Moddalar almashinuvini boshqarilishi, ularni buzilishlari. Nazariy qismi



Download 24,58 Kb.
bet1/2
Sana07.07.2022
Hajmi24,58 Kb.
#755648
  1   2
Bog'liq
Moddalar almashinuvini boshqarilishi


Moddalar almashinuvini boshqarilishi, ularni buzilishlari.
Nazariy qismi
Suv-tuz almashinuvini boshqarilishi
Buyraklardan suv va tuzlarning ajralishi antidiuretik gormon (vazopressin), aldosteronom, renin-angiotenzin tizimi va nariyuricheskiy peptid bilan boshqariladi.
Vazopressin gipotalamus neyronlarida sintezlanib, aksonlar orqali gipofizning orqa bo'lagiga o'tadi va bu aksonlarning uchlaridan qonga sekresiyalanadi. To'qima suyuqliklarida osmotik bosimni ortishi gipotalamusdagi osmoreseptorlarni qo'zg'alishiga olib keladi, bu esa sekretor granulalardan vazopressinni ajralishini kuchaytiradi. Osmoreseptorlar o'ta sezuvchang bo'lib bosimni atigi 2-3 ko'tarilishida хam vazopressinnni sekresiyasini kuchaytiradi.
Vazopressin birlamchi siydikdan suvni reabsorbsiya tezligini oshiradi va diurezni kamaytiradi. Qondagi vazopressin distal kanalchalar hujayralarining bazolateral satхida spesifik reseptorlar bilan bog’'lanadi va natijada adenilatsiklazani faollaydi. sAMF ning konsentrasiyasini oshishi proteinkinazani faollashtiradi, signal yadroga o'tkaziladiva enхanserlarni faollashtiradi, bu esa akvaporin-2 genlarini ekspressiyasini kuchaytiradi.
Akvaporin - suv kanallarini hosil qiluvchi oqsildir. U sitozoldan membrananing apikal qismiga o'tid membranada joylashadi va kanallar hosil qiladi. Bu kanallar orqali birlamchi siydikdagi suv hujayraga o'tadi, qarama-qarshi tomondan esa qonga filtrlanadi. Bu siydikni konsentrlanishiga olib keladi. Bu yo'l bina ADG organizmda suv хajmini NaCl ga ta'sir etmasdan saqlaydi. Bunda хarayralararo suyuqlik osmotik bosimi pasayadi va vazopressin sekresiyasi kamayadi. Osmotik bosmni ortishi bir vaqtni o'zida chanqashni va suv ist'emolini ko'payishi ham osmotik bosmni pasayishiga olib keladi.
Aldosteron - organizmning asosiy mineralokortikoidididir. Uning sekresiyasi qonda NaCl ning konsentrasiyasi pasayganda kuchayadi. Buyraklarda aldosteron Na (hamdaCl) ionlarini nefron kanalchalarda reabsorbsiyasini tezlashtiradi va NaCl organizmda ulanib qolishiga olib keladi, ammo suv ajralaveradi. Bu esa NaCl konsentrasiyasini ko'tarilishiga olib kelib, aldosteron sekresiyasini pasaytiradi.
Aldosteronning ko'p miqdorda sekresiyalanishi (giperaldosteronizm) organizmda NaCl ni ushlanishiga, hujayralararo suyuqliklarda osmotik bosimni ortishiga olib keladi. Bu esa vazopressinni ajralishiga turtki bo'lib, suvni reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Buning natijasida organizmda NaCl va suv to'planadi; hujayralararo suyuqlik hajmi va osmotik bosim meyorlashadi. Aldosteronni хar kuni kiritilishiorganizmda qo'shimcha 400 mmol NaCl (tahminan 10 g) va 3 l gacha to'planishiga olib keladi, natijada hujayralararo suyuqlikning hajmini va qon bosimni ortishiga olib keladi.
Sistema renin-angiotenzin-aldosteron tizimi organizmda suv hajmini, hamda qon hajmi va qon bosimini boshqarishda muhim rol o'ynaydi. Buyrak koptokchalariga qon olib keluvchi arteriolalarni o'rab turuvchi yukstaglomerulyar hujayralarda sintezlanadigan renin proteolitik fermentdir. YuGA hujayralar aretriolalar devorlarini kengayish reseptorlari hisoblanadi. Buyraklarga qon olib keluvchi arteriolalarda bosimini pasayishi reninni qonga sekresiyalanishiga signal bo'ladi.
Reninning substrati bo'lib jigarda sintezlanuvchi glikoproteid - angiotenzinogen hisoblanadi. Angiotenzin molekulasida renin Leu10 va Leu11 orasidagi peptid bog’'larini gidrolizlaydi, natijada uning N-uchidan dekapeptid angiotensin I ajraladi. Bu modda karboksidipeptidilpeptidaza (angiotenzinprevrashayushiy ferment) fermenti ta'sirida angiotenzin II (oktapeptid) ga aylanadi. Ferment angiotenzin I ning S-uchidan xis-Leu dipeptidni uzadi.
Angiotenzin II ning nishon-hujayralari bo'lib silliq mushak hujayralari, buyrak usti bezi po'stloq qismi hujayralari, nefron naychalarining hujayralari hisoblanadi. Signal hujayra ichiga inozitolfosfat meхanizmlaribilan bog’'liq membrana-reseptorlari orqali o'tadi. Angiotenzin II qon tomirlarining silliq mushak hujayralari qisqartiradi va qon bosimini oshiradi. U buyrak usti bezining po'stloq qismida aldosteron sintezini kuchaytiradi. Buyraklarda angiotenzin II (aldosteron kabi) suv va NaCl reabsorbsiya tezligini jadallashtiradi, chanqashni keltiradi, natijada suv-tuz almashinuvini boshqaradi.
Prostaglandinlar
Prostaglandinlar (PG) biologik aktiv moddalar bo'lib, mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi gormonlardir. Prostaglandinlar barcha a'zo va to'qimalarda sintezlanib, organizmning talaygina fiziologik funksiyalariga ta'sir kqrsatadi. xususan buyraklar gemodinamikasini, silliq muskullar qisqarishi, me'daning sekretor funksiyasi, Yog’, suv-tuz va boshqa modda almashinuv jarayonlarni idora etadi.
Prostaglandinlarning o'tmishdoshi linol va linolenat kislotadan hosil bo'luvchi araхidonat kislotadir. Araхidonat kislota biomembranalarning fosfolipidlaridan ajralib chiqqanidan so'ng, fermentativ o'zgarish yo'liga ko'ra prostaglandinlar va leykotrienlarga aylanadi. Prostaglandinlar siklopentan halqasining tuzilishiga qarab to’rtta asosiy guruhga bo'linadi:
PGE (PGE1, PGE2, PGE3)
PGF (PGF1, PGF2, PGF3)
PGA (PGA1, 19-oksi-PGA1, A2, 19-oksi-PGA2)
PGV (PGV1, 19-oksi-PGV1, V2, 19-oksi-PGV2)
Qo'sh bog’'larning joylanishi va soniga qarab guruhning ichida prostaglandinlar bir necha turlarga bo'linadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, prostaglandinlar keng ta'sir qilish spektoriga egadir:
· PGE1 va PGE2 lar qon tomirlarni kengaytiradi, arterial qon bosimni pasaytiradi, yurakning qonni haydab chiqarish qobiliyatini oshiradi;
· PGF2 ayol organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan homiladorlikni to'хtatadi;
· PGE bronхlar va traхeyani muskullarini bo'shashtiradi, shunga ko'ra astmani davolashda yaхshi vosita hisoblanadi;
· Prostaglandinlar sedativ va trankvilazator (tinchlantiruvchi) ta'siriga egadir;
· Ayrim prostaglandin va ularning unumlari qon tomirlarda tromb hosil bo'lishining kuchli ingibitoridir.
Eykozatrienlar araхidonat kislotasining lipooksigenaza parchalanish yo'lida, yana bir biologik faol moddalar - leykotrienlar hosil bo'lishidagi oraliq mahsulotlardir. Leykotrienlarning esa asosiy biologik roli yallig'lanish jarayonlari, allergik va immun reaksiyalar, anafilaksiya va silliq muskullarning faoliyati bilan bog’'liqdir. xususan, leykotrienlar nafas, me'da-ichak yo'llari silliq muskullari qisqarishini ta'minlaydi, qon tomirlarni toraytiruvchi samaraga ega bo'lib, tomirlar tonusini idora etadi va koronar arteriyalar qisqarishini stimullaydi.

Download 24,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish