Moddiy yordam va ko„makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash bo„yicha qo„shimcha chora- tadbirlar to„G„risida


-bob. “Ayollar daftari”ni shakllantirish



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana29.03.2022
Hajmi1,59 Mb.
#516076
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
250 28.04.2021.doc (3)

2-bob. “Ayollar daftari”ni shakllantirish 
4. Har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi 
toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi ta‟minlanmagan, ishlash istagida 
bo„lgan, daromad manbaiga ega bo„lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman 
yo„qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo„lgan xotin-qizlar); 
boquvchisini yo„qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi bo„lmagan, qo„shimcha 
moddiy yordamga muhtojlar); 
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo„lgan xotin-qizlar (mehnatga 
qobiliyatsiz, o„zgalar parvarishiga muhtojlar); 
uy-joyini ta‟mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo„lgan xotin-qizlar (mehnat qilish 
qobiliyatini butunlay yo„qotgan, yolg„iz yashaydigan, uy-joyini ta‟mirlash imkoniyati 
bo„lmaganlar); 
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o„zining yoki birgalikda yashovchi oila a‟zolarining 
nomida turar joy mavjud bo„lmagan xotin-qizlar (ma‟muriy binolar, yerto„lalar va istiqomat qilish 
maqsadlariga mo„ljallanmagan boshqa binolarda yolg„iz yoki oila a‟zolari bilan birgalikda 
yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi bo„lmagan holda uy-joy sharoitini 
yaxshilashga muhtojlar); 
qaramog„ida nogironligi bo„lgan bolasi mavjud yolg„iz ayollar; 
tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o„zi va birgalikda yashovchi oila 
a‟zolari og„ir ijtimoiy vaziyatda bo„lgan, surunkali yoki og„ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka 
chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega bo„lmaganlar); 
huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida bo„lgan, 
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to„g„risida murojaat qilganlar); 
psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo„ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy 
muammolari mavjud xotin-qizlar). 
5. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda o„rganiladi: 
sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yig„inlari 
xodimlari, faollari va mahalladagi mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi” bilan birgalikda 
barcha yo„nalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi 
oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali; 
xotin-qizlarning murojaatlarini, 
shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga 
murojaatlarini ko„rib chiqish orqali. 
“Ayollar maslahat kengashi”ga murojaat qilingan holatda anketa so„rovnomalar to„ldirilib, 
sektor ishchi guruhiga taqdim qilinadi. Sektorlar rahbarlari va tuman(shahar)lar mahalla va oilani 
qo„llab-quvvatlash bo„limlari bilan birgalikda muammolarning haqqoniyligini o„rganadi va har 
oyda o„rganilgan “Ayollar daftari”ga kiritilishi kerak bo„lgan xotin-qizlar ro„yxatini xalq deputatlari 
tuman (shahar) Kengashiga taqdim etadi. 
O„rganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari Tartibga 
2a-
ilovaga 
muvofiq anketa-so„rovnomalar orqali aniqlanadi.
Xotin-qizlarning aniqlangan muammolari sektorlar shtablari kotiblari va fuqarolar yig„ini 
xodimlari tomonidan xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga 3 kundan oshmagan 
muddatda kiritiladi. 
6. Individual anketalar sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) mahalla va oilani qo„llab-
quvvatlash bo„limi boshlig„iga to„ldirilgan kundan boshlab 1 kun muddatda taqdim etiladi. 
7. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo„llab-quvvatlash bo„limi 
boshlig„i 3 kundan oshmagan muddatda individual anketalar ko„rib chiqilishini tashkil qiladi.
Individual anketalarni ko„rib chiqish jarayonida ma‟lumotlar O„zbekiston Respublikasi 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi, Sog„liqni saqlash vazirligi, Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo„mitasi, Yoshlar ishlari 
agentligi, Davlat soliq qo„mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat 
xizmatlari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg„armasi va boshqa 


tashkilotlarning ma‟lumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga 
muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi. 
8. Tahlil natijalari asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qo„llab-
quvvatlash bo„limi boshlig„i tomonidan 7 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga 
kiritiladigan xotin-qizlarning ro„yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan 
“Yo„l xaritasi” loyihasi imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash 
uchun kiritiladi.
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan 
xotin-qizlarning ro„yxatlari va “Yo„l xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga 
qaratiladi.
10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan ro„yxatlar sektorlar 
shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi 
dasturiga (keyingi o„rinlarda — axborot tizimi) kiritiladi. 
Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo„yicha 
maslahatchilari “Ayollar daftari”ga ma‟lumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi 
bo„yicha shaxsan javobgar hisoblanadi. 
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar 
bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan so„ng bajarilgan 
hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo„yicha amalga oshirilayotgan ishlar 
bo„yicha barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi.
11. “Ayollar daftari” ushbu Tartibga 
2b-ilovaga 
muvofiq sxema bo„yicha yuritiladi. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish