Elektron sanoat Konsernning 70 foizdan ortiq savdosi elektron sanoat sohasiga to’g’ri keladi.
Mazkur bo’linma kompaniyalari:
•Samsung Electronics
• Samsung SDI
• Samsung Electro-Mechanics
• Samsung SDS
• Samsung Networks
Kompaniyaning elektron sanoati bo’linmalari butun dunyoda faoliyat olib boradi, mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi.
1969-yilda tashkil etilgan Samsung Electronics kompaniyasi kichik bir eksport korxonasidan to katta elektron mahsulotlar kompaniyasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda kompaniya turli kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Bugun Samsung Electronics — yarimo’tkazgichli va telekommunikatsiya uskunalar sohasida hamda raqamli texnologiyalar sohasida jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya ofislari jahonning 57ta mamlakatlari hududlarida mavjud, ularda 70 mingga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Kompaniyaning sof daromadi 2013-yilda $7,6 milliard tashil etib, smartfonlar ishlab chiqarishdagi asosiy raqobatchisi Appleni ortda qoldirib ketishga erishdi. Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Smartfon bozorining 31,1 foizini Samsung , 15,6 foizini Apple, qolgan 53,3 foizni esa ZTE, Heawai, HTC, LG va boshqa kompaniyalar egallab turibdi.
"Samsung Electronics" 2005 yildan " Chelsi ” futbol jamoasining (Angliya) nishon homiysi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab jamoa futbolchilari ko’kragiga kompaniya belgisi tushirilgan moviy-oq rangli kiyimda maydonga tushadi. Shartnoma 2010 yili nihoyasiga etgach, yana uch yilga uzaytirildi.
Nokia tarixi -Connecting people.
Bu kompaniyaga 1865 yilda asos solingan. O'shanda finlandiyalik Fredrik Idestam ismli shaxs Nokia shaharchasida yog'ochni qayta ishlovchi kichik bir fabrikani ishga tushiradi.Evropada industriya bozori rivojlanayotgan paytda ochilgan bu fabrika tez orada obro' qozona boshladi. Kompaniyaning ilk tarixi. Fabrikaga shu yaqin atrofdan oqib o'tuvchi daryo nomini berishga qaror qilinadi. Kichik shaharcha Fredrik Idestamga ishga yollonmoqchi bo'lgan kishilar bilan to'la boshladi. 19 asrnin g 60 yillar oxiriga kelib savdo hajmi keskin ko'tarila boshladi. 1971 yilning fevral oyiga kelib esa rasmiy ravishda Nokia korparyeshn kompaniyasi ro'yxatdan o'tkazildi. Tez orada kompaniya, Rossiya, Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Polsha, Angliya va boshqa bir qator davlatlarga qog'oz eksport qila boshladi. 20 asrning boshlarida sharchaga rezina mahsulotlar xususan kalishdan tortib boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Finish Rubber Works kompaniyasi kelib qo'shiladi. Finnish Rubber Works ham bu shaharchani bekorga tanlamaydi. Sababi bu erda arzon elektr energiyasini qo'lga kiritish imkoni mavjud edi. Bunda ham o'sha Fredrik Idestam tanloviga sabab bo'lgan daryo muhim rol o'ynadi. 1920 yilda esa ajoyib voqea sodir bo'ldi.
Ilk marotaba Nokia Groupga asos solindi va uning tarkibiga 3 ta kompaniya, Nokia Corparation(qog'oz ishlab chiqarish), Finish Rubber Works(rezina) va Finish Rubber Work(yarim o'tkazgichlar) kirdi.Bunuga esa o'sha vaqtdagi iqtisodiy inqiroz sabab bo'lgan edi. Uchala kompaniyaning rahbarlari ishonch bilan bu birlashuv kelajakda o'z mevasini berishini ta'kidlashar edi. Qizig'i har uchala kompaniya ham o'z faoliyati davomida birgina nom NOKIAdan foydalana boshladi. Bu qo'shiluv inqiroz vaqtida har uchala kompaniyaga ham foyda berdi. Chunki ulardan biri havas qilib bo'lmaydigan darajada edi. Uni boshqa sheriklar qo'llab quvvatlashdi. 2 chi jahon urushi davrida NOKIA kompaniasi har uchala sohada ham etakchiga aylanib ulgirdi. Bu yog'ochni qayta ishlab qog'oz holatiga keltirish, elektronika va rezina ishlab chiqarish sohalariga tegishli edi. Ta'kidlash lozim, kompaniya 20 asrning 60 yillariga kelib elektronika bilan jiddiy shug'ullana boshladi. Aynan shu vaqtga kelib Finnish Kabel Works sezilarli darajada kengaytirildi. U nafaqat yarimo'tkagichlar balki boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ham ixtisoslasha boshladi. bu kompaniya tarixidagi muhim voqea bo'ldi.
Agar shu ishga qo'l urilmaganida balkim biz Finlandiyaning mashhur NOKIA mobil telefonlarini ham ko'rmas edik. Elektronika bilan shug'ullanishni boshlagan kompaniya keyingi qadamlarni elektron aloqani tadqiq etish bo'limini kuchaytirish tomon tashladi.
Kompaniya qarori bilan 1969 yilda raqamli aloqa kommutatori ishga tushirildi. 70 yillar boshida esa ancha zamonaviy DX-200 deb nomlangan kommutatori ishga tushirildi. Bu o'sha vaqtdagi eng zamonaviy vosita edi va uning yuragiga rivojlanib borayotgan Intel kompaniyasining protsessorini o'rnatishdi. 1981 yilga kelib esa mobil aloqa standarti NMT standartiga asos solindi. U NOKIA kompaniyasining texnologiyasiga asoslangan edi. U qisqa vaqt ichida Skandinaviyada rivojlana boshladi va astalik bilan Evropani ham zabt eta boshladi. Shunday qilib 1981 yilda birinchi Uyali aloqa xizmati yo'lga qo'yildi. Undan barcha foydalana olar edi. Bu NOKIA kompaniasining mevalaridan biri edi. Tog'ri o'sha vaqtda ancha besunaqay va xunuk telefonlar ko'paydi. Ammo shunda ham NOKIA etakchi edi. U o'sha vaqtdagi eng qulay mobil telefonini taqdim etdi. Telefonlar savdosi kutilganidan ham yaxshi bo'ldi. Insonlar bu mahsulotga yovvoyi qarash qilsalar ham, texnologik yangilikni ancha talab bilan xarid qila boshlashdi. 80 yillarning oxiriga kelib, bir qator kompaniyalar (ular orasida NOKIA ham bor) yangi standart GSM rusumidagi telefonlarni taqdim eta boshlashdi. Bu faqat boshlanishi edi.