Yozma ishda ham otilgan mavzu boyicha 3-5tagacha savollar qoyilib, savollarga talabalar yozma javob beradilar. Yozma ish yozish jarayonida oquvchida:
yozma nutq madaniyatini shakllanadi;
olingan bilimlarni tizimli yozma bayon etishni o‘rganadi;
savoldagi tushunchani anglab, yoritib berishadi;
yozish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi, hamda rivojlanadi.
Тest. Теsт (ingl. – sinov) birinchi bor 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan o‘quvchilarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yonalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi [32].
9.2. Informatika darslarida oquvchilar bilim, malaka va konikmalarini nazorat qilish vositalariga biz asosan kompyuter, uning asosiy va qoshimcha qurilmalari, internet, oquvchilar tomonidan tayyorlangan prezentatsiya, slaydlar, referat, mustaqil ish, kichik tadqiqot, loyihalar tayyorlangan matnlar, disklar, elektron fayllar, elektron talim resurslari, elektron talim resurslarini yaratuvchi kompyuter dasturlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Prezentatsiya va slaydlar kompyuterning Power Point, Autoplay, Wordpress va boshqa dasturlari yordamida, matnli malumotlar kompyuterning matn muharriri MS Word dasturida tayyorlanadi. Shuningdek, oquvchilar oz-ozini nazorat qilishga moljallangan testlar Easy Quize, Ispring, My test va boshqa dasturlardan foydalanib yaratiladi.
Elektron talim resurslariga fan boyicha yaratilgan elektron darslik, oquv qollanma, korsatmalar, multimediali vositalar, malumotnomalar va lugatlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga oxshash talabaning mustaqil bilim olishini taminlovchi, organishga qiziqish uygotuvchi resurslar kiradi [29,39].
Elektron darslik fanning oquv hajmini toliq qamragan va masofaviy oqitish hamda mustaqil organish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, fanga oid oquv materiallar: maruza, amaliy, laboratoriya topshiriqlari, nazorat savollari, test va izohli lugat, shuningdek, ilmiy malumotlarni har tomonlama samarali ozlashtirishga moljallangan elektron nashr.
Elektron oquv qollanma fanning oquv hajmini qisman yoki toliq qamragan va axborotning adaptatsiya blokini oz ichiga olgan bolib, masofaviy oqitish va mustaqil organish uchun moljallangan oquv manbayi.
Elektron uslubiy qollanma pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish hamda talim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Unda pedagogik tajriba mashgulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, talabalar ishlarini darslar boyicha rejalashtirilgan shaklida korsatiladi.
Virtual stendlar - haqiqiy obyektlar, jarayonlar va hodisalarlarning elektron modeli
Elektron testlar-saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikatsiya texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qogoz» blankalarni toldirib, songra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bolib hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |