3-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish 14. O„zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Xalq banki, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,
“Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-
qizlar tadbirkorlik markazlari joylarda o„quv kurslari tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini
yo„lga qo„yish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik
ko„nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko„maklashadi.
15. Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali
tadbirkorlikni yo„lga qo„yish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida bo„lgan xotin-qizlarga
tijorat banklari orqali O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag„lari hisobidan
moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar ko„rsatiladi:
hududlarning o„ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda biznes loyihalarni tuzishni
o„rgatish;
kredit olishga ko„maklashish.
Xalq banki “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga
kredit olishda ko„maklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini
yuritish va kredit ajratilgandan so„ng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qo„llab-
quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga mas‟ul hisoblanadi.
16. Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug„ullanish istagida
bo„lgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yo„lga qo„yish va rivojlantirishga yo„naltiriladi.
Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Kreditlarning foiz stavkasi bo„yicha, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar
Markaziy bankning asosiy stavkasi belgilanadi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy
ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, ma‟muriy xarajatlarni to„lashga, jumladan,
avtotransport vositasining ta‟minoti, mebel, aloqa xizmatlari to„lovi va uyali telefon sotib olishga
hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko„ra taqiqlangan faoliyatlarga
ajratishga yo„l qo„yilmaydi.
Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan ko„p bo„lmagan muddatga ajratiladi.
17. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvarag„idan kredit shartnomasida belgilangan
maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvarag„iga pul o„tkazish yo„li bilan
ajratiladi.
Kreditlar Mikrokreditbank, Agrobank va Xalq bankining tuman (shahar) filiallari
tomonidan “Ayollar daftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi
bo„yicha alfavit tartibida shakllantirilgan qat‟iy navbat asosida ajratiladi.
Tadbirkorlik va o„zini o„zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo„lgan ishsiz xotin-
qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo„lgan asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalari xarid
qilish uchun subsidiyalar beriladi.
18. “Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarni doimiy
bandligini ta‟minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-
qizlarni ish bilan ta‟minlashga qaratilgan loyihalariga dastur doirasidagi resurslar hisobidan
Markaziy bankning asosiy stavkasida imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
Bunda loyiha uchun kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga
kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta‟minlash sharti bilan, samaradorligi yuqori va barqaror
ish o„rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari
doirasidagi resurslar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravardan ortiq, biroq 4000
baravaridan yuqori bo„lmagan miqdorda kredit ajratilishi mumkin.