1989-yilning bahorida O’zkompartiyasi birinchi kotibi lavozimini egallagan
Rafiq Nishanov ziddiyatning kelib chiqishiga bozordagi voqea sabab bo’lganligini ma’lum qiladi.Haridor,mesxet-turklaridan biri o’zbek sotuvchisidan qulupnayni juda qimmatga olganligini aytadi. O’zbeklar unga qarshi chiqadi va o’rtada janjal kelib chiqadi.
Yana bir variant — hammasi pivoxona yaqinida chiqqan janjaldan boshlanadi. Militsiya ularni toʼxtatadi, bir oʼzbek halok boʼladi. Keyingi kuni oʼzbeklar guruh boʼlib mesxeti turklari yashaydigan hududga borishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |