Moddadir. Shisha odatda



Download 267,65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi267,65 Kb.
#685798
Bog'liq
Shisha - Vikipediya



Shisha
Shisha
qattiq 
amorf
moddadir. Shisha odatda 
moʻrt
va 
shaffof
boʻladi.
Shisha
— tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy
oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va
boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan
hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir
trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq
holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum
tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik
xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli
yoʻnalishlari boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga
Yashil shishadan tayyorlangan 
kuldon
.


koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha,
xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush,
fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.
Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy,
germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi.
Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83),
surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Shishalar
maʼlum.
Galogenid Shisha berilliy ftorid VeGʻ2va rux xlorid 2pS12asosida olinadi.
Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi
(qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): silikat Shisha (8YU2), borat Shisha
(V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, (Oye02), borosilikat Shisha (V20, va 8YU2),
alyumosilikat Shisha (A1203va 8YU2).
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik
qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot
Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi,
navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan
saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik
Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O)
tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas.


oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha
va h.k. ishlab chiqariladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Shishasi sanoatda kremniy dioksid 8YU2asosida
olinadi. Me20p 8YU2(bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriysilikat
Shisha ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va
boshqalar sanoat Shishalari asosini №20—SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar
tashkil etadi. Bu oksidlardan tashqari ular tarkibiga Shishaiing kristallanishga moyilligini
susaytiruvchi M§0 va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining
kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan.
shahrining xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning
shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik shahriniki esa 99,95% gacha).
Shisha moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang 
Vulkan shishasi
). Sunʼiy
shishaning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan
Стеклянная гора вулкана Лечебного озера (
inglizcha
: Medicine Lake Volcano). 
Калифорния
. Фото Джулии
Доннелли-Нолэйн (USGS)
Moldavit. Meteorit tushishidan hosil bõlgan mineral. Besednitse. 
Chexiya


yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida
shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan.
Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan.
Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga
qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va
kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol
koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal
qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr
oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil
Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.
Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar,
haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy bezak toshlar, Shisha mozaika
va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda
rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va
kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat
topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga
taalluqli jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan.
Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik oʻrtalariga
mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini
koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar
yodgorliklarida topilgan.
Skifos. Rangli shisha. Sharqiy õrtayer dengizi. I asrning birinchi yarmi. 
Ermitaj


Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, tamga va boshqalar),
asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori,
feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi,
Gʻarbiy Yevropada gotika davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—16-asrlarda
Venetsiya Shishasi, 17-asrda Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-yillardan (dastlab
Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj
oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida shahridan amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila
boshlandi.
Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar
tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon) (hozirgi Oʻzbekistonning janubi va Tojikistonning bir
qismini oʻz ichiga olgan davlat)da havorang, qizil rangli Shisha tayyorlangan. Arxeologiya
yodgorliklari oʻsha davrlarda Samarqandda ham shahridan bezak buyumlari ishlanganligini
qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Shishasi yashil boʻlib,
gardishga oʻrnatilgan. Movarounnahr 9—10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan.
10— 12asr shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib
badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari shahridan
ishlangan. Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorlikda ham ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz
xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida rangli Shisha ishlatilganini yozgan.
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch panjaralarida rangli Shisha
ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta
asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning doʻkonlari boʻlgan.
Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil. 424 yilda shu yerli
xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, shahridan imperator uchun maxsus taxt
yasab berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika olimi E. Sheferni "Samarqandning
oltin shaftolilari" nomli kitobida (1881-yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar)
Fargʻonadan (675 va 761 yillar), Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo viloyati) (730 va 741
yillar) va Keshdan (hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk, havorang, tiniq va shaffof
Shishalar (xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli
Shishalar (xitoycha "lyuli") olib borilganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda
shishasozlik Oʻzbekiston hududida yuqori darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini tayyorlash,
aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha massasini sovitish, shakl berish, qizdirish
va ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars


qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar
oʻrnida boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar
(natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi, qalay
birikmalari) ishlatiladi.
Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha
pishirish jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar
gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400— 1450°da
pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da
sovitiladi. shahriga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va
prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi. shahrini 500—600"da (shishalanish trasidan 20—30°
yuqori) astasekin sovitish yoki sovitish trasidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi
ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha toblanganda mexanik
mustahkamligi ortadi.
Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Shisha tola va Shisha plastiklar ishlab
chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi,
elektrovakuum sanoatida kimyoviy laboratiya jihozlari, Shisha idishlar, badiiy va maishiy
buyumlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.
Abdurazakov A.A., Bezborodov M.A., Zadneprovskiy Yu.A., Steklodeliye Sredney Azii v
drevnosti i srednevekovye, T., 1963; Amindjanova M., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v
Sredney Azii, T., 1968; Artamonova M.V., Aslanova M.S., Bujinskiy I. M. i dr., Ximicheskaya
Shishani qayta ishlash mimkinligini anglatuvchi kodli belgi
Adabiyot


texnologiya stekla i sitallov, M., 1983; Abdurazakov A. A., Bezborodov M.A., Srednevekovme
stekla Sredney Azii, T., 1966.
Abdugʻani Abdurazeoqov, Rustam Maʼrupov.
Eng keng tarqalgan shisha tarkibining taqriban 75%i 
SiO
2
, qolgan qismi 
Na
2
O

CaO
va boshqa
mayda qoʻshimchalardan iborat boʻlgan silikat shishadir, undan 
deraza
oynalari va shisha
idishlar tayyorlanadi.
Biroq 
fanda
 
shisha
atamasi har qanday 
shishalanuvchi
kristallmas amorf qattiq jismni
bildiradi. Bunday taʼrif bilan baʼzi 
qotishmalar

suvli eritmalar
, molekular suyuqliklar va
polimerlar ham shisha, deb qaraladi. Polimer shishalar nisbatan yengil va egiluvchan boʻlgani
uchun 
koʻzoynak
va 
avtomobil oynalari
ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Vikiomborda
 
Shisha
haqida turkum mavjud
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Shisha&
action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Soʻnggi tahrir 11 kun avval PlanespotterA320
 tomonidan amalga oshirildi
title=Shisha&oldid=2540239
" dan 
olindi 

Download 267,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish