TARJIMAYI HOL
Tarjimayi hol – muayyan shaxs o‘z shaxsiy hayoti, mehnat va ijtimoiy faoliyati haqida asosiy ma’lumot beruvchi ish hujjatidir.
Bu hujjat o‘quv yurtlariga, ishga yoki biror jamoat tashkilotiga kirishda beriladi. Tarjimayi hol birinchi shaxs tomonidan yoziladi.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
Hujjatning nomi (Tajimayi hol).
Hujjat matni (“Men” olmoshi bilan boshlanadi). Uning tarkibida quyidagilar qayd etiladi:
familiya, ism, ota ismi;
tug‘ilgan sanasi (yil, kun,oy) va joyi;
qanday oilada tug‘ildi;
ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari haqida ma’lumot (familiyasi, ismi, ota ismi, ish joyi va lavozimi);
ma’lumoti (maktab, kollej yoki oliy o‘quv yurtini bitirganligi);
qachon, qayerda, kim bo‘lib ishlagan;
jamoat ishlarida va jamoat tashkilotlarida ishtiroki haqida ma’lumot;
oiloaviy ahvoli, eri (xotini va bolalarining) familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi valavozimi.
Turar joyi (manzili).
Tarjimayi hol yozilgan sana.
Imzo.
Izoh: Hamisha yodingizda tuting: Tarjimayi hol o‘z hayotingizning bayonidir.
Tarjimayi hol
Men, Omonova Shaxlo Shavkatovna, 1993-y. 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasinig Navoiy shahrida ziyoli oilasida tug‘ildim.
Otam - Omonov Shavkat Ikromovich, Navoiy mashinasozlik zavodida chilangar bo‘lib ishlaydi.
Onam - Omonova Nasiba Nosirovna-shifokor.
Opam - Omonova Muhabbat maktabda o‘qityuvchi bo‘lib ishlaydi va ayni vaqtda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti talabasi.
2000-y. Navoiy shahridagi 17-o‘rta o‘rta maktabga o‘qishga kirdim. 2009-y. o‘rta maktabning 9-sinfini tugatib, Navoiy konchilik kollejiga o‘qishga kirdim. 2012-yil shu kollejni tugatib, NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIga o‘qishga kirdim. Ayni vaqtda konchilik fakultetining IV kurs talabasiman.
Turmushga chiqmaganman.
Mening turar joyim: Navoiy, Usmon Nosir ko‘chasi, 45-uy.
09. 2020 Sh. Sh.Omonova.
ARIZA
Ariza biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat.
Ariza ma’lum mas’ul ma’muriy shaxs yoki muassasa nomiga yoziladi. Ariza oddiy yoki murakkab tarzda bo‘lishi mumkin. Oddiy ariza faqat iltimos mazmunida bo‘lib, juda qisqa asoslanadi. Murakkab arizada iltimos (shikoyat) batafsil asoslab beriladi, unda arizachining so‘zini tasdiqlaydigan va uning iltimosi qanoiatlantiradigan darajada hal qilish huquqini beradigan hullatlar ro‘yxati ilova etiladi.
Ariza mazmunan muxtasar bo‘lishi, aniq va asosli yozilishi lozim.
Arizaning asosiy qismlari:
Ariza yo‘llangan shaxs familiyasi, ota ismi, lavozimi yoki muassassa nomi (kimga? yoki qayerga? savoliga javob).
Ariza yozuvchining lavozimi, familiyasi, ismi, ota ismi (kimdan? savoliga javob). Ba’zi hollarda ariza yozuvchining manzili, telefon raqami, passport ma’lumotlari ham yoziladi.
Hujjatning nomi (Ariza).
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Do'stlaringiz bilan baham: |