mavzu: Oʻzbek tilini sohaga yoʻnaltirib oʻqitishning maqsadi, vazifalari
1.Tilning jamiyatda tutgan oʻrni
2.Til va tafakkur
3.Davlat tili» tushunchasi
Ilm-fan, san‘at va madaniyat, ma‘naviyat hamda ma‘rifat haqida gap ketganda dunyo ma‘rifatparvarlik maktabining taraqqiyotida tilning, ya‘ni milliy tilning oʻrni va roli alohida oʻrin tutishini ta‘kidlash zarur. Chunki har qanday ixtiro yoki kashfiyot til bois ajdodlardan-avlodlarga meros boʻlib yashab kelmoqda. Shu bois har bir til Oʻz egasi uchun nihoyatda qadrli va aziz hisoblanadi.
Olimlarning ma‘lumotlariga koʻra, hozirgi kunda jahonda taxminan 1300 ga yaqin xalq hamda elatlar mavjud boʻlib, ular uch mingga yaqin tillarda soʻzlashadi. Ularning oʻz tarixi, taqdiri, jamiyatda tutgan oʻrni hamda nufuzi bor. Bu borada Oʻzbek tili ham bundan mustasno emas. Ya‘ni hozirgi oʻzbek adabiy tili bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili degan maqomga ega boʻlgunga qadar quyidagi tarixiy davrlarni bosqichma-bosqich bosib Oʻtgan. Xususan, Markaziy Osiyo hududida yashagan sak va massagetlar qabilalari tiliga xun, yuechji hamda boshqa turkiy qabilayu urugʻlar tili aralashuvidan yaralgan til tashkil etadi. Bu tillar boʻyicha biror yozma yodgorlik qolmagan boʻlsa-da, mazkur davr urugʻ tillari hozirgi turkiy tillar, shu jumladan, oʻzbek tilining shakllanishiga asos boʻlgan. Qadimgi turkiy adabiy til davridan esa run, uygʻur, soʻgʻd, manixey, braxma yozuvlarida yozilgan yodgorliklar yetib kelgan. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari ham shu davrda yozilgan. Eski turkiy adabiy tilda Oʻzbek xalqi va tilining shakllanishiga zamin yaratila boshlangan. Bu vaqtda Movarounnahr va Qashqarda qarluq-uygʻur hamda qipchoq-oʻgʻiz tillari xususiyatini oʻz ichiga olgan turkiy adabiy til mavjud edi. Unda “Qutadgʻu bilig», ”Devonu lugʻatit turk”,
”Hibat ul-haqoyiq”, ”Hikmatlar”, ”Tafsir”, ”Oʻgʻuznoma”, ”Qissas-ul-anbiyo” asarlari yaratildi. Mazkur asarlar leksik, grammatik hususiyatlari bilan eski Oʻzbek tiliga ancha yaqin turadi. XIV asrga kelib, umumxalq Oʻzbek tili vujudga keldi. Bu davrda yozilgan asarlarda shevalar ta‘siri yaqqol seziladi. Navoiygacha boʻlgan davrda Oltin Oʻrdada «Muhabbatnoma», «Gul va Navroʻz», «Hisrav va Shirin»,
«Guliston» asarlari yozildi. Eski Oʻzbek adabiy tili mahalliy turkiy va qisman eron urugʻlari tiliga qipchoq hamda Oʻgʻuz tillarining ta‘siri natijasida shakllandi.
Eski Oʻzbek adabiy tilining rivojlanishida Alisher Navoiyning xizmatlari katta. U «Chor devon», «Hamsa», «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-nafois»,
«Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lugʻatayn» kabi asarlari bilan eski Oʻzbek adabiy tilini yuqori bosqichga koʻtardi. Navoiy Oʻz badiiy asarlari bilan Oʻzbek adabiy tilining imkoniyatlarini kengaytirgan boʻlsa, ilmiy asarlari orqali Oʻzbek tilining boyligini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Alisher Navoiy eski oʻzbek adabiy tilida juda koʻp yangi shakllar, yangi uslublar yaratdi, Shimol, Sharq, Janubdagi tarqoq holdagi adabiy til shakllarini birlashtirib, oʻz davrining mukammal adabiy til me‘yorini yaratdi. Shu ma‘noda, Alisher Navoiy Oʻzbek adabiy tilining asoschisi hisoblanadi.
Yangi oʻzbek adabiy tili XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib, bu vaqtga kelib Furqat, Zavqiy kabilarning tili jonli tilga yaqinlashdi. Asr oxirida turk tili haqidagi dastlabki kitoblar va amaliy grammatika Qoʻllanmalari paydo boʻldi. XX asr boshlaridagi esa gazeta-jurnallarda turk, ozarbayjon, tatar tillarining ta‘siri yaqqol koʻrinadi. Bu vaqtda oʻzbek tilida yangi soʻz, shakllar yasashga urinish kuchli boʻldi, rus tilidan anchagina soʻzlar qabul qilindi.
Hozirgi Oʻzbek adabiy tili XX asrning 20-yillaridan shakllana boshlagan. Fitrat, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Abdulla Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Komil Yashin, Zulfiya asarlari hozirgi adabiy tilning rivojlanishiga katta ta‘sir koʻrsatdi. Shuni aytib Oʻtish lozimki, Oʻzbek tilining rivojlanishi, undagi oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy hodisalarga bogʻliq ravishda roʻy berdi. Jumladan, fors-tojik xalqi bilan uzoq vaqt yonma-yon yashash Oʻzbek tilida koʻplab forscha- tojikcha soʻzlarning oʻrin olishiga sabab boʻlgan. Arablar istilosi natijasida esa fan va ilmga oid arabcha soʻzlar oʻzbek tiliga kirib Oʻzlashgan. shoʻro davrida esa ona tilimizga rus tilining ta‘siri juda kuchli boʻldi. Rus tili orqali Oʻzbek tiliga Yevropa tillariga oid juda koʻp soʻz va atamalar qabul qilindi. Masalan, rasmiy ish hujjatlari rus tilida olib borilishi natijasida oʻzbek tilining rasmiy-idoraviy uslubi deyarli yoʻqoldi, atamalar asossiz ravishda rus tilidan olinaverdi, 1940 -yilda kirill
yozuvining qabul qilinishi bilan Oʻzbek tili talaffuzi va imlosi oʻrtasida bir qancha nomutanosibliklar yuzaga keldi.
Bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan ulkan Oʻzgarishlarning zamirida ham milliylik deya ataluvchi azaliy qadriyatlar yotibdi. Bu degani har qanday milliylik tilda aks etadi demakdir.
YUNESKO tashkiloti ekspertlari 1953 - yilda «davlat tili» va «rasmiy til» tushunchalarini farqlashni taklif etgan. Unga koʻra:
Do'stlaringiz bilan baham: |