landsementli betondan kam. Dastlabki kunlarda bu sementlarning
qotishi sekinlik bilan borishiga qaramasdan 28 kun ichida betonning
mustahkamligi portlandsement mustahkamligiga yetadi. Buyumlarga
issiq bug' bilan ta ’sir etilganda bu sem entlar betonning tez
qotishini ta’minlaydi.
Pussolan sement bilan toshqolli portlandsementning markalari
portlandsementning markasiga o'xshash: 300, 400 va 500.
Bu tur portlandsementlar oddiy portlandsementga nisbatan
kamroq issiqlik chiqaradi, chunki ularning tarkibida gidratlanish
vaqtida issiqlik chiqaradigan klinker oz miqdorda bo'ladi. Bu
portlandsementlar kam issiqlik chiqargani uchun ularni betonning
yorilishidan xavfsiramay, beton konstruksiyalarda va yaxlit beton
inshootlarida bemalol ishlatish mumkin.
Erkin ohak pussolan bilan toshqolli portlandsement tarkibida
Do'stlaringiz bilan baham: |