Moddiy yordam va ko„makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha qo„shimcha chora- tadbirlar to„G„risida



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/46
Sana29.03.2022
Hajmi1,59 Mb.
#516076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
250 28.04.2021.doc (3)



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
MODDIY YORDAM VA KO„MAKKA MUHTOJ OILALARNI, XOTIN-QIZLAR VA 
YOSHLARNI IJTIMOIY QO„LLAB-QUVVATLASH BO„YICHA QO„SHIMCHA CHORA-
TADBIRLAR TO„G„RISIDA 
So„nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy 
himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og„ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo„lmagan, huquqiy va 
ma‟naviy-psixologik qo„llab-quvvatlashga zarurati bo„lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli 
ko„maklashish bo„yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi. 
Xususan, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta‟sirini 
yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko„makka muhtoj oilalarni moddiy qo„llab-
quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bu yo„nalishda manzilli, har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish 
olib borishni tashkil qilish maqsadida moddiy yordam va ko„makka muhtoj oilalar bo„yicha 
mutlaqo yangi — “Temir daftar”, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo„llab-quvvatlashga, 
bilim va kasb-hunar o„rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo„lgan xotin-qizlar va yoshlar bo„yicha 
tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tizimlari hayotga tatbiq etildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarliklarida 2021-yil 26-fevralda xotin-qizlar 
muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlashda davlat organlarining mas‟uliyatini 
oshirish masalalariga bag„ishlab o„tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig„ilishida aholi, ayniqsa, 
yoshlar va xotin-qizlarning hayot va turmush sharoitidagi muammolarini aniqlash, yakka tartibda 
ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, 
aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish, mutasaddilarning hisobdorligi va 
faoliyatini baholash tartibini belgilash yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini so„zsiz ta‟minlash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo„shimcha chora-tadbirlar 
to„g„risida” 2021-yil 19-martdagi 152-son 
qarori
 bilan “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilganligi 
ma‟lumot uchun qabul qilinsin. 
2. O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosarlari va maslahatchilari, vazirliklar, 
davlat qo„mitalari, idoralar, xo„jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog„iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari, sektorlar 
rahbarlari ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og„ir oilalar muammolari bo„yicha “Temir daftar”ga, 
ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og„ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo„lmagan, huquqiy 
va ma‟naviy-psixologik qo„llab-quvvatlashga zarurati bo„lgan xotin-qizlar va yoshlar bo„yicha 
tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni kambag„allikdan 
chiqarish va ularning farovonligini oshirish uchun shaxsan mas‟ul etib belgilansin. 
3. Quyidagilar: 
“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og„ir oilalar 
muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha vaqtinchalik 
tartib 
1-ilovaga 
muvofiq; 
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va 
ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha vaqtinchalik tartib 
2-ilovaga 
muvofiq; 
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va 
ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha vaqtinchalik tartib 
3-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
4. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi 
Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash 
vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 
1

2



3-ilovalarda 
nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy yo„nalishlarga alohida 
e‟tibor qaratsin: 
a) “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bo„yicha: 
bandlikni ta‟minlash; 
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko„maklashish; 
tadbirkorlikka jalb qilish; 
moddiy yordam hamda tibbiy xizmat ko„rsatish; 
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bo„yicha: 
bandlikni ta‟minlash; 
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun ko„maklashish; 
tadbirkorlikka jalb qilish; 
moddiy yordam ko„rsatish; 
turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to„lash; 
tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko„rsatish; 
v) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bo„yicha: 
kasb-hunar va tadbirkorlik ko„nikmalariga o„qitish; 
bandlikni ta‟minlash; 
tadbirkorlikka jalb qilish; 
xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish; 
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi oliy ta‟lim 
muassasalarida to„lov-kontrakt asosida yillik o„qish xarajatlarini to„lab berish; 
tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko„rsatish. 
5. O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag„allikni 
qisqartirish masalalari bo„yicha o„rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish 
vaziri J.A. Qo„chqorov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi, Moliya 
vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo„mitasi, tijorat banklari, tegishli 
vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari bilan birgalikda: 
“Temir daftar”ni yuritish hamda unga kiritiladigan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og„ir 
oilalar bilan ishlash bo„yicha tartibni, hisobot berish va ma‟lumotlarni taqdim qilish shaklini 
amaliyotga joriy etish choralarini ko„rsin;
jamiyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og„ir oilalar muammolarini tizimli ravishda 
hal etish va ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-
mohiyatini keng jamoatchilikka chuqur tushuntirish choralarini ko„rsin, shuningdek, “Temir daftar” 
bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.
6. O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo„yicha 
o„rinbosari B.A. Musayev Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, 
tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda: 
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish hamda ularga kiritiladigan yoshlar va 
xotin-qizlar bilan ishlash bo„yicha tartibni, hisobot berish va ma‟lumotlarni taqdim qilish shaklini 
amaliyotga joriy etish choralarini ko„rsin; 
jamiyatda xotin-qizlar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta‟minlash bo„yicha 
belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, yoshlar va ayollarga 
tushuntirish, shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni 
muvofiqlashtirsin.
7. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo„llab-quvvatlash, ularning 
jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta‟minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son 
qaroriga
 muvofiq: 
a) Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan: 
turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta‟minlash, ularning turmush va mehnat 
sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko„paytirish borasida tizimli chora-tadbirlar belgilanishi; 


hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat 
kengashlari” faoliyati muvofiqlashtirilishi, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali 
hamkorligini ta‟minlash, ularga uslubiy-amaliy ko„maklashish; 
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-
qizlarning muammolari o„z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga 
oshirilishi; 
b) Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash 
bo„yicha respublika komissiyasi tomonidan: 
“Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, 
ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og„ir, ishsiz hamda zo„ravonlikka uchragan ayollar 
muammolarini aniqlash va hal qilish bo„yicha mas‟ul idora va rahbarlarning natijaga yo„naltirilgan 
faoliyati yo„lga qo„yilishi va muvofiqlashtirilishi; 
sektor rahbarlari, hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo„yicha maslahatchilari tomonidan 
joylardagi xotin-qizlar muammolarini hal etish bo„yicha “yo„l xaritalari” ishlab chiqilib, amalga 
oshirilishi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida har oyda hisobot berishini yo„lga qo„yish 
tashkil etilishi belgilanganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin. 
8. Belgilab qo„yilsinki: 
“Temir daftar”ning yuritilishi bo„yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish 
vazirligi; 
“Ayollar daftari” yuritilishi bo„yicha Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi; 
“Yoshlar daftari” yuritilishi bo„yicha Yoshlar ishlari agentligi mas‟ul hisoblanadi. 
9. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi, ularga kiritilgan 
shaxslarning muammolarini hal etish, tizimli ko„maklashish va ko„rilayotgan choralar 
natijadorligini baholash yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etilsin:
a) har oyda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi:
“Temir daftar”ning yuritilishi yuzasidan hududlar bo„yicha hisobot va tahliliy materiallarni 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni 
qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorovga kiritadi; 
hududlar faoliyatiga baho berilishi, shuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etish 
bo„yicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topshiriq xatlari yuborilishini 
ta‟minlaydi. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorov tomonidan “Temir daftar”ning yuritilishi va 
uning natijalari bo„yicha har oyda O„zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib 
boriladi; 
b) har oyda Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi:
tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi yuzasidan hududlar 
bo„yicha hisobot va tahliliy materiallarni O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy 
rivojlantirish masalalari bo„yicha o„rinbosari B.A. Musayevga kiritadi;
hududlar faoliyatiga baho berilishi, shuningdek, muammolarni “mahallabay” hal etish 
bo„yicha tegishli vazirliklar va idoralar hamda hokimliklarga topshiriq xatlari yuborilishini 
ta‟minlaydi. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo„yicha 
o„rinbosari B.A. Musayev tomonidan: 
“Ayollar daftari”ning yuritilishi va uning natijalari bo„yicha har oyda O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritiladi; 
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ning yuritilishi hamda ularning natijalari bo„yicha 
har oyda O„zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berib boriladi; 
v) har oyda hokimlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari xalq deputatlari mahalliy 
Kengashlarida hisobot berib boradilar va ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, aniqlangan 
muammolarni hal etish bo„yicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan mahallabay “yo„l 
xaritalari” tasdiqlanadi; 


g) har chorakda:
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlari joriy yil 20-iyul, 20-oktabr va 
2022-yil 20-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ular faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tizimli 
va respublika darajasidagi muammolarni hal etish bo„yicha “yo„l xaritalari” tasdiqlanadi; 
d) 2022-yilda va kelgusi yillarda ushbu yo„nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 
hisobotlar har yarim yillikda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilib boriladi. 
10. O„zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi Iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O„zbekiston Kasaba 
uyushmalari Federatsiyasi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar 
ushbu qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik tartiblarning amaliyotda qo„llanilishini tahlil qilgan 
holda, ularni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
11. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi, 
Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi: 
2021-yil 1-iyunga qadar tegishlicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar 
daftari”ning elektron tizimini takomillashtirish ishlarini yakunlasin hamda Axborot texnologiyalari 
vazirligining xulosasiga muvofiq axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda vazirliklar va 
idoralarning axborot tizimlari hamda ma‟lumotlar bazalaridagi mavjud bo„lgan axborot va 
ma‟lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yoki 
o„zaro to„g„ridan to„g„ri integratsiya qilinishini ta‟minlasin. 
O„zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” 
xayriya jamoat fondining “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimini takomillashtirish uchun 
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga tushgan qo„shimcha homiylik mablag„lari hisobidan aniq hisob-
kitoblarga asosan Mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Obod va xavfsiz 
mahalla” jamg„armasi hisobvarag„iga zarur bo„lgan mablag„larni o„tkazish to„g„risidagi taklifiga 
rozilik berilsin. 
12. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha 
qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” 2021-yil 8-yanvardagi 2-son 
qarori
o„z kuchini yo„qotgan 
deb hisoblansin. 
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
moliya-iqtisodiyot va kambag„allikni qisqartirish masalalari bo„yicha o„rinbosari — iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorov hamda O„zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo„yicha o„rinbosari B.A. Musayev zimmasiga 
yuklansin. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish