Kompyuterlar tizimi
Institutda fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetarli miqdorda kompyuter sinflari xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan test markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu markazda har bir yo‘nalishning maxsus fanlaridan talabalarning bilimini reyting tizimi yordamida aniqlash kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Institutning barcha dekanat va kafedralari zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan.
Xalqaro informatsion resurslardan foydalanish maqsadida institut professor – o‘qituvchilari va talabalariga “Internet” global informatsion tizimi xizmat ko‘rsatmoqda. Institutda masofadan o‘qitish shakli ham tashkil qilinyapti.
Ish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar
Ish qog‘zlari nima?
Ma’lumki, har bir kishi mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini boshlar ekan, turli-tuman hujjatlar yozishga to‘g‘ri keladi.
Ish qog‘ozlarini yoza bilish – olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo‘llash demakdir.
Ish hujjatlarisiz na biror muassasa, na biror tashkilot faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Ish qog‘zlari – kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchillikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.
Hujjatlar tarixiy manba bo‘lib, dalillash yoki guvohlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ish qog‘ozlarini qanday yozish kerak?
1. Ish qog‘ozlari, odatda, siyohli yoki sharikli ruchkada aniq dastxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hol, bildirgi mashinkalatilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Dalolatnoma, bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar mashinkada bosilishi mumkin.
2. Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Ish qog‘ozlarining har bir turi umumqabul qilingan shaklda va muayyan izchillikda tuziladi.
4. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli bayon qilinishi kerak. Hujjat tili juda ham lo‘nda bo‘lishi lozim.
5. Ish qog‘zlarida biror shaxsga murojaat etilganda “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi.
6. Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlarida raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi.
7. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlaridan so‘ng qo‘shimcha yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim raqamidan so‘ng hech qanday qo‘shimcha yozilmaydi: III chorak, IV kurs.
8. Ish qog‘ozlarida ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va familiyasi ko‘rsatiladi. Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3 shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi imzosidan tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |