MODDALAR ALMASHINUVI VA FUNKSTIYALARINI GORMONLAR ISHTIROKIDA IDORA ETILISHI
Oqsillar, uglevodlar va yog`lar almashinuvini boshqarilishini, Сa va Р almashinuvini boshqarilishini, qalqonsimon bez gormonlarn, jinsiy gormonlarni organizmda muhim o’ziga xos ahamiyatga ega. Ularning organizmda etishmasligi yoki ko’p xosil bo’lishi metabolizmning o’zgarishiga olib keladi, ba’zi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu bilimlarga ega bo’lish bo’lajak umum amaliyot shifokorlari faoliyatida bemorlarga tashhis qo’yish va ularni davolashda zarurdir.
5. Fanlararo va fan ichidagi bog`liqlik
Gormonlarni ahamiyati, sintezi va katabolizmi bilish talabalarning bioorganik kimyo, anatomiya, fiziologiya, gistologiya bo’yicha egallagan bilimlariga asoslanadi. Ushbu bilimlar patologik fiziologiya, patologik anatomiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, ginekologiya yo’nalishlarida kerak bo’ladi.
6. Mashg`ulot mazmuni:
6.1 Nazariy qismi
Oqsillar, lipidlar va uglevodlar almashinuvini boshqarilishida quyidagi gormonlar ishtirok etadi: insulin, adrenalin, glyukagon, kortizol.
Insulin plazmatik membrananing glyukoza va bir xil aminokislotalar uchun o’tkazuvchanligini oshiradi; jigarda va muskullarda glikogen sintezining tezlashtiradi; jigarda va yog` to’qimasida yog`larni sintezlaydi. Bu o’zgarishlar glyukozadan foydalanish uchun tezlashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, bunda asosiy nishon-a’zolar insulin uchun – jigar, muskul va yog` to’qimasi xisoblanadi. Insulinning glyukoza almashinuviga ta’siri geksokinaza fermenti orqali sodir bo’ladi, ammo yangi olingan eksperimental dalillar ionlarning va aminokislotalarning transport qilinishi, oqsil va boshqalar sintezi kabi jarayonlarning insulin tomonidan kuchayishi va stimulyastiya qilinishini mustaqil ekanligini ko’rsatadi. Bu esa insulin ta’sir qilinishining ko’p tomonlama ekanligini tahmin qilishga asos bo’ladi. Hozirgi vaqtda insulin va boshqa barcha oqsil tabiatli gormonlar birlamchi ta’sirining membranada joylashganligi ma’lumdir. Insulin mahsus resteptori yog` xujayralari tashqi plazmatik membranasida joylashgan, insulin-resteptor kompleksini hosil qiladi; bu jarayonda sial kislota ishtirok etadi. Insulin resteptori glikoprotein bo’lib, molekulyar og`irligi 135000 D atrofidadir. Yog` xujayralari va qisman jigar xujayralariga insulin axborotining o’tishida adenilatstiklaza va stAMF ishtirok etishi tahmin qilinmoqda; muskullarda gormon ta’siri stAMF ishtirokisiz o’tadi, chunki insulin ta’sirining xujayra-ichki vositachisi, maxsus xujayra ichki resteptori mavjudligini va insulin-resteptor kompleksining genom orqali ta’sir etishini qayd etishi lozim. Insulin ta’sirining amalga oshishida o’tkazilishida natriy, kaliyga bog`liq ATFaza ham muhim rol o’ynaydi (uning faolligini ham insulin boshqaradi) Bundan tashqari stAMF miqdori fosfodiesteraza tomonidan ham nazorat qilinadi, uning faolligini ham insulin belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |