32. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi bo‘yicha hisobot berish Tartibga
2g-ilovaga
muvofiq sxema
bo‘yicha yuritiladi.
33. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi
boshliqlari;
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy
bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari;
viloyat darajasida — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar;
respublika darajasida — Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi.
34. Mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar
daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har
kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
35. Sektorlar rahbarlari, sektorlar ishchi guruhlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
bo‘limi rahbar xodimlari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan
ishlarni har oyda joyiga chiqqan holda monitoring qilib boradi.
36. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l
xaritasi”ning ijrosi har oyda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida muhokama qilinadi.
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan sektorlar va tashkilot rahbarlarining,
hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarining hisobotlari eshitib boriladi.
37. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Ayollar daftari”ning yuritilishi bo‘yicha amalga oshirilgan
ishlarni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalaridan olingan ma’lumotlarni tegishli
vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan har oy yakuni bilan tahlil qiladi.
Respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni hududlar kesimida bartaraf etish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatiga axborot xati taqdim
qiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
38. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Ayollar daftari”ning yuritilishi bo‘yicha mutasaddi bo‘lgan
vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini Vazirlar
Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqish uchun har oy yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar
Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga taqdim
qiladi.
Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari
kotibiyati tahliliy ma’lumot va takliflarni ko‘rib chiqadi hamda “Ayollar daftari”ning yuritilishi ijrosini Vazirlar
Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli
qarori
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
39. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ul vazirlik va idoralar hamda
sektorlar rahbarlariga baho beriladi, choralar ko‘riladi, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli “Yo‘l
xarita”lari ishlab chiqiladi va ijroga yo‘naltiriladi.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-
qizlar muammolarini tizimli ravishda hal
etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha
vaqtinchalik tartibga
2a-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: