari tomonidan o‘quv masalaning yechimini taqdim etishning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin:
birgalikda – individual: har bir kichik guruh o‘z faoliyati natijasini taqdim etadi, yechimlar muhokama etiladi va ulardan eng yaxshisi tanlanadi.
birgalikdaketma-ket: har bir guruh faoliyatining natijasi, muammoning umumiy yechimi uchun zarur bolgan mustaqil bolak bolib hisoblanadi.
b irgalikdaozaro aloqadorlikda: tavsiya etilganlardan guruhli yechimlarning malum jihatlari tanlab olinadi va ular asosida butun jamoa uchun umumiy bolgan yakuniy fikr ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |