Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qogʻozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma‘lumotnoma kabi).
Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar.
Bilib oling!
Rasmiy-idoraviy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosavatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir. Bu uslub xujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga koʻra yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, vayonotlar, shartnomalar, idora xujjatlari, e‘lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nuquqiy shtamplar, kasbga oid soʻzlar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng Qoʻllanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Tayyor nutq formalari (shu asosida; shunga koʻra, ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ... ga koʻra;... biz, quyida imzo chekuvchilar; ...ga asosan (muvofiq);... uchun;... dan kelib chiqib;... sharti bilan; ... berilsin,... taqdirlansin kabi) xujjat matnining darak-axborot xarakterida boʻlishini, soʻzlarning bir ma'noda ishlatilishini, vadiiy-tasviriy vositalarning boʻlmasligini, fe'lning majxullik va buyruq-istak shakllarining, qoʻshma gap turlarining keng Qoʻllanilishini talab qiladi. Til matnalri xujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
2-mashq.Gaplarni koʻchiring. Rasmiy-idoraviy uslubga xos soʻz va grammatik shaklli birikmalarning vazifasini izohlang.
Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. (49-modda).
Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda Oʻzbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya qiladi («Davlat tili haqida» Qonun, 7-modda).
Shu yil 28- oktabr kuni soat 14.00 da «Davlat tili haqida»gi Qonun tasdiqlangan kun munosavati bilan adabiy-vadiiy anjuman Oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat vayrog'i Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navvatdan tashqari Oʻtkazilgan VII sessiyasida 1991- yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan.
Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi.
Betobligim haqidagi tibbiy ma'lumotnoma ilova qilinadi.
Abror Rasulov marketing boʻlimi boshlig'i vazifasiga tayinlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |