Moddalar almashinuvining o’zaro bog’liqligi. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism


Gipotalamusning tanadagi haroratni boshqarishdagi roli



Download 0,62 Mb.
bet12/13
Sana13.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#662432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14 MAVZU

Gipotalamusning tanadagi haroratni boshqarishdagi roli. Tana haroratini doimiy saqlashda MAT yetakchi rol o‘ynaydi. Bu vazifani bajarish uchun MAT tashqi va ichki harorat to‘g‘risida doimo ma’lumot olib turishi zarur. Terida, teri va teri ostidagi tomirlarda va MAT ning o‘zida joylashgan issiqlik va sovuqni sezuvchi termo-retseptorlar harorat o‘zgarishining darakchisi sifatida xizmat qiladi. Sovuqni sezuvchi retseptorlarda vujudga keladigan impulslar soni 20-300S haroratda maksimal chastotaga ega, issiqni sezuvchi retseptorlar esa harorat 38-430S bo‘lganda maksimal miqdorda impulslar hosil qiladi. Terida tez sovuqni sezuvchi retseptorlarda paydo bo‘ladigan impulslar soni keskin kamayadi, tez isib ketsa impulslar siyraklashadi, umuman yo‘qolish ham mumkin. Issiqni sezuvchi retseptorlaring harorati shu tarzda o‘zgarishiga javobi teskari bo‘ladi: teri sovuganda, ulardan markazga intiluvchi impulslar soni kamayadi, isiganda juda ko‘payadi. Markaziy termoretseptorlar gipotalamusning prioptik soxasida, oraliq miyaning to‘rsimon formatsiyasi va orqa miyada joylashgan. Gipotalamik neyronlarning harorat o‘zgarishlariga sezgirligi ularni bevosita ta’sirlash yo‘li bilan isbotlangan. Maxsus asboblar yordamida pri-optik soha harorati 0,410S ga oshirilsa, organizmda haroratning doimiyligini saqlashga qaratilgan o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunda periferik tomirlar, malasan, quloq suprasi tomirlari kengayadi. Gipotalamus jaroxatlansa organizm o‘z haroratini domiyligini saqlash qobiyalitini yo‘qotadi. Bosh miya po‘stlog‘i, ko‘ruv do‘mboqlari, targ‘il tana va tuzil-malarning shikastlanishi bunday o‘zgarishga olib kelmaydi. Shuning uchun ham bu ma’lumotlar gipotalamusni izometriya boshqarilishining markazi deb xisoblashga asos bo‘ladi. Ushbu markaz neyronlarning bir qismi issiqlik hosil bo‘lishiga ta’sir qilsa, ikkinchi qismi issiqlik yo‘qotishiga ta’sir ko‘rsatadi. Gipotalamusning dum qismi issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Ushbu markaz shikastlansa odam ular sovuqqa moslasha olmaydilar. Gipotalamusning oldingi qismi faqat fizik xarorat bosh-qariluvini nazorat qiladi. Miyaning bu qismi olib tashlansa issiqlik yo‘qotish mexanizmlari shikastlanadi. Bunday jarroxlikka uchragan xayvonning tana harorati issiq sharoitda keskin ko‘tarilib ketadi. Issiqlik hosil bo‘lishi va yo‘qotilishini nazorat qiluvchi markazlarning uyg‘un faoliyat ko‘rsatishi tana harorati doimiyligini ta’minlaydi.
Komfort sharoitda issiqlik muvozanatini ta’minlash uchun issiqlikni idora qiladigan mexanizmlar ishga tushmaydi. Harorat termoneytral soxadan past bo‘lsa peri-ferik termoretseptorlaring qo‘zg‘alishi kuchayadi. Ulardan gipotalamusga yetib kelgan yuqori chastotali afferent impulslar issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi mexa-nizmlarni ishga tushiradi. Bundan tashqari, bu sharoitda gipotalamus SAT tonusini oshirib, teri va teri osti qon tomirlarini toraytiradi. Buning natijasida issiqlikni yo‘qotish kamayadi.
Izotermiyani gipotalamus boshqarishida ichki sekretsiya bezlari ham bu ishga jalb qilinadi: qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari bu ishga eng faol ishtirok etadigan bezlardan hisoblanadi. Sovuq sharoitda tireoid gormonlarning qondagi miqdori ko‘payadi. Bu gormonlarning asosiy fiziologik xossasi – moddalar almashivuni tezlashtirishdan iborat. Buyrak usti bezlarining sovuq havoda tana haroratini boshqarishdagi ishtiroki, mushak va ba’zi bir boshqa to‘qimalarda issiqlik ajralishini tazlashtiruvchi va teri tomirlarini toraytirib, issiqlik yo‘qotishni kamaytiruvchi adrenalinning qonga o‘tishini tezlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Gipotermiya va gipertermiyada odam organizmi qisqa vaqt davomida o‘ta issiq va sovuq haroratlarda ham o‘z faoliyatini saqlab qola oladi. Ammo favqulotdagi haroratning ta’siri uzoq vaqt davom etsa, tana harorati ko‘tarilib yoki pasayib ketadi, ya’ni gipertermiya va gipotermiya xolatlari rivojlanadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish