INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND
SOCIAL SCIENCES
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Special Issue "MODERN RESEARCH IN THE SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES"
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce,
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
52
maktablarida huquq fanlarini o’qitish texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi konseptual
yondashuvlarni ko’rsatish mumkin:
o’quvchilarga yo’naltirilgan o’qitishda umumta’lim jarayonidagi barcha qatnashchilarni to’laqonli
rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bu esa huquq fanlarini o’qitish jarayonini individuallashtirish va
differensiyalashdan tashqari ta’lim olayotgan o’quvchilarning kasbiy-psixologik xususiyatlari va
qobiliyatlarini hisobga olish tushuniladi.
tizimli yondashuvda huquqiy ta’lim texnologiyasi jarayonining mantiqi, uning barcha qismlari
o’zaro bog’liqligi va to’liqligi kabi tizim belgilariga ega bo’ladi.
faoliyatli yondashuvda huquq fanlarini o’qitishni o’quvchilarning protsessual xislatlarini
shakllantirish, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish, o’quv jarayonida
uning barcha xususiyatlari, imkoniyatlari va tashabbuslarini ochib berishga yo’naltiriladi.
dialogik yondashuvda ta’lim jarayoni qatnashchilari bo’lgan sub’ektlarning psixologik birligi va
o’zaro aloqasini belgilab beradi, u tufayli o’quvchilarning o’z qobiliyatlarini ko’rsatish bo’yicha
ijodiy jarayon kuchaytiriladi.
o’qitishni hamkorlikda tashkil qilishda o’qituvchi va ta’lim oluvchining munosabatlarida tenglik,
hamkorlik, demokratiya tamoyillarini amalga oshirish, birgalikda faoliyat mazmuni va
maqsadlarini ishlab chiqish, erishilgan natijalarni baholashga alohida e’tibor qaratish zarurligi
nazarda tutiladi.
muammoli o’qitishda ta’lim jarayonini huquqiy mazmundagi muammolar bo’yicha taqdim etish
asosida ta’lim oluvchilar bilan faol aloqada bo’lib, bunda fandagi ob’ektiv ziddiyatlarni aniqlash va
ularni hal qilish bo’yicha mustaqil ijodiy-o’rganish faoliyati, dialektik fikrlashni shakllantirish va
rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo’llash ta’minlanadi.
axborot taqdim etishning yangi usul va vositalarini qo’llash – ta’lim jarayoniga yangi kompyuter
va axborot texnologiyalarini joriy etish.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’uloti jarayonida (o’quv vazifalari va testlarning bajarilishini
baholash, har bir o’quv mashg’ulotida ta’lim oluvchining faoliyatini reyting aossida baholash) bo’lgani
kabi butun kurs davomida o’qitish natijalarini reja asosida kuzatib borish (reyting baholari asosida har
bir ta’lim oluvchining joriy, oraliq va yakuniy natijalarini baholash). Huquq fanlarini o’qitishda
interfaol metodlardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Interfaol usullar qo’llanilganda
tinglovchi ham, o’qituvchi-trener ham o’qitish (ta’lim) jarayoni sub’ektlari hisoblanadi. Tinglovchi
ko’proq ta’lim sub’ekti bo’lib, o’qituvchi-trener bilan muloqotga kirishadi, ijodiy, muammoli
mashg’ulotlarni bajaradi. Bu yerda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari avval o’qituvchidan
yoki adabiyotlardan olgan ma’lumotlari, axborotlarni qisman, bir tomonlama tarzda uzatadi. Lekin ikki
tomonlama aloqa ham paydo bo’ladi: o’quvchi o’qituvchiga savollar beradi, o’qituvchi ham umumiy
o’rta ta’lim maktablari o’quvchilariga ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan savollarni beradi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’qituvchi bilan individual muloqot o’rnatadi, lekin
guruhning boshqa a’zolari muloqotdan chetda qoladi. Huquq fanlarini o’qitishda ijodiy (muammoviy)
masalalarning ko’llanilishining ham o’ziga xosligi mavjud.
Interfaol usullar ta’lim sohasida yangilik emas, ular haqida ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari
o’quvchilari va o’qituvchilar u yoki bu darajada tasavvurga egalar, lekin ular ayniqsa
huquqshunoslarni tayyorlashda juda kam qo’llaniladi. Ba’zida bu usullarga qandaydir ortiqcha, zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |