Yog`lar almashinuvi.
Barcha yog`lar ham hujayra organlari tarkibiga kirib, plastik va energetik qimmatga ega. Odam tanasining 10-20 % yog`dan iborat bo`lib, semirishda bu ko`rsatgich 50 % gacha bo`ladi.
Ichaklarda yog` asosan limfa suyuqligiga va qisman qonga so`riladi.
Yog`lar almashinuvida jigar katta rol o`ynaydi, uglevodlar ko`plab iste`mol qilinganda ular jigarda qayta yog`ga aylanadi. Gipotalamusda yog` almashinuvini boshqaruvchi maxsus markazlar joylashgan.
Yog`lar almashinuvida ta`sir etuvchi gormonlarga-gipofiz, qalqonsimon bez, jinsiy bez va oshqozon osti bezining gormonlari kiradi. Masalan, oshqozon osti bezining gormoni-insulin uglevodlardan yog` hosil bo`lishida qatnashadi yoki jinsiy bezlar, gipofiz va qalqonsimon bezlar funktsiyasi susayganda odamning semirib ketishi ro`y beradi.
Uglevodlar almashinuvi.
Uglevodlar asosan energetik manba hisoblanadi. Barcha uglevodlar oddiy va murakkab formada bo`ladi. Oddiy uglevodlarga monosaxaridlar kirib, ular glyukoza va uzum shakari ko`rinishida bo`ladi. Monosaxaridlar suvda eriganda polisaxaridlar ko`rinishda bo`ladi. Polisaxaridlarga-glikogen, kraxmal, tsellyuloza kiradi. Di va polisaxaridlar monosaxaridlargacha parchalangandan keyingina qonga so`rilishi mumkin. Uglevodlar organizmga o`simlik mahsulotlari va qisman hayvon mahsulotlari bilan kiradi. Bundan tashqari, oqsillar va uglevodlar yog`lar parchalanishidan ham hosil bo`lishi mumkin.
Uglevodlarning qon tarkibida 40-50mg/% tushishi nerv sistemasi ishini yomonlashishiga olib keladi. Bunday vaqtda ko`pincha vegetativ nerv sistemasi faoliyati buzilib rang oqarish, bosh aylanishi va hushdan ketish holatlari bo`ladi.
Organizmda uglevodlarning bir turidan ikkinchi turga aylanishi.
Ovqat tarkibida asosan, murakkab uglevodlar bo`lib, ular ichakda glyukozagacha parchalanib qonga so`riladi. Agar glyukoza qonda ko`paysa uning 1 qismi jigar va musukllarda zapas uglevod-glikogenga aylanadi. Jigarning 10%, muskullarning 2 % glikogen. Kishi och qolganda, jismoniy ish qilganida zapas glikogen parchalanib glyukozaga aylanadi va shu tufayli qonda glyukoza miqdori birday saqlanadi.
Qonda glyukoza miqdori 70% bo`lsa-gipoglikemiya, 125% dan oshsa-giperglikemiya deyiladi. Odatda qonda glyukoza miqdori oshib ketsa, u siydik bilan chiqarila boshlaydi, buni glyukozuriya deyiladi.
Bajariladigan jismoniy ish bilan qabul qilinadigan uglevodlar orasida muhim bog`lanish bor. Uglevodlar almashinuvining nerv sistemasi orqali boshqarilishini birinchi bo`lib Klod Bernar aniqlagan.
Insulin gormoni ko`p ajralganida qondagi shakar glikogenga aylanib jigar va muskullarda to`planadi, adrenalin ko`payganda buning teskarisi kuzatiladi. Yana uglevodlar almashinuvida qalqonsimon bez va buyrak usti bezlarining qobiq qismi gormonlari qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |