Tana haroratini boshqarish (termoregulyatsiya). Organizmda uzluksiz ravishda issiqlik ishlab chiqariladi bu issiqlik to‘qimalarga ma’lum harorat baxsh etadi. Tananing turli qismlarida hosil bo‘ladigan issiqlikning miqdori teng emas. Odamning ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolari tana massasining 6%ni tashkil qilgani bilan, ishlab chiqarilgan issiqlikning 56% ni beradi. Uncha katta bo‘lmagan bosh miyada umumiy issiqlikning 16% hosil bo‘ladi. Tana-ning ichki qismida issiqlik uzuluksiz ishlab chiqarilishiga qaramasdan, uning harorati ko‘tarilib ketmaydi. Chunki bu issiqlikni periferiyadan ancha sovub kelgan qon ichki a’zolardan o‘tish paytda o‘zi bilan olib ketib tana yuzalariga yetkazadi. Tana harorati 370S, kun va tun davomida 0,5 – 10S atrofida o‘zgarib turadi. Kunning ikkinchi yarmida, soat 16 - 18 larda harorat eng yuqori, tong otishidan oldin, soat 4 da eng past nuktalarda bo‘ladi. Tananing chet qismlarida harorat ancha past, o‘zgaruvchan va tashqi muhit haroratiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Tana magizi harorati doimiyligini (izotermiyani) saqlash anchagina murakkab. Bu mexanizmlarning izotermiya ta’minotiga jalb etilishi tashqi muhit haroratiga bog‘liq. harorat termoneytrlar sohada bo‘lganda (juda soddalashtirib aytganda odam haroratning issiq yoki sovuqligini xis qilmaganda), termoregulyatsiya mexanizmlariga eng oz yuk tushadi. Yengil kiyim kiygan odam uchun havo namligi 50% bo‘lganda, termoneytral (komfort) harorati 25-260S bo‘ladi. Bu sharoitda organizm yo‘qotadigan issiqlik miqdori ishlab chiqarilgan issiqlik miqdoriga teng. Muhit harorati termoneytral soxadan past bo‘lsa, izotermiyani saqlash uchun qo‘shimcha issiqlik hosil qilish kerak. Bunga: 1) harakatlarni ixtiyoriy ravishda jadallashtirish (issiqlik 60 - 80% ga oshadi; 2) beixtiyor tonik yoki ritmik mushak qisqarishlari faolligini oshirish (titrash, qaltirash) (issiqlik hosil bo‘lishi 200% gacha ko‘payadi); 3) almashinuv jarayonlarini jadallashtirish (titroqsiz termonegez). Bunday termogenezni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va sovuqqa moslashgan hayvonlarda kuzatiladi. Bu qo‘shimcha issiqlik qo‘ng‘ir yog‘da ko‘proq hosil bo‘ladi, chunki qo‘ng‘ir yog‘ to‘qimasida mitoxondriyalar ko‘pligi bunga sabab bo‘ladi. qo‘ng‘ir yog‘ to‘qimasi kuraklar oralig‘ida, qo‘ltiqning tagida, bo‘yinda ko‘proq joylashgan. Rangining qo‘ng‘ir-qoramtir bo‘lishi, yog‘ hujayrasida temirga ega bo‘lgan pigment - tsitoxromlarga bog‘liq va ular mitoxondriyaning ichki membranalarida joylashgan bo‘ladi.
Tana harorati doimiyligini saqlash uchun issiqlik muvozanatiga erishish zarur: organizmda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori yo‘qotilgan issiqlik miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Bunga issiqlikning idora etilishini fiziologik mexanizmlari yordam beradi. Ular fizik va kimyoviy boshqarish mexanizmlariga ajratiladi. Kimyoviy xarorat boshqariluvi sovuq harorat ta’siriga javoban organizmda issiqlik hosil qilishini kuchaytirishdan iborat. Fizik xarorat boshqariluvi tanadan issiqlikni ajralishi jadalligini o‘zgartirish yo‘li balan amalga oshiriladi. Tashqi muhit harorati yuqori bo‘lganda fizikaviy xarorat boshqariluvi ahamiyati kuchayadi. Fizik xarorat boshqariluvi asosan issiqlikni yo‘qotishdan iborat. Tana issiqlikni: o‘tkazish, qonveksiya, nurlanish va bug‘lanish yo‘llari bilan yo‘qotishi mumkin. o‘tkazish tana biror narsaga tegib turganda (odam o‘tirganda, yotganda) ro‘y beradi. Bu yo‘l bilan tanaga tegib turgan jismning harorati teri haroratidan past bo‘lgandagina issiqlikni yo‘qotish mumkin. Agar teri harorati atrofdagi havo haroratidan yuqori bo‘lsa, xavoning teriga yaqin qavati isiydi, tana yuzasidan ko‘tarilib, issiqlikni o‘zi bilan olib ketadi. o‘rniga sovuqroq havo keladi, jarayon yana boshidan boshlanadi. Bu jarayonni konveksiya deb ataladi. Konveksiyani shakllovchi, unga asosan ta’sir qiluvchi omil – terining o‘rtacha harorati va atrofdagi havo harorati o‘rtasidagi farq va havoning harakati. Teri tegib turgan havo harorati qancha tez yangilansa, issiqlik yo‘qotish shuncha samarali bo‘ladi. Nurlanish ham atrofdagi havo harorati tana haroratidan past bo‘lganda qo‘zg‘aladi. Tana boshqa issiqlik jismlar kabi uzun to‘lqinli infra qizil nurlar tarqatadi va shu yul bilan energiya yo‘qotadi. Suvning bug‘ga aylanishi ko‘p miqdorda issiqlik energiyasini talab qiladi. Bir gramm suvni bug‘latish uchun 584 kal kerak. Agar 1g suvni 00S dan qaynash nuqtasigacha isitish uchun hammasi bo‘lib 100 kal zarur bo‘lishini xisobga olinsa, suvni bug‘latish uchun sarflanadigan energiya miqdorining qanchalik ko‘p bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Issiqlik sharoitda odam organizmi teri yuzasidan suvni buglatish yo‘li bilan issiqlik yo‘qotadi. Kamfort sharoitda odam terisining o‘rtacha harorati 33 - 340S da atrofida bo‘ladi. Xavo harorati bundan yuqori bo‘lsa, o‘tkazish, qonveksiya va nurlanish yo‘li bilan issiqlik yo‘qotilmaydi. Aksincha, atrof muhit harorati teri haroratidan yuqori bo‘lganda tashqi muhit organizmni o‘tkazish, qonveksiya va nurlanish tufayli isitadi. Bunday sharoitda organizm o‘zi hosil qilgan issiqlik bilan bir qatorda tashqaridan qabul qilingan issiqlikni ham yo‘qotishi kerak. Bunga faqat terlash, terdagi suvni bug‘latish yo‘li bilan erishish mumkin. Bunda teri qon tomirlarini kengayishi terlashni jadalashishida muhim rol o‘ynaydi. havo issiq bo‘lganda bir kunda 10l dan ko‘p ter ajralishi mumkin. haroratni boshqarish uchun zarur bo‘lgan ter bilan organizm ko‘p miqdorda tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalarni yo‘qotadi.
Kun sovuq bo‘lganda issiqlik yo‘qotilishini kamaytiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Teri qon tomirlari, asosan, arteriolalar torayadi. Terining tashqi qatlamidan oqib o‘tadigan qon miqdori kamayadi, teri sovub, o‘tkazish, qonveksiya, nurlanish, bug‘lanish natijasida yo‘qotiladigan issiqlik miqdori kamayadi. Ichki a’zolari va teri tomirlari o‘rtasida qonning qayta taksimlanishi va sovuq sharoitda tana mag‘zi harorati doimiyligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |