NAMUNA
MEHNAT SHARTNOMASI
2019-yil 18-avgust Samarqand shahri.
Samarqaand viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan(bundan keyin ish beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasining katta Oʻqituvchisi (ismi, familiyasi, sharifi) (bundan keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda yshbu mehnat shartnomasini quyida bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bOʻyicha kelishib, imzoladilar.
Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora a‘zolari, notariat idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi Oʻzbek alifbosi va imlo qoidalarini Oʻrgatish bOʻyicha amaliy Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish hisolanadi.
Ish beruvchi:
Ish bajaruvchi tomonidan tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan Oʻquv-ish dasturi asosida guruhlarga taqsimlangan adliya boshqarmasi xodimlariga, notariat va FHDY xodimlariga belgilangan xonalarda va paytda oquv mashgʻulotlari Oʻtish uchun barcha sharitlarni yaratadi, tinglovchilarning tOʻliq ishtirokini ta‘minlaydi.Ish bajaruvchiga Oʻtilgan har bir soatlik amaliy mashgʻulot uchun oliy Oʻquv yurtlari talabalriga Oʻtiladigan darslarga soatbay asosida tOʻlanadigan ish haqiga ellik foiz miqdorida ustama qoʻshib tOʻlaydi.
Ish bajaruvchi:
Amaliy Oʻquv mashgʻulotlarini tegishli Oʻquv dasturi va ish rejasiga asosan ish beruvchi tasdiqlagan dars jadvaliga binoan sifatli Oʻtilishini ta‘minlaydi.
Guruhlar bOʻyicha Oʻquv mashgʻulotlarining natijalari yuzasidan har bir xodimning olgan bilim darajasi, yangi alifbo va imloda qay darajada ish qogʻozlari yurita olish malakasi toʻgʻrisida ish beruvchiga yozma ravushda axborot beradi.
Ushbu mehnat shartnomasi tomonlarning Oʻzaro kelishuvi asosida tuzilgan boʻlib, unda koʻrsatilgan shartlar tOʻliq bajarilgunga qadar kuchda boʻladi.
Shartnomada koʻzda tutilgan majburiyat va vazifalarning bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonun va qoidalar asosida hal etiladi.
Samarqand viloyat hokimligi SamDU Oʻzbek filologi- adliya boshqarmasi boshligʻi: yasi fakulteti Oʻzbek tili
va adabiyoti kafedrasi katta Oʻqituvchisi B.H.X.
Esda saqlang! Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalaming huquqiy tomonlari kabi masalalami aks ettiradi. Guvohnoma, yoʻriqnoma, nizom-qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |