Tinglovchilarni yakuniy attestatsiyadan Oʻtkazish
Qayta tayyorlash ta'lim dasturlarini Oʻzlashtirishni baholash majburiy yakuniy attestatsiya orqali amalga oshiriladi. Bunga qayta tayyorlash ta'lim yoʻnalishiga mos talablarga muvofiq bajariladigan bitiruv malakaviy ishni himoya qilish kiradi.
Yakuniy attestatsiyani Oʻtkazish uchun tarkibi ta'lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan alohida yoʻnalishlar (mutaxassisliklar) bOʻyicha tegishli attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Yakuniy attestatsiya komissiyalarining raislari Oliy va Oʻrta masxus ta'lim vazirligi hamda Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibiga ta'lim muassasasining ilmiy- pedagogik xodimlari, korxonalar, tashkilot va muassasalar mutaxassislari (mazkur soha kadrlariga buyurtmachilarning vakillari), boshqa ta'lim muassasalarining yetakchi mutaxassislari va ilmiy xodimlari kirishi mumkin. Attestatsiya komissiyasining 50% dan koʻp a'zolari soha mutaxassislari va buyurtmachi ta'lim muassasalari mutaxassislaridan iborat boʻlishi shart.
Qayta tayyorlashdan Oʻtgan tinglovchilarga hujjat berish
Qayta tayyorlash dasturini tOʻla Oʻzlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli Oʻtgan tinglovchiga qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Qayta tayyorlash dasturini Oʻzlashtirgan, lekin yakuniy attestatsiyadan Oʻta olmagan tinglovchiga qayta tayyorlash dasturini tinglaganligi toʻgʻrisida ma'lumotnoma beriladi.
Qayta tayyorlash ikkinchi oliy yoki Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta'limini olish hisoblanmaydi.
SHARTNOMA
Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, Oʻzgartirish yoki tOʻxtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar Oʻrtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi- sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar Oʻrtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnomalar Oʻz mazmuni va mohiyatiga koʻra amaldagi qonunlarga tOʻla mos boʻlishi shart. Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan sOʻng yoki notarial idora tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda Qoʻllanishda boʻlgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli- tumandir. Shartnomalarning ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi.
Turmushda koʻp Qoʻllanishda boʻlishini hisobga olib talabalar Oʻrganishlari uchun korxona va fuqaro Oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning zaruriy qismlariga tOʻxtalamiz. Ular quyidagilar:
hujjat nomi - mehnat bitimi;
hujjat tuzilgan sana va joyi;
bitimni tuzayotgan korxona nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, fuqaroning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
matn (ijrochi va buyurtmachining majburiyatlari);
ishning bajarilish muddati, tOʻlanadigan haq, tOʻlanish muddati va tartibi;
ish sifatiga qoʻyiladigan talablar, uni qabul qilib olish tartibi;
tomonlarning manzillari, ijrochi va buyurtmachi imzolari, familiyalari, ismlari va muhr;
ilovalar roʻyxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |