Vitaminlar va mikroelementlarning organizmdagi ahamiyati.
Reja:
1. Organizmda oqsillar parchalanishi.
2. Organizmda uglevodlarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi.
3.Vitaminlar va ularning bola organizmi uchun ahamiyati.
Oqsillar almashinuvi.
Organizmda moddalar almashinuvi muhim protsess bo`lib, u asosan tiriklik belgisidir.
Oqsillar yoki proteinlar organizmda ikki xil funktsiyani bajaradi, yani qurilish materiali hamda energiya beruvchi manba sifatida. Oqsillarning plastik material funktsiyasi-barcha hujayralar va organlar oqsillardan tuzilgan. Ikkinchidan, oqsillarning ximiyaviy parchalanishi tufayli organizm kerakli energiya bilan taminlanib turadi. Har bir to`qima tarkibidagi oqsillar iste`mol qilingan oziq moddalar hisobiga yangilanib turadi. Oqsillar tarkibi jihatidan 20 xil aminokislotalardan iborat bo`lib, shundan 10 tasi to`la qimmatli, qolgan 10 tasi qimmatsizdir.
Tarkibida sintez protsesslari normal borishi uchun zarur aminokislotalar bo`lsa, bunday oqsillar to`la qimmatli oqsillar, birortasi bo`lmasa, yoki juda kam bo`lsa, bunday oqsillar to`la qimmatsiz oqsillar deyiladi. To`la qimmatsiz oqsillar hujayra va to`qimalarning doimiy ravishda yangilanib turishi uchun yaroqsizdir.
To`la qimmatli oqsillar, go`sht tuxum, baliq, ikra, sut tarkibida bo`lsa, to`la qimmatsiz oqsillar asosan o`simlik mahsulotlarida uchraydi.
Organizmda oqsillar parchalanishi.
Oqsillar doimo parchalanib turadi, uning tezligi ovqat bilan qabul qilib turiladigan oqsillar va yog`lar miqdoriga bog`liqdir.
Agar organizmda uglevodlar va yoglar yetarli darajada qabul qilinib, oqsil umuman qabul qinlamaganida ham tiriklikni saqlab qolish uchun oz miqdorda bo`lsa ham oqsil parchalanib turadi. Oqsilning shunday har 1 kg massagacha nisbatan minimal miqdorda sarflanishi M. Rubner tomonidan hisoblanib, bu miqdor 0,028-0,065 gr azotga teng.
Azot balansi.
Organizmga ovqat bilan kirgan azot miqdori organizmdan chiqqan azot miqdoriga teng bo`lsa, bunday fiziologik holat azot muvozanati deyiladi. Azot muvozanatiga erishilib, organizmga kiritilgan oqsil miqdori oshirilsa, organizmda tezda yana azot muvozanati qaror topadi, lekin endi oqsil ko`proq iste`mol qilinadi va parchalanadi. To`qima oqsili parchalanganda va o`zlashtirilganda oqsillar dezaminlanganda hosil bo`lgan azotli moddalar chiqarib tashlanadi. Natijada organizmda o`zlashtirilgan va undan chiqarilgan azot miqdori tahminan tenglashadi. Balans esa nolga teng bo`lib qoladi.
Ba`zi fiziologik sharoitlarda azot balansi musbat bo`lib qoladi, ya`ni organizmda azot ushlanib qoladi. Bunga azot retentsiyasi deyiladi. Azot retentsiyasi o`sayotgan organizmlarda, homiladorlik davrida qorindagi bolaning o`sishi natijasida qayd qilinadi. Oqsillar parchalanishi natijasida asosiy moddalar mochevna, ammiak, siydik kislatasi va keratin, keratinin ajralib, ular siydik va ter orqali chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |