To'rt kalsiyli alyumoferritning gidrolizi natijasida ham uch
kalsiyli gidroalyuminat hosil bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra sulfatlar
ta’siriga turg'un bo'lgan portlandsementda alyuminatli tarkibiy
qismlarning hammasi 22 % dan ko'p bo'lmoqligi lozim:
(3CaO • Al20 3+4Ca0 • AI20 3 • Fe20 3).
Portlandsem entlarda uch kalsiyli silikat ko'p miqdorda
bo'lganda sem entning suv va sulfat ta’siriga turg'unligi kamayadi.
Gidroliz vaqtida undan erkin kalsiy oksid gidrati ajralib chiqadi,
bu gidrat juda eruvchan bo'lganligidan betondan yuvilib chiqib
ketadi. Shunga ko'ra, sulfat ta’sirida turg'un portlandsementda uch
kalsiyli silikat miqdori standartda ko'rsatilganidek, 50% dan
oshmasligi shart.
Oddiy portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi qanday
bo'lsa, sulfat ta’siriga turg'un portlandsement ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |