2.10. Og’irligi 4,9.106 N bo’lgan poyezd teplovozning tortishi to'xtalgach, 9,8.104 N ishqalanish kuchi ta'siri ostida 1 min dan keyin to'xtaydi. Poyezd qanday tezlik bilan harakat qilgan?
2.17. Biror balandlikdan vertikal tushayotgan 0,1 kG og’irlikdagi sharcha qiya tekislikka uriladi va tezligini o'zgartmasdan tekislikdan elastik qaytadi. Tekislikning gorizontga nisbatan qiyaligi 300 ga teng. Urilish vaqtida tekeslikning olgan kuch impulsi 1,73 N·sek ga teng. Shar tekislikka urilgandan qancha vaqt o'tgach trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida bo'ladi?
2.25. Avtomobilning og’irligi 1 T. Avtomobil harakatlanayotganda unga o'z og’irligining 0,1 qismiga teng bo’lgan ishqalanish kuchi ta'sir qiladi. Agar avtomobil o'zgarmas tezlik bilan: 1) qiyaligi har 25 m yo'lda 1 m balandlikka ko'tariladigan toqqa chiqayotsa, 2) xuddi shu qiyalikdagi toqdan tushayotgan bo’lsa, avtomobil motorining tortish kuchi topilsin.
2 .34. Gorizont bilan α=300 va β=450 burchak tashkil qilgan ikkita qiya tekislikning eng yuqori cho’qqisiga vaznsiz blok mahkamlangan (3-rasm). Og’irliklari P1= P2=1 kG bo’lgan A va B toshlar bir-biriga ip bilan birlashtirilib, blokka osilgan. 1) Toshlarning harakat tezlanishi, 2) ipning taranglik kuchi topilsin. A va B toshlarning qiya tekisliklarga ishqalanishi, xuddi shuningdek blokdagi ishqalanish hisobga olinmasin.
2.45. Avtomobilning og’irligi N. Avtomobil harakatlana-yotganda unga o'z og’irligini 0,1 qismiga teng bo’lgan o'zgarmas ishqalanish kuchi ta'sir qiladi. Avtomobil 0,5 km masofada o'z tezligini υ1=10 km/soat dan υ2=40 km/soat gacha oshirishi uchun, uning dvigateli qancha miqdorda benzin sarf qiladi? Dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti 20%, benzinning issiqlik berish qobiliyati j/kg ga teng.
2.75. Og’irligi 3 kG bo’lgan jism 4 m/sek tezlik bilan harakatlanib xuddi shunday og’irlikdagi qo'zg’almas jism bilan to’qnashadi. To’qnashishni markaziy va elastikmas hisoblab, urilishda ajralib chiqqan issiqlik miqdori topilsin.
2.97. 60 sm uzunlikdagi chilvirga bog’langan suv to'ldirilgan chelakcha vertikal tekislikda tekis aylantirilmoqda. 1) Eng yuqorigi nuqtada chelakchadagi suv to'kilib ketmasligi uchun, chelakcha aylanma harakatining eng kichik tezligi, 2) shunday tezlikda aylananing eng yuqorigi va pastki nuqtalaridagi chilvirning tarangligi topilsin. Suvli chelakchaning massasi 2 kg.
4-ilova
Amaliyot mashg’ulot xulosasi
Amaliy mashg’ulotlar davrida talaba ma’ruzadan olingan ilgarilanma va aylanma harakat kinematikasiga doir ma’lumotlarni mustahkamlaydi, uni o’zaro fikr yuritish yo’li bilan ishlab chiqarishga, texnika-texnologiyada joriy etishga amalga oshirish uchun fikr doirasini kengaytiradi va mustaqil masala yechishni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |