10-amaliy ish: Tuproq kartalari legendasini o’rganish
va ulardan na’muna tayyorlash
Men tahlil qilayotgan karta “O`zbekiston Milliy atlasi”ning 176-177-
betdagi “Tuproq xaritasi” bo`lib,bu karta 1:2500000 masshtabda tuzilgan va
4ta legendadan tashkil topgan.Bu kartaning legendasida balandlik mintaqa
tuproqlari,cho`l zonasi tuproqlari,tuproq kesimi, yer fondining asosiy tuproq
guruhlari foizlarda berilgan va tuproqlar asosiy genetik guruhlarning
viloyatlar bo`yicha taqsimlanishi ming ga tasvirlangan
Tuproq biogen
tuzilishga ega bo`lgan yerning ustki g`ovak qatlami bo`lib, u tabiatda
hayot
jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta'minlashda
muhim rol uynaydi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta'sirida tuproqda
organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqqa aralashgan
o`simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida
parchalanadi ya'ni chiriydi. Hosil bo`lgan bu chirindilar
esa tuproqdagi mineral
birikmalar bilan birga o`simlik tanasiga o`tadi va unda o`zaro reaktsiyaga kirishib,
yangi organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon
ozuqa sifatida foydalanadi. Kelajakda ular o`simlik, odam va
hayvon qoldiqlari
bilan yana tuproqqa qaytadi va yana parchalanish jarayoniga uchraydi. Shu asnoda
organik va mineral moddalar «tuproq-o`simlik-hayvon-tuproq» tizimidagi yopiq
zanjirda aylanib yuradi. Bu esa, o`z navbatida, tabiiy holda tuproq unumdorligining
saqlanib turishiga asos soladi.
Unumdor tuproq tabiatning bebaho boyligidir. Tuproqshunos olim V.V.
Dokuchayev o`z vaqtida, rus qora tuprog`i toshko`mirdan ham, neftdan ham,
oltindan ham qimmatliroqdir, deb yozgan edi. Darhaqiqat u tirik tabiatni oziq-
ovqat, dori-darmon va substrat bilan ta'minlaydigan yagona manbadir.
Tuproq paydo bo`lishida ona jins tog` jinslari hisoblanadi. Ularga issiqlik,
namlik, o`simlik va hayvonlar uzoq vaqt mobaynida ta'sir ko`rsatib nuratishdan
tuproq hosil bo`ladi. Tuproqning hosil bo`lishida ayniqsa issiqlik va namlik hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bu omillar jinsdagi o`simlik va
mikroorganizmlarning rivojlanishiga, u yerdagi biologik va
kimyoviy
jarayonlarning jadallashishiga va shu asosda jinsning yemirilishi tezlashishiga
yordam beradi.
1.Balandlik (tuproq) mintaqa tuproqlari.
Bu qismda asosan tuproqlarning genetik turlari tasvirlangan.
Tuproqlar asosiy genetic guruhlarning viloyatlar bo`yicha taqsimlanishi
(ming ga) yer fondining asosiy tuproq guruhlari (foizda)
Bu kartadan ko`rish mumkinki,genetik
turlar sifatli rang usulida
tasvirlangan. Masalan, Jizzax viloyaatidagi tuproqlarni olasak,Lyon va
lyossimon qumoqlarda kuchsiz va o`rtacha yurilgan,asosan o`rtacha va og`ir
qumoqli ba`zan toshloqli yurilmagan lalmi turoq bo`z tuproqlardan,-468,1
ming,ga och tusli va qo`ng`ir tuproqlar-27,3ming ga, to`q tusli bo`z
tuproqlar 269,7 ming ga maydonni tashkil etadi.
Bu ko`rsatkich O`zbekiston
Respublikasining maydoni bo
yicha
jigarrang tuproqlar bu turi 3,8 foizni tashkil etadi.
Issiq va iliq subtropik cho`l kichik zarrasi zonaga mansub bo`lgan ba`zi
joylari allyuvial-prolyuriy yotqiziqlardagi o`rtacha sho`rlangan odatda, onda-
sonda qumoqli,ba`zi joylari qumoqli,sho`rlanmagan va kuchsiz sho`rlangan
botqoqi-o`tloqi tuproqlar mavjud sug`oriladigan o`tloqi sar va o`tloqi
allyurial tuproqlar kartada yashil rang bilan ko`rsatilgan bunday tuproqlar
(Qoraqalpog`iston Respublikasida) O`zbekiston Respublikasi maydoning-
7,8% ni tashkil etadi.
Cho`l zonasi tuproqlariga mansub bo`lgan
shamolda uchuvchan qumli
cho`l tuproqlari maydonchalari bo`lgan yarim mustahkamlangan va
mustahkamlanmagan qumlar yurtimizning ko`pchilik hududlarida tarqoq
holatda tarqlganini kartadan ko`rishimiz mumkin.Bunday
qumlar
Qoraqalpog`iston Respublikasida-1085,1 ming ga,Buxoroda-592,7ming
ga,Navoiyda 753,2 ming ga,Surxandaryoda-22,1 ming ga, Xorazm viloyatida
esa 13,1 ming ga maydonni egallaydi va bunday qumlar yurtimiz
hududining 5,8%ini tashkil etadi.
Yer fondining asosiy tuproq guruhlari-jigarrang-3,8%ni,och tusli o`z
tuproqlar 4,9%ni, bo`z-o`tloqi tuproqlar-2,7%ni, sho`rxaklar esa 5,6%ni
boshqa yerlar 31,5%ni tashkil etadi.