Ariza namunalari
Konchilik fakulteti
dekani l.N.Atakulovga
II kurs talabasi I.Axmedovdan
ARIZA
II kursning IV semestri imtihonlarini individual reja bo‘yicha topshirishga ruxsat etishingizni so‘rayman. Chunki ikki oy (may-iyun) mobaynida kasal bo‘lganligim sababli imtihonlarni o‘z vaqtida topshira olmadim.
Vrach ma’lumotnomasini ilova qilaman.
sana imzo
Navoiy mashinasozlik zavodi
direktori A.K.Qurbonovga
quyish sexi chilangari
S. Rahimovdan
Ariza
Menga, 2020/21 - yil uchun mehnat ta’tilini berishihgizni so‘raman.
sana imzo
Topshiriq. Namunadan foydalanib, nuqtalar o‘rnini zarur so‘zlar bilanto‘ldirgan holda o‘qishga kirish, ta’tilga chiqishga ruzsat so‘rab ariza yozing. Tinish belgilarining qo‘yilishi, joy nomlari hamda bosh harflarning yozilishiga e’tibor bering.
..............................
kimga?
..............................
kimdan?
ARIZA
Men sizdan ... (nimani?) ... so‘rayman.
Menga ......... (nimaga?) .......... ruxsat berishingizni so‘rayman.
sana imzo
TAVSIFNOMA
Tavsifnoma – muayyan shaxs (xodim, o‘quvchi va sh. k.) ning mehnat va ijtimoiy faoliyatiga rasmiy baho beruvchi hujjat. Bu hujjatda shaxsning ishchanlik sifatlari aytib o‘tilishi bilan bir paytda uning mehnat va ijtimoiy qiyofasini chuqur va to‘laqonli ochib berishga yordam beradigan siyrati ham eslab o‘tiladi.
Tavsifnoma kishi bir ishdan boshqasiga o‘tayotganda, mas’ul ishga ko‘tarilayotganda, ishga (o‘qishga) kirayotganda, bilim yurtini bitirganda va sh. k. holatlarda beriladi.
Xizmat tavsifnomasi talab qilinayotgan joyga ish yoki o‘quv joyidan beriladi.
Tavsifnomaning asosiy qismlari:
Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: ismi, sharifi va familiyasi; tug‘ilgan yili, millati, partiyaviyligi, ma’lumoti, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘lsa).
Matn:
mazkur muassasada, o‘quv yurtida kim bo‘lib va qachondan beri ishlaydi (muassasa, o‘quv yurtining to‘liq nomi yoziladi);
tavsiflanayotgan shaxsning ishchanlik sifatlari: ishga (o‘qishga) munosabati (ijobiy va salbiy tomonlari), malaka oshirish;
jamoa ijtimoiy hayotida ishtiroki (qanaqa jamoat ishlari olib boradi, ularni qanday bajaradi).
tavsiflanayotgan shaxsning axloqiy qiyofasi, jamoa bilan o‘zaro munosabati, turmushdagi xulq-atvori;
rag‘batlantirish va mukofotlar (agar bor bo‘lsa).
Tavsifnoma qayerga va qanday maqsad bilan berilayapti.
Muassasa rahbari, jamoa tashkilotlari rahbarlari imzosi.
Tavsifnoma berilgan sana.
Do'stlaringiz bilan baham: |