Shuningdek, bu ishning orqasida qandaydir kuchlar turgani toʼgʼrisida juda koʼplab variantlar bor.
Lekin, uchinchi tomon qirgʼinni rejalashtirganini isbotlab beradigan biror-bir dalil yoʼq.
Yana bir mashhur versiya: «Birlik» partiyasining Oʼzbekistondan rus tilida soʼzlashuvchi aholini chiqarib yuborishga urinishi. Biroq Moskva ularning himoyasiga chiqishini oʼylab, buni mesxeti turklaridan boshlashga qaror qilishadi.
Guvohlarning soʼzlaridan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, qirgʼin uyushtirganlarning katta qismi mahalliy aholi vakillari boʼlmagan
«Mesxeti turklarining uylariga oʼt qoʼyganlar faqat mahalliy aholi vakillari emasdi», — deydi oʼzbek tomoni guvohlaridan biri Ulugʼbek Marubaev.
«Biz oilamiz bilan Qoʼqonga qaytayotgandik. Margʼilonda qurollanganlar hamma mashinalarni toʼxtatayotgandi. Faqat mesxeti turklarini tekshirishayotganini aytishdi. Otam qoʼrqib, avtomobilni burib oldi va boshqa yoʼl bilan uyga yetib oldik. Esimda, oʼshanda ota-onam bu kimsalar notanish deya koʼp takrorlashgandi... 3 iyunь kuni kechki payt onamning ukasi bizniga keldi. U 20 yoshlarda edi. Mesxetilarga qarshi kirgʼinda ishtirok etayotganini aytdi. Mening ota-onam bundan shokda edilar. Keyin u mesxetilar oʼzbek qizlarining nomusiga tekkani, millatdoshlari himoyasi uchun bunga aralashganini aytdi. Bu gaplar rost yoki yolgʼon ekanini tekshirishning imkoni yoʼq edi. Bunga ishondik», — deydi Marubaev.
Oʼzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʼmitasi komissiyasi eʼlon qilgan maʼlumotlarga qaraganda, may-iyunь oylarida yuz bergan toʼqnashuvlarda 103 kishi nobud boʼlgan, ularning 52 nafari mesxeti turk, 36 nafari oʼzbek, qolganlari boshqa millatlarga mansub kishilar. 1011 kishi tan jarohati olgan, Ichki qoʼshinlarning 137 harbiy xizmatchisi, militsiyaning 110 xodimi yaralangan. Аholining 757 uyi, davlatning 27 obʼektiga oʼt qoʼyilgan va talon-taroj qilingan. 275 ta transport vositasiga oʼt qoʼyilgan.
Fojiadan soʼng mesxeti turklari Rossiyaga koʼchirilgan. Hozirda ular Rossiya, Ozarbayjon, АQSh va Turkiyada yashaydi.
“1989 yilning iyuni. Tahlikali kezlar edi. Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘kadagi qirg‘inu yong‘inlar... Fitna-fasod darvozasi lang ochilib ketgan edi go‘yo. Mamlakat bo‘ylab yoyilgan qudratli to‘lqin mutelik zamonining jamiki dov-dastgohini o‘z domiga tortdi. Hukumat vaziyatni idora qilolmay qoldi.
Boshboshdoqlikka chek qo‘yib, jar yoqasidagi respublikani halokatdan saqlab qolishga qodir inson qidirilayotgan edi. Pirovardida menga murojaat qilishdi. O‘sha pallada nafaqat mening kareram, ta’bir joiz bo‘lsa, butun hayotim garovga qo‘yilganini yaxshi anglar edim. Balandparvozlikka yo‘ymang, ammo “xalq meni to‘g‘ri tushunadi va albatta qo‘llab-quvvatlaydi” degan ishonch menga kuch bag‘ishladi.
10 yoki 11 iyun kuni, aniq esimda yo‘q, Siyosiy byuro O‘zbekiston kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi Birinchi kotibi masalasini ko‘rayotgan edi. Muhokama nainki tanqidiy, hatto bepisand ruhda o‘tardi. Beo‘xshov luqmalar, nomaqbul mulohazalar. O‘shanda men minbardan Gorbachyovga qarata: “Mixail Sergeyevich! Mening nomzodimni olib tashlang. Bu yerda kimgadir yoqmayotganga o‘xshayman. Rafiq Nishonovni yana olti oycha lavozimida qoldirishni taklif etaman. U vaziyatni tartibga solganidan so‘ng bugungi masalaga qaytish mumkin. Endi esa mening ketishimga ijozat bering”, dedim. Gorbachyov meni olib qolishga urindi. Men esa: “Ko‘ndirishga harakat qilmang. Menga hammasi kundek ravshan. Ketishimga ijozat bering”, dedim. “Bo‘pti, shunga qaror qilibsiz, ketavering”, dedi u. Men Toshkentga uchdim. Zavodga qaytishga qaror qilgandim.
Biroq oradan ikki kun o‘tib, uyimga Nishonov qo‘ng‘iroq qildi va Moskva mening birinchi kotiblikka ko‘rsatilishimga rozilik berganini aytdi. 23 iyun kuni O‘zbekiston kompartiyasi MQ plenumi bo‘lib o‘tdi va unda men Birinchi kotib lavozimiga saylandim”.
1989-yil
Farg’ona
2021-yil
Farg’ona
“Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz,
Kam bo’lmaymiz, illoh, hech qachon!!!”
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |