Plastifikatsiyalangan sementdan tayyorlangan beton zich,
sovuqqa chidamli va kam suv o'tkazuvchan bo'ladi. Bunday sement
ishlatilganda 10% gacha bog'lovchi material tejaladi.
Plastifikatsiyalangan sement 300, 400, 500, 600 markalarda
chiqariladi.
Portlandsement ochiq havoda ko‘p qolib ketsa, uning markasi
kun savin pasayib boradi, chunki havodagi namlik sementdagi
minerallar bilan qisman birikadi. Buning uchun sement klinkerini
tuyish jarayonida uning 0,1—0,25 % miqdorida mahsus gidrofob
moddalar qo'shiladi. Bunday qo'shilmalar sifatida quyidagi moddalar
ishlatilishi mumkin:
— atsidol 0 ,08—0,12 % miqdorda;
— atsidol — milonaft 0,08—0,12 % miqdorda;
— milonaft, sement massasidan 0,1—0,25 % miqdorda;
— o lein kislota yoki oksidlangan petrolatum, 0 ,0 6 — 1 %
Do'stlaringiz bilan baham: |