ehtiyojmand oilalarni o„rganish bo„yicha o„tkazilgan so„rovnoma natijalari orqali
o„rganiladi.
Sektor shtabi kotibi, mahalla fuqarolar yig„ini xodimlari, doimiy vakillar va mahalla
faollari tomonidan ehtiyojmand oilalar a‟zolarining qiziqishlari, muammolari va oilalarning ijtimoiy
holati to„g„risidagi jamlanma ro„yxat 3 kundan oshmagan muddatda shakllantiriladi.
6. Jamlanma ro„yxat shakllantirilgan kundan boshlab 1 kun muddatda
sektorlar
rahbarlariga taqdim etiladi.
7. Sektorlar rahbarlari 3 kundan oshmagan muddatda jamlanma ro„yxat ko„rib chiqilishini
tashkil qiladi.
Jamlanma ro„yxatni ko„rib chiqish jarayonida oilaning ma‟lumotlari:
tuman (shahar) mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash bo„limlari (uy xo„jaligi daftari asosida
shakllantirilgan oilalar to„g„risidagi ma‟lumotlar);
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari (kasallik tarixi, nogironligi bo„lgan
shaxslar va
ko„rsatilgan tibbiy yordam to„g„risidagi ma‟lumotlar);
tuman (shahar) aholi bandligiga ko„maklashish markazlari (ishsizlik nafaqasi oluvchilar,
kasb-hunarga o„qitilgan va o„qitish jarayonidagilar, mehnat migrantlari to„g„risidagi ma‟lumotlar);
tuman (shahar) soliq inspeksiyalari (daromadlar to„g„risidagi ma‟lumot);
Davlat soliq qo„mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo„limlari (oilaning
nomidagi uy-joy (tomorqa), mol-mulk to„g„risidagi ma‟lumotlar);
tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari (nikoh va o„lim to„g„risidagi ma‟lumotlar);
budjetdan tashqari Pensiya jamg„armasining tuman (shahar) bo„limlari (pensiya va
nafaqalar to„g„risidagi ma‟lumotlar) va boshqa tashkilotlarning ma‟lumotlari
bilan solishtiriladi
hamda oilalarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
8. Tahlil natijalari asosida sektorlar rahbarlari tomonidan 7 kundan oshmagan muddatda
“Temir daftar”ga kiritiladigan oilalarning ro„yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga
qaratilgan “Yo„l xaritasi” loyihasi imzolangan holda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga
tasdiqlash uchun kiritiladi.
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan “Temir daftar”ga kiritiladigan
oilalarning ro„yxatlari va “Yo„l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijro etish uchun
yuboriladi.
10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro„yxatlar sektorlar
shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “saxovat.argos.uz” axborot tizimi
dasturiga kiritiladi.
Sektorlar rahbarlari “Temir daftar”ga ma‟lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning
haqqoniyligi bo„yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar bo„yicha
amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan so„ng bajarilgan hisoblanadi.
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo„yicha barcha hisobotlar
axborot tizimida shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: