O’simliklarda maxsus ajratmalar tizimining faoliyati. Maxsus ajratmalar ajratuvchi tuzilmalar asosan ikki xil tipda tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi sekretor tuzilmalarga temirsimon tukchalar (trixomalar), bezchalar (tuzli, hashorotxo’r o’simliklar), nektarchilar, osmoforlar, ya’ni gulning har xil qismlarida joylashgan va ularga turli xushbuy hidlarni beruvchi bezchalar, va gidatodlar misol bo’ladi.
Ichki sekretor tuzilmalarga idioblastlar (g’aroyib hujayralar bo’lib, ayrim qanaqadir moddalar yig’ilishiga xizmat qiladi va boshqa hujayralardan o’zlarining ulchamlari va ko’rinishi jihatidan farq qiladi) joylashtiruvchi va sutli bezchalar bilan farq qiladi.
O’simliklarda qandlarning ajratilishi maxsus ajratuvchilar-nektarchilar tufayli ro’y beradi. Nektarchilar o’simlikning turli qismlarida masalan, gullarida, barglarida, poyasida va boshqa joylarida joylashgan bo’lishi mumkin.
Nektarning ajralishi. Nektarchilarning anatomik tuzilishi xilma xildir. Ularning eng soddasi nektar ajratuvchi hujayralarni tutmaydi va hujayra oraliqlari maydonlaridan iborat bo’lib bir tomondan floema elementlariga ikkinchi tomondan esa barg og’izchalariga tutashgandir. Ushbu holatda nektar floema shirasi holatida bo’lganligi sababli barg og’izchalari tufayli ajraladi.
Nektar epidermialь hujayralar yoki sekretor tukchalar orqali ajraladi.
X.1-rasm. Nektarning sekretsiyasi va tashiluvining ehtimol bo’lgan sxemasi (U/ Luttge, N. Higinbotham, 1979) YeT-elaksimon trubka, YX-yo’ldosh hujayralar, PX-parenxima hujayralari, SHCHX-shira chiqaruvchi hujayralar, S-saxaroza, G-glyukoza, F-fruktoza
Nektar ko’p komponentli mahsulotdir. Ammo uning asosini bir muncha o’zgargan floema shirasi tashkil qiladi. Ammo floema shirasida saxaroza ko’p bo’lsa, nektar tarkibida odatda glyukoza, fruktoza va saxaroza ko’p bo’ladi. SHuningdek kichik miqdorda bo’lsa ham nektar tarkibida KQ, NaQ, Ca2Q, Mg2Q, PO43- kabi ionlar, ikki va uch karbon organik kislotalar, vitaminlar (askorbat, nikotinat kislotalari va boshq.), oqsillar, ayrim hollarda lipidlar ham uchraydi.
Nektarchilardagi qandlarning miqdori nektarchilarning tipiga, o’simliklarning turiga, namlikga va haroratga qarab 7-87% atrofida bo’lishi mumkin. Floral nektarniklar hashorotlarning reproduktiv ko’payishi uchun zarur bo’lgan steroid gormonlar tipidagi moddalar ham bo’lishi mumkin
Nektarning chiqishiga fotosintez mahsuldorligi katta ta’sir qiladi. Nektarning ajralishi uchun shu nektarchiga yaqin bo’lgan bargga assimilyatlarning tashiluvi muhimdir.Nektarchi to’qimalarida floema shirasi tarkibidagi qandlar glyukoza, fruktoza va boshqalarga aylanadi va ularga nektarchining kraxmalidan hosil bo’lgan qandlar qo’shiladi. Nektarchidan nektarning ajralishi ular to’qimalarining jadal kislorod yutilishi bilan borib, haroratga bog’liqdir. Nektarchidan nektarning chiqishi kislorod yetishmasligi, nafas olish zanjirining va oksidlanishli fosforlanishning ingibitorlari tufayli to’xtashi yoki sekinlashishi mumkin. Noqulay muhit sharoitida nektarchi to’qimalari nektar moddalari va uning birikmalarini ham yutishi mumkin.
Nektarning hosil bo’lishi va uning ajralishi jarayonlari yaxshi o’rganilmagan hol hisoblanadi. Faraz qilinadiki, uning tashiluvining birinchi xalqasi bo’lib tursimon naychalardan floema shirasining chiqishi xizmat qiladi. Nektar hosilalarining keyingi tashiluvi hujayra devorlari bo’ylab (apoplast bo’yicha) hamda plazmodesmalar orqali simplast bo’yicha bo’lishi mumkin.
Yopiq urug’lilarda floral nektarchilar mezozoy erasining bur davrida hosil bo’lgan deb qaraladi. Rangli gultojibarglar va xo’shbuy hid bilan birga nektar yopiq urug’lilar gullarining chetdan changlanishidagi entomofiliya hodisasida muhim o’rin tutgan deb qaraladi. Nektarning paydo bo’lishi o’simliklar va hayvonlar evolyutsiyasida alohida o’rin tutadi. Masalan, o’simliklar gullarining rang-barangligi, changlatuvchi hashorotlarning oziqlanish apparatining o’zgarishi va ularda ma’lum bir oziqlanish rejimining paydo bo’lishi shular jumlasidandir. O’simliklar gullaridan ajraluvchi nektar bilan bir qancha umurtqasiz hayvonlar vakillari, masalan, chumolilar, arilar va boshqa hashorotlar oziqlanadilar.
Nektar o’z tarkibida fitontsidlar tutgani va bakteriostatik xossasiga ega bo’lgani uchun zigota va uning hosilasini mikroorganizmlardan himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |