MmO‘zbekiston respublikasi


Tovushlar vositasida ogʻzaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga ogʻzaki adabiy til deyiladi



Download 3,02 Mb.
bet11/110
Sana23.06.2022
Hajmi3,02 Mb.
#694231
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

Tovushlar vositasida ogʻzaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga ogʻzaki adabiy til deyiladi. Masalan, radio, televideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jurnalist nutqi va hokazolar.
Adabiy tilning rivojlanishida badiiy asarlarning xizmati katta, chunki adabiy til me‘yorlarining shakllanishida adabiyotning ta‘siri kuchli boʻladi. Shunday boʻlishiga qaramasdan adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas. Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga yoki kasb-hunarga mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi.
Masalan,

Odamlar aqlining chirogʻi bilim, Balodan saqlanish yarogʻi bilim.


(Rudakiy

Badiiy til (badiiy nutq), adabiy tilning ogʻzaki soʻzlashuv uslubi, publitsistik uslub, rasmiy uslub singari uslublardan biri, ya‘ni badiiy uslub sanaladi. KOʻrinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha boʻlib, badiiy tilni ham Oʻz ichiga oladi.




OʻZBEK-LOTIN ALIFBOSINING IMLO QOIDALARI
1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida Oʻzbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat «Davlat tili haqida»gi tarixiy qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda mustaqil davlat deb e‘lon qilinishi qaddimizni bukib kelgan barcha tahqir va tazyiqlardan ozod etdi. «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kun – 21-oktabr Oʻzbek tili bayrami kuni deb e‘lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori koʻtarinkilik bilan nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur tarixiy qonun qabul qilingan paytda Oʻzbekiston Respublikasi hali sobiq shoʻrolar davlati tarkibida boʻlib, birgina qonun qabul qilish bilan Oʻzbek tilining mamlakat ichida va undan tashqaridagi obroʻ-e‘tibori, xalqaro mavqeyini tezdan tiklash qiyin edi. Shuningdek, mazkur qonunda Oʻzbek tili bilan bir qatorda rus tiliga ham millatlararo muomala tili sifatida bir talay imtiyozlar ham berilgan ediki, bu hol ham Oʻzbek tilining davlat tili sifatida keng miqyosda Qoʻllanishiga biroz boʻlsa-da, soya tashlar edi. Shuning uchun ham istiqlolga erishilgach, qonun qayta ishlanib, davr talabidan ortda qolayotgan moddalar yangilari bilan almashtirildi, mustaqil davlat hayotiga mos keluvchi yangi tahrirda 1995-yil 21- dekabrda qabul qilindi. Avvalgi qonun 30 moddadan iborat boʻlgan boʻlsa, yangi tahrirdan sOʻng u 24 moddaga keltirildi. Qonunning 1-moddasidayoq «Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili Oʻzbek tilidir» deyilgan (1, 8-b.). Mazkur moddaning Oʻziyoq respublikamizda ish yuritish – hujjatlar bilan bogʻliq barcha ishlarning davlat tilida olib borilishi lozimligini talab etadi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi bilan hamohang boʻlib, unda shunday deyilgan:
«Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili Oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi» (5, 8- b.).
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan «Davlat tili haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirilishini ta‘minlash Davlat dasturi Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan yangi tahrirda tasdiqlandi. Davlat dasturiga asoslanib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida» (yangi tahrirda)gi Qonunini bajarish tadbirlari toʻgʻrisida 267-sonli buyruq chiqardi. Unda Oʻquv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun «Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik» kurslarini 1997-yildan e‘tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat‘iy qilib qoʻyildi. Shu yildan boshlab, Davlat dasturi hamda vazirlikning tegishli buyruqlari asosida oliy Oʻquv yurtlari talabalariga mazkur kursdan amaliy mashgʻulotlar Oʻtib kelinmoqda.
Ma‘lumki, eng kichik, quyi, boshlangʻich tashkilotlardan tortib, davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib, ish yuritadi. Yaqin vaqtlargacha hujjatlar asosan rus tilida rasmiylashtirilar edi. Oʻzbek tilida esa ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslangan boʻlib, milliylikdan yiroq edi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda yuritiladigan hujjatlar Oʻzbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilmoqda. Oliy Oʻquv yurtlarini bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar Oʻzlari ishga boradigan mehnat jamoalarida ish qogʻozlari, hujjatlarning mantiqiy toʻgʻri yozilishi yoki toʻgʻri tOʻldirilishi, ishoraviy, imloviy, uslubiy xatolarsiz, davr talabiga javob beradigan tarzda rasmiylashtirilishiga yaqindan koʻmaklashishlari lozim. Buning uchun esa bitiruvchi talabalarimiz nafaqat hujjatlar bOʻyicha, balki yangi alifbo va imlo qoidalari bOʻyicha ham yetarlicha tushunchaga ega boʻlishlari talab etiladi.
Nutq tovushlari nutqning eng kichik, boʻlinmas qismidir. Nutq tovushlarining yozuvdagi shakli harf deb ataladi. Nutq tovushlarini talaffuz qilamiz va eshitamiz. Harflarni esa koʻramiz, yozamiz va Oʻqiymiz.
Ma‘lum tartibda joylashgan harflar qatori alifbo (yoki alfavit) deyiladi. Alifbo soʻzi arab alfavitidagi birinchi (alif) va ikkinchi (bo yoki be) harflari nomlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan.
Lugʻatlarda, turli roʻyxatlarda soʻzlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Masalan, barcha lugʻatdagi soʻzlar, saylovchilar roʻyxati, kutubxona kartotekasida mualliflarning familiyalari, kitoblarning nomlari alfavit tartibida joylashtirilgan boʻladi. Shu sababli alfavitni yoddan bilishimiz zarur.
Bizning davrimizda jahondagi xalqlar 220 xil yozuvdan foydalanadilar. Shu yozuvlardan juda keng tarqalgani lotin yozuvi boʻlib, jahon xalqlarining 30% dan ziyodi shu yozuvni Qoʻllaydilar. 1993-yil 2-3 sentyabrda boʻlib Oʻtgan Oliy Kengashning 13-sessiyada Oʻzbek yozuvini lotin yozuviga Oʻtkazish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-maydagi Oliy Malij sessiyasida bu alifboga ayrim Oʻzgarishlar kiritildi va bu yozuvga tOʻliq Oʻtish muddati 2005-yil sentyabr oyi deb belgilandi. 2004-yilda chiqarilgan Qonunga koʻra esa lotin yozuviga tOʻliq Oʻtish muddati 2010-yil sentabriga qadar chOʻzildi.
Boʻlgʻusi oliy ma‘lumotli mutaxassis, ish yurituvchi, hujjatlar bilan bevosita ishlaydigan xodim oldida, yuqorida ta‘kidlanganidek, hujjat turlarini puxta Oʻrgnish, ularni mantiqiy toʻgʻri va aniq ma‘lumotlar asosida shu sohaga doir leksik vositalardan unumli foydalangan holda tayyorlash, tOʻldirish vazifasi turadi. Shuningdek, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan yangi Oʻzbek alifbosining joriy etilishi va shu munosabat bilan yangi imlo qoidalarining ishlab chiqilganligi, amalda 1956-yildan buyon Qoʻllanib kelingan ayrim imlo qoidalarining eskirganligi yoki yangisi bilan almashtirilganligi, yangi imlo qoidalarining kiritilganligi, imkon qadar Oʻzbek tilining grammatik qonun-qoidalaridan samarali foydalangan holda uslubiy, imloviy va ishoraviy xatolarsiz hujjatlar tayyorlashni taqozo etadi. Kirill va lotin yozuvlariga asoslangan alifbolarda soʻzlarning yozilishidagi ayrim farqlarni inobatga oladigan boʻlsak, bu hol barchamizdan
hujjat tayyorlash ishiga alohida e‘tibor bilan qarashimizni talab etadi: obekt – obyekt, rejissyor – rejissor, konsern – konsern, aksiya – aksiya va hokazo kabi. Buni yangi imlo qoidalarini puxta Oʻrganish orqali chuqur Oʻzlashtirib olish mumkin.
Ma‘lumki, kirill yozuvi asosidagi alifbomizda 33 harf va 2 ta belgi mavjud edi. Ular quyidagilar: Aa, Bb, Vv, Gg, Dd, Yee, Yoyo, Jj, Zz, Ii, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Ff, Xx, Ss, Chch, Shsh, ‘‘, , Ee, Yuyu, Yaya, Oʻ, Qq, Gʻgʻ. Lotin yozuviga asoslangan yangi Oʻzbek alifbosida esa 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi mavjud boʻlib, ular quyidagi tartibda joylashgan: Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy, Zz, OʻOʻ, Gʻgʻ, Shsh, Chch, Ngng.
Yangi alifboga tovush ifodalamaydigan belgilar kiritilmadi. Tutuq belgisi imlo qoidalari sirasida Oʻrganiladigan boʻldi.
1956-yil 4-aprelda tasdiqlangan «Oʻzbek orfografiyasining asosiy qoidalari»
72 paragrafdan iborat boʻlgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustda 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari» 82 banddan iborat. Hujjatlar tayyorlash jarayonida imlo qoidalarining zarurligini e‘tiborga olib, «Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari»dan ayrim bandlarini misol tariqasida keltiramiz.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish