8-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam ko„rsatish
Oldingi
tahrirga qarang.
24. Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni
reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo„yicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali
markazlari, Aholi bandligiga ko„maklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik
maslahatxonasi”, ta‟lim muassasalarining, faoliyati psixologik yordam ko„rsatishga yo„naltirilgan
ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining malakali psixologlari tomonidan psixologik
maslahatlar berib boriladi.
(24-band O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 624-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 07.10.2021-y., 09/21/624/0940-son)
4-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash chora-tadbirlarini
moliyalashtirish
25. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash chora-tadbirlari:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta‟minlash — Bandlikka
ko„maklashish davlat jamg„armasi, Jamoat ishlari jamg„armasi, “Ayollar daftari” jamg„armasi va
“Saxovat va ko„mak” jamg„armasi, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga ko„maklashish — Fermer, dehqon
xo„jaliklari va tomorqa yer egalarini qo„llab-quvvatlash jamg„armasi mablag„lari;
tadbirkorlikni yo„lga qo„yish va kredit olishga ko„maklashish — Xotin-qizlarni qo„llab-
quvvatlash davlat maqsadli jamg„armasi, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari, xalqaro
moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kredit va grantlar;
moddiy yordam ko„rsatish, sog„liqni tiklash va boshqalar — “Ayollar daftari”
jamg„armasi, “Saxovat va ko„mak” jamg„armasi mablag„lari;
turar joy ijarasi bilan bog„liq xarajatlarni qoplab berish — “Ayollar daftari” jamg„armasi
mablag„lari hisobidan moliyalashtiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Mazkur bandda belgilangan manbalar hisobidan tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan
mablag„lar taqsimoti har chorak uchun O„zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligi, Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi, Fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashi va Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq banki tomonidan har chorakdan oldingi
oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar)lar hokimliklariga yetkaziladi.
Tuman (shahar)lar hokimliklari ushbu manbalar va o„z mablag„lari hisobidan xotin-
qizlarga ko„rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlarning turini va ularni oluvchilar sonini
belgilaydi.
26. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar ko„rsatilishi Tartibga
2v-ilovaga
muvofiq ma‟lumotnoma bo„yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |