MODDIY NUQTA DINAMIKASI
Amaliy mashg’ulot bayoni
Dinamikaning asosiy qonuni (Nyutonning ikkinchi qonuni)
tenglama bilan ifodalanadi.
Agar massa o'zgarmas bo’lsa, u holda
bundan a - massasi m bo’lgan jismning F kuch ta'sirida olgan tezlanishi.
s masofani o'tishda F kuchning bajargan ishi quyidagi formula bilan ifodalanidi:
bunda Fs - kuchning siljishi yo'nalishidagi proeksiyasi, ds - yo'l qismining kattaligi. Integral butun yo'l s bo'yicha olinadi.
Agar kuchning miqdori hamda uning siljish yo'nalishi bilan hosil qilgan burchagi o'zgarmas bo’lsa, yuqoridagi formula
ko'rinishida bo'ladi, bunda α - kuch F va siljish s orasidagi burchak.
Quvvat
formula bilan ifodalanadi. Quvvat o'zgarmas bo’lsa
bo'ladi, bunda A - vaqt t ichida bajarilgan ish.
Xuddi shuningdek quvvat quyidagi formuladan aniqlanishi mumkin:
ya'ni quvvat harakat tezligini kuchning harakat yo'nalishiga bo’lgan proeksiyasining kattaligiga ko'paytmasi bilan aniqlanadi.
υ tezlik bilan harakatlanayotgan m massali jismning kinetik energiyasi quyidagiga teng:
Potensial energiyaning formulalari ta'sir etuvchi kuchlarning xarakteriga qarab turlicha ifodalanadi.
Izolyatsiyalangan sistemadagi barcha jismlar harakat miqdorining vektor yig’indisi o'zgarmay qoladi, ya'ni:
Massalari m1 va m2 bo’lgan ikki jismning bir to’g’ri chiziq bo'ylab elastikmas markaziy urilishdan keyingi ularning umumiy tezligi quyidagi formuladan topiladi:
bunda υ1 - birinchi jismning, υ2 - ikkinchi jismning urilishdan ilgarigi tezligi.
Elastik markaziy urilishdan keyin jismlar turlicha tezliklar bilan harakatlanadi. Birinchi jismning urilishdan keyingi tezligi:
va ikkinchi jismning urilishdan keyingi tezligi
Egri chiziqli harakatda moddiy nuqtaga ta'sir etuvchi kuchni ikkiga: tangensial va normal tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.
Normal tashkil etuvchisi
markazga intilma kuchdan iboratdir. Bu yerda υ - massasi m bo’lgan jismning chiziqli tezligi va R trayektoriyaning berilgan nuqtadagi egrilik radiusidir.
Elastik deformatsiyalovchi kuch deformatsiyasining x kattaligiga proporsionaldir, ya'ni:
bundan k - deformatsiya koeffitsienti bo'lib, bir birlikda deformatsiyalovchi kuchga miqdor jihatdan tengdir.
Elastik kuchlarning potensial energiyasi:
Ikki moddiy nuqta (ya'ni o'lchamlari ularning o'zaro oraliqlariga nisbatan juda kichik bo’lgan jismlar) bir-biriga quyidagi kuch bilan tortiladi:
bunda -tortishish doimiyligi yoki gravitatsion doimiyligi bo'lib, m3/kg.sek2 ga tengdir; m1 va m2 o'zaro ta'sir qiluvchi moddiy nuqtalarning massalari: R - ular orasidagi masofa.
Tortishish kuchining potensial energiyasi
"Minus" ishora o'zaro ta'sir qiluvchi ikki jismning potensial energiyasi R=∞ bo’lganda nolga teng bo'lishini ko'rsatadi; bu jismlar yaqinlasha borganda potensial energiyasi ortadi.
Keplerning uchinchi qonuni quyidagi ko'rinishga egadir:
bunda T1 va T2 - planetalarning aylanish davri, R1 va R2 - planetalar orbitalarining katta o’qlari. Orbita doiradan iborat bo’lgan holda katta o’qlar rolini orbitaning radiusi o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |