Umumiy mobilizatsiya. 80 yillar kompaniya uchun biz o'ylayotganimizdan ham ko'ra ancha samarali bo'ldi. Gap shundaki, bu vaqtda jahon yana moliyaviy inqirozni boshidan o'tkazayotgan edi. Kompaniya rahbariyati esa qisqa vaqt ichida ushbu noxush vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini izlay boshladi va o'z biznesini rekonstruktsiya qilishga qaror qildi. Bor e'tibor elektronikaga qaratildi. Nokiada kompaniyaning kelajagiga ishonishardi. chunkii o'sha vaqtda boshqa kompaniyalar Fin kompaniyasichalik jasorat bilan qadam tashlamayotgan edi.Shunday bo'lsada, NOKIA telekommunikatsion bozorda yaqol peshqadamga aylanishi uchun hali vaqt bor edi. 90 yillarda kompnaiya rahbarligini Yorma Ollila qo'lga oldi. Aytish joizki, yangi loyiha bilan ishlash oson emas edi. Birinchidan, ko'pgina insonlar xususan NOKIA xodimlarining o'zlari ham raqam telefonlarning kelajagiga ishonch bilan qarashmas edi. Bu juda ham xatarli ish edi. Ollila shuni tushundi, agar yutuqlar qo'lga kiritilmasa uning bo'limini tarqatib yuborishardi. Biroq yangi rahbar omadsiklik haqida o'ylamas edi.
U qanday qilib har bir oilaga mobil aloqani olib kirib inqilob qilish mumkinligi haqida o'ylay boshladi. 80 yillarning so'ngida NOKIA GSM standarti litsenziyasini Xelsinki Telephone Corporation hamda TAMPARE Telephone Corporationga sotib yubordi. 1991 yilda esa ushbu standartdan birinchi qo'ng'iroq amalga oshirildi. Birinchi qo'ng'iroqni NOKIA telefonidan foydalanagan holda Finlandiya bosh vaziri amalga oshirgan edi. Mamlakatda mobil telefon va GSM standartidagi uyali aloqa qanday qabul qilinganining o'zi alohida hikoya. Mobil telefonlari bo'linmasining rahbari Yorma Ollila kompaniyaning bosh direktori lavozimini egaladi. Hamma tushunib etdiki, NOKIAning kelajagi telefonlar bilan chambarchas bog'liq. 1996 yilga kelib, GSM standart Evropaning yana 9ta davlatida paydo bo'ldi. NOKIA jahon gigantiga aylanib ulgirmagan bo'lsada, o'zining pobro'siga ega bo'lgan innavatsion kompaniyaga aylangan edi. 1 yildan so'ng GSm standarti 31 ta mamlakatda ishlay boshladi.
Fin kompaniyasi esa 59 ta operator bilan shartnoma imzolab, ularga bu standartda ishlash huquqini beruvchi litsenziyalarni sotadi. Byudjetga kelib tushayotgan mo'may daromad tufayli, NOKIA yana bor e'tiborini yangi texnologiyalar xususan zamonaviy telefonlar ishlab chiqarishga qaratdi. Tez orada NOKIA telefonlari Osiyo va Evropa bozorlarida ham katta hajmda sotila boshladi. 1998 yildan boshlab esa NOKIA Shvetsiyaning Ericsson va Amerikaning Motorolasini ham savdolar hajmi bo'yicha ancha ortda qoldiradi. NOKIA tobora ishlab chiqarishni ko'paytirayotgan vaqtda, raqobatchilar bu raqamlarni kamaytirish harakatiga tushib qolishgan edi.
Finlar ist'emolchilar ko'ngliga yo'l topish bilan birga, mobil telefon ishlab chiqarish borasida shubhasiz etakchiga aylanib oldi. Bugungi kunda NOKIAda 66 ming kishi faoliyat yuritadi. 2007 yilda esa NOKIAning bir yillik daromadi 51 milliard evroga etdi. Bugungi kunda mobil telefonidan foydalanayotgan kishilarning aksariyati ham NOKIAga ixtiyor berishni afzal ko'rishadi.