Bog'liq 250-сон 28.04.2021. Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2-bob. “Ayollar daftari”ni shakllantirish 4. Har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar
kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad
manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi
bo‘lgan xotin-qizlar);
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga
muhtojlar);
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, o‘zgalar
parvarishiga muhtojlar);
uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay
yo‘qotgan, yolg‘iz yashaydigan, uy-joyini ta’mirlash imkoniyati bo‘lmaganlar);
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy
mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar (ma’muriy binolar, yerto‘lalar va istiqomat qilish maqsadlariga mo‘ljallanmagan
boshqa binolarda yolg‘iz yoki oila a’zolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar
joyi bo‘lmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);
qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan bolasi mavjud yolg‘iz ayollar;
tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o‘zi va birgalikda yashovchi oila a’zolari og‘ir ijtimoiy
vaziyatda bo‘lgan, surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi
belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmaganlar);
huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo‘lgan, huquqlari va
qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat qilganlar);
psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari
mavjud xotin-qizlar).
5. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o‘rganiladi:
sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig‘inlari xodimlari, faollari va
mahalladagi mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi” bilan birgalikda barcha yo‘nalishdagi muammolarni
har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali;
xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini ko‘rib chiqish
orqali.
“Ayollar maslahat kengashi”ga murojaat qilingan holatda anketa so‘rovnomalar to‘ldirilib, sektor ishchi
guruhiga taqdim qilinadi. Sektorlar rahbarlari va tuman(shahar)lar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari
bilan birgalikda muammolarning haqqoniyligini o‘rganadi va har oyda o‘rganilgan “Ayollar daftari”ga kiritilishi
kerak bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etadi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari Tartibga
2a-ilovaga
muvofiq
anketa-so‘rovnomalar orqali aniqlanadi.
Xotin-qizlarning aniqlangan muammolari sektorlar shtablari kotiblari va fuqarolar yig‘ini xodimlari
tomonidan xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga 3 kundan oshmagan muddatda kiritiladi.
6. Individual anketalar sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
boshlig‘iga to‘ldirilgan kundan boshlab 1 kun muddatda taqdim etiladi.
7. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i 3 kundan
oshmagan muddatda individual anketalar ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi.
Individual anketalarni ko‘rib chiqish jarayonida ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki
ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi,
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy
himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
8. Tahlil natijalari asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
boshlig‘i tomonidan 7 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro‘yxatlari
hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasi imzolangan holda, xalq
deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning
ro‘yxatlari va “Yo‘l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro‘yxatlar sektorlar shtablarining kotiblari
tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga (keyingi o‘rinlarda —
axborot tizimi) kiritiladi.
Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari “Ayollar
daftari”ga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan so‘ng bajarilgan hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga
kiritilgan xotin-qizlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha barcha hisobotlar axborot tizimida
shakllantiriladi.
11. “Ayollar daftari” ushbu Tartibga
2b-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi.