Moddalar almashinuvining o’zaro bog’liqligi. Reja: I. Kirish: II. Asosiy qism



Download 0,62 Mb.
bet2/13
Sana13.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#662432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14 MAVZU

Organizm va tashqi muhit. Har qanday organizm yashash uchun muayyan sharoitga muhtoj. Muayyan turdagi organizm o‘zining evolyutsion rivojlanish yo‘lida qaysi hayot muhitiga moslashgan bo‘lsa, o‘sha muhit hayot sharoitini o‘ziga muhayyo qilib beradi. Organizm moddiy va energetik sarflarini to‘ldiradigan oziqani olishi uchun tashqi muhit imkoniyat bergandagina va organizm o‘zi uchun zarur suvli yoki havoli muhitda yashab, ma’lum xarorat, barometrik bosim, yorug‘lik intensivligi va spektri va shu kabilar mavjud bo‘lgandagina organizmning funksiyalari mo‘‘tadil ravishda ro‘yobga chiqishi mumkin.
Turli organizmlarning sanab o‘tilgan tashqi muhit omillariga moslashish shakllari va muhit bilan o‘zaro munosabatlari g‘oyat turlichadir. Masalan, hayvon organizmlari organik oziq moddalarga muhtoj bo‘ladi va anorganik moddalardan murakkab organik birikmalarni sintezlay olmaydi. Yashil o‘simliklar esa, aksincha fotosintez davomida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay oladi. hayvon va o‘simlik organizmlarning tashqi muhitga munosabatidagi shu tafovut borligidan, tirik tabiatda moddalar aylanib turadi.
O‘simlik organizmlari ildizlari orqali tuproqdan anorganik azotli birikmalardan (ammiak, selitra) ni olib, azotli oqsil moddalarni sintezlaydi. hayvon organizmlari esa anorganik azotli birikmalaridan oqsillarni sintezlay olmaydi. hayvon hujayralarida oqsillar faqat ovqat bilan olinadigan aminokislotalardan yaratiladi. Hayot faoliyati jarayonida dezominlanish va dekarboksillanish natijasida aminokislotalar doimiy ravishda parchalanib, oddiyroq azotli birikmalar (ammiak, mochevina va b.) hosil bo‘lib turadi. o‘simliklar va ba’zi mikroorganizmlar oqsil birikmalarini sintezlash uchun o‘sha oddiyroq azotli birikmalardan foydalanadi.
Ko‘pchilik hayvonlarning hujayralari aeroblardir, ya’ni ular oziq moddalarning suv va karbonat angidridgacha oksidlanishi uchun zarur bo‘lgan molekulyar kislorodga muhtoj bo‘ladi, bu gaz organizmga tashqi muhitdan kirib turadi. Ba’zi organizmlar anaeroblardir, ular erkin kislorodga muhtoj bo‘lmaydi va undan foydalanmaydi, erkin kislorod ularga hatto zarar qiladi. Ular hayot faoliyati uchun zarur energiyani oziq moddalarni anaerob (kislorodsiz) sharoitda parchalash yo‘li bilan oladi.
Turli organizmlarning harorat, barometrik bosim, havo namligi va suvli muhitdagi elektrolitlar miqdoriga munosabati turlicha. Masalan, organizmlarning ba’zi turlari faqat daryo va ko‘llarning chuchuk suvida yashay oladi (chuchuk suvdagi tuz miqdori 0,1% dan oshmaydi), boshqa organizmlar esa faqat dengiz suvida yashaydi (dengiz suvi-ning tarkibida 3% ga yaqin elektrolit bor).
Tashqi muhitning har xil o‘zgarishlari: oziq moddalarning miqdori va tarkibi havo tarkibi - kislorod va karbonat angidirid, suvdagi elektrolitlar tarkibi va miqdori, harorat va barometrik bosim, yorug‘likning spektri va intensivligining o‘zgarishi, shuningdek muhitda zaharli moddalar borligi radioaktiv nurlanish va shu kabilar fiziologik funksiyalarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillarning ba’zilari fiziologik jarayonlarni kuchaytiradi boshqalari esa, aksincha susaytiradi va orga-nizimni halokatga olib keladi.
Organzimning hayot faoliyati tashqi muhitning ma’lum sharoitdagina normal borishi mumkin. Bu sharoit o‘zgarishning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegarasi uncha katta emas, ya’ni sharoit bir qadar domiy bo‘lishi shart. Shu bilan birga, yuksak hayvonlar toqat qila oladigan tashqi muhit sharoitining o‘zgarish chegarasi undagi aksari hujayralarning normal ishlashi uchun zarur chegaradan ancha kengligini nazarda tutish lozim. Bunga sabab shuki, organizm hujayralari tashqi muhitga nisbatan ozroq o‘zgarib turadigan ichki muhitda ichki muhit - qon, limfa va hujayralarni yuvib turadigan to‘qima suyuqligi faoliyat ko‘rsatadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish