Farg’ona voqealarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqealar… 1989-yilda Quvasoy rayonida 58 400 kishi yashagan bo’lsa, 47ta millat orasida mesxeti turklarning soni 4340 tasini tashkil etgan. Quvasoyda 1989-yil may oyida bo’lgan bir qancha bezoriliklar , ayniqsa,mesxeti turk yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg’ona voqealarining boshlanishiga turtki vazifasini o’tagan.Bu holatdan mesxeti turklari vaziyatni keskinlashtirib, o’z tarixiy vatanlariga qaytishni tezlashtirish yo’lida foydalanmoqchi bo’lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |